Rossiyaning Mail.ru Group kompaniyasi o‘z nomini VK deb o‘zgartiradi

Rossiyaning Mail.ru Group korporatsiyasi o‘z nomini VK’ga o‘zgartiradi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Boris Dobrodeyevga tayanib Meduza xabar berdi.
Dobrodeyevning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning yangi va yagona VK brendi nafaqat korporativ darajada, balki “bir-biri bilan bog‘liqligi foydalanuvchilarga har doim ham ma’lum bo‘lavermaydigan mahsulotlarda” namoyish etiladi.
“Kompaniyaning yagona brendi bizning ekotizimimiz taqdim etadigan barcha imkoniyatlarni — muloqot va o‘yinlar, ta’lim (maktabdan to professional darajagacha), dori-darmon va oziq-ovqat yetkazib berish, taksi, avtomobil almashish, onlayn xaridlar va boshqalarni aks ettiradi”, — dedi Dobrodeyev.
Kompaniyaning ba’zi loyihalari va servislari qayta nomlanadi hamda ularning nomlari va logotiplariga VK old qo‘shimchasi qo‘shiladi. Xususan nomlar quyidagicha o‘zgaradi:
- “VK Мuzika” (musiqa, sobiq Boom);
- “VK Rabota” (ish, sobiq Work);
- “VK Obyavleniya” (e’lonlar, sobiq Юла);
- “VK Znakomstva”(tanishuv, sobiq Lovina).
Kompaniyaning “Odnoklassniki”, “VKontakte” va Mail.ru elektron pochtasi kabi taniqli servislari eski brendlarini saqlab qoladi.
Ma’lumot uchun, Mail.ru Group 2014-yilda “VKontakte”ning egasiga aylanganidan so‘ng VK brendini faol rivojlantira boshladi. Mail.ru Group’ning o‘zi 2005-yilda tashkil etilgan. Kompaniya shu paytgacha biror marta ham o‘z nomini o‘zgartirmagandi.
“Xiaomi”ning “SU7 Ultra” elektromobili noroziliklarga sabab boʻldi
'Xiaomi' kompaniyasining 'SU7 Ultra' mashinalari ustidan bir nechta mijozlar shikoyat qilishgan. Bu haqda 'CarNewsChina' nashri xabar qildi.Norozilikka eʼlonlarda funksionalligi aytilgan karbon tolali mashina kapotining faqat dekoratsiya vazifasini bajarayotgani sabab boʻlgan.7-may kunida esa kompaniya oʻzining marketing xabarlaridagi chalkashlikni tan olib, uzr soʻradi. 'Xiaomi' uglerod tolali kapot birinchi navbatda avtomobil koʻrinishida oʻzgarish yasash va qisman havo oqimi yoʻnalishi
Tramp Saudiya Arabistoniga keldi
AQSH prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga rasmiy tashrif bilan keldi va Yaqin Sharq boʻylab toʻrt kunlik safarini boshladi. Bu haqda 'Al Arabiya' telekanali xabar berdi.Bu uning qayta saylanganidan keyin amalga oshirgan birinchi xorijiy safari hisoblanadi.'Tramp seshanba kuni ertalab Saudiya Arabistoniga Fors koʻrfazi mintaqasi boʻylab toʻrt kunlik safarini boshlash uchun yetib keldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal xabariga koʻra, tashrif davomida asosiy eʼtibor m
Baydenda salomatlik bogʻliq muammo aniqlandi
AQSHning sobiq prezidenti Jo Baydenga prostata bezida kichik oʻzgarish tashxisi qoʻyildi. Bu haqda 'The New York Times' gazetasi siyosatchining vakiliga tayanib xabar berdi.'Sobiq prezident oʻtgan juma kunini prostata bezida qoʻshimcha tekshiruvni talab qiladigan kichik oʻzgarish aniqlanganidan keyin Filadelfiya kasalxonasida oʻtkazdi', ' deyiladi xabarda.Baydenning sogʻligʻi va keyingi davolanishi haqida qoʻshimcha maʼlumot berilmagan.Avvalroq, internet foydalanuvchilari Baydenning qo
Tramp Rossiya va Ukraina muzokaralaridan chiqadi. Agar…
Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarni talab qilmoqda, boʻlmasa jarayondan chiqib ketishini aytgan.Uning maxsus vakili Stiv Uitkoffga koʻra, kelishuv boʻyicha muzokaralarning asosiy mavzulari Kiyevni hududlardan voz kechishga koʻndirish, Zaporojye atom elektr stansiyasidan foydalanish va Ukrainaning Dnepr hamda Qora dengizga kirishi haqida boʻladi. Uitkoff, shuningdek, prezident Vladimir Putinning roziligisiz Ukraina boʻyicha tinchl