Reanimatsiyaga aylantirilgan cherkov, stol tennis o‘ynayotgan qo‘lsiz sportchi, AQShga yetib borgan afg‘on qochqinlari. 25-avgust suratlari

25-avgust kuni O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab olingan sara suratlarni namoyish qilamiz.
Virjiniya shtatining Dalles xalqaro aeroportiga yetib kelib, avtobusga o‘tirgan afg‘onistonlik qochqinlar.
Foto: Reuters
Toshkent viloyatining dam olish oromgohlaridan birida o‘pka gimnastikasi bilan shug‘ullanayotgan erkaklar.
Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva
Yak-13 jangovar samolyotining “Armiya—2021” xalqaro harbiy-texnik forumida namoyish parvozi. Moskva.
Foto: “TASS”
Mavzuga doir: “Forish” poligonida “Harbiy-tibbiy estafeta” va “Dala oshxonasi” xalqaro musobaqalariga start berildi
Valensiyada mart oyidan sentabr oyining boshiga qoldirilgan Las Falyas olov festivaliga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Foto: EPA
Quddusda Yig‘i devori ravvini (xodimi) o‘z yordamchilari bilan ziyoratgohni yangi xat-tilaklarga joy ajratish uchun dindorlar toshlar orasida qoldirgan yozuvlardan tozalamoqda. To‘plangan yozuvlar eng yaqin qabristonga ko‘miladi.
Foto: EPA
Mavzuga doir: “Genri” dovuli yaqinlashayotgani tufayli Nyu-Yorkda favqulodda vaziyat rejimi kiritildi
Filippinning Keson shahridagi cherkov COVID-19 reanimatsiya bo‘limiga aylantirildi.
Foto: Getty Images
AQShning “Ittifoqchilar uchun boshpana” harbiy operatsiyasi doirasida Kobulda afg‘onlarni evakuatsiya qilish davom etmoqda.
Foto: AP Photo
Braziliya tub aholisi prezident qarorgohi tashqarisida lager qurib, ularni ajdodlar hududidan mahrum qilishi mumkin bo‘lgan yer chegarasini belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qarshi chiqdi.
Foto: EPA
Tailanddagi namoyishchilar bosh vazirni COVID-19 inqiroziga dosh berolmayotganlikda ayblab, uning iste’foga chiqishini talab qilmoqda.
Foto: EPA
Hindistonning Ahmadobod shahrida mamlakat mustaqilligining 75 yilligini nishonlash uchun o‘tkazilgan tadbirda olovli halqa orasidan o‘tayotagan Chegara xavfsizlik kuchlari askari.
Foto: Reuters
Tokio—2020 Paralimpiya o‘yinlari doirasida stol tennisi musobaqasida Janubiy Koreyaning Xong Kyu Parkiga qarshi harakat qilayotgan misrlik Ibrohim Husayn.
Foto: Reuters
Mavzuga doir: O‘zbekiston Tokio—2020 Paralimpiya o‘yinlarida dastlabki medalni qo‘lga kiritdi. Islom Aslanov bronza medaliga sazovor bo‘ldi
Kobuldagi Hamid Karzay xalqaro aeroportida evakuatsiya qilinishini kutayotgan bolalar.
Foto: AP Photo
Mavzuga doir: “Tolibon” Afg‘oniston fuqarolarini Kobul aeroportiga kiritmay qo‘ydi. Faqat chet elliklarning uchib ketishiga ruxsat beriladi
Londonda Extinction Rebellion eko faollari ikki haftalik norozilik namoyishini davom ettirmoqda.
Foto: Shutterstock
“Real” futbolchisi Karim Benzema Valdebebas sport markazida mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Foto: Getty Images
Xyustondagi boshlang‘ich maktabida o‘qishning birinchi kunida haroratini tekshirtirayotgan 2-sinf o‘quvchisi Shailen Benbruk.
Foto: Reuters
Tokio—2020 Paralimpiya o‘yinlarida suzish musobaqasida qatnashayotgan britaniyalik Riz Dann.
Foto: Reuters
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Turkiyada nishonlanayotgan 950 yillik jang, Ukrainada o‘tgan harbiy parad, AQShga urilgan tropik to‘fon. 24-avgust suratlari
- Sochida nishonlangan Holi, vazifasini tugatgan sapyor, olov yordamida ov qilayotgan baliqchilar. 23-avgust suratlari
- Angela Merkelni guldasta bilan kutib olgan Putin, Germaniyaga yetib borgan afg‘on qochqinlari, dalalarda ochilgan paxta. 20-avgust suratlari
- Afg‘on ayollari huquqi uchun o‘tkazilgan namoyish, qayta “jonlantirilgan” tarixiy jang, sharsharadagi 3D tomosha. 19-avgust suratlari
- Toshkentga kelgan afg‘on bolalari, qoyadagi to‘y marosimi, Hindistondagi soyasiz kun. 18-avgust suratlari
- iPhone’da suhbatlashayotgan Mirziyoyev, Ashuro kunini nishonlayotgan shialar, feministlarning norozilik namoyishi. 17-avgust suratlari
- O‘zbekistondagi Trailblazer laqabli ho‘kiz, o‘rmon yong‘inlarida yetim qolgan ayiqcha, afg‘onlarga qurol o‘qtalayotgan AQSh harbiysi. Hafta suratlari
“Ijobiy va konstruktiv” — Tramp davrida birinchi Eron — AQSH muzokaralari qanday oʻtdi?
Eron va AQSH oʻrtasida Tehron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarning birinchi raundi Oʻmonda boʻlib oʻtdi. Aytib oʻtish kerak, ikki davlat 2018-yildan buyon bu qadar yuqori darajada hamkorlik qilmagan edi.Har ikki tomon uchrashuvni konstruktiv deb atadi va joriy hafta muzokaralarning ikkinchi bosqichiga kelishib olganliklarini tasdiqladi. Qoʻshma Shtatlar 'toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa' mumkin boʻlgan kelishuvga erishishda muhim rol oʻynashini aytdi.Muzokarada Eron delegatsiyasiga ushbu
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Italiyaning mashhur avtomobil kompaniyalaridan boʻlgan 'Ferrari' oʻz tarixida ilk bora elektromobil ishlab chiqarmoqchi. Mashinaning taqdim etilishi shu yilning 9-oktyabriga rejalashtirilgan. Bu haqda 'Reuters' xabar qildi.Yangi model toʻliq kompaniya tomonidan mustaqil tarzda yigʻilib, barcha asosiy elektr uskunalari 'Ferrari' tomonidan yasaladi. Elektr komponentlari ishlab chiqarish va yigʻish uchun yangi sex ham qurilmoqda.'Ferrari' yangi elektromobil uchun uch xil elektr uzatmalar tizim
AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda
AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona
Ilon Mask AQSH hukumatini tark etishi maʼlum qilindi
Amerikalik milliarder Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik vakolat muddati tugagach, AQSH hukumatidagi lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda 'Bloomberg' agentligi oʻz manbalarga tayanib yozmoqda.'Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik muddati tugaganidan soʻng Hukumat samaradorligi boshqarmasi rahbari lavozimini tark etishi kutilmoqda... Agar bu kunlar Tramp inauguratsiyasidan boshlab ketma-ket hisoblansa