O'zbekistonda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi

O'zbekiston Respublikasi prezidentining "Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qarori imzolandi.
Qaror bilan O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- Imom Moturidiy va uning izdoshlari bo'lgan allomalarning ulkan ilmiy, diniy-maʻnaviy merosini chuqur o'rganish va ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish;
- Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi allomalarning kalom ilmi rivojiga qo'shgan hissasi va uning taraqqiyotida tutgan o'rnini chuqur tadqiq etish;
- yosh avlodni islom dinining asl qadriyatlari ruhida tarbiyalash;
- mamlakatda hamda xorijiy davlatlarda saqlanayotgan buyuk allomalarning kalom ilmiga oid merosi hamda islom dunyosi uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega bo'lgan asarlarning acl hamda elektron nusxalarini to'plash va kelajak avlodga yetkazish uchun tizimli ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;
- islom tarixi va kalom ilmi yo'nalishidagi yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy jamoatchilikni keng xabardor etish.
Markaz direktori Din ishlari bo'yicha qo'mita bilan kelishilgan holda, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Markaz faoliyati quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi:
- O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag'lari;
- jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
- qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Shuningdek, xorijiy tadqiqotchi va izlanuvchilar uchun Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiyani taʻsis etiladi.
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Markaz va O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Taʻlim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha Islom olami tashkilotiga (ICESCO) aʻzo mamlakatlar va boshqa davlatlarning maxsus muassasalari, universitetlari o'rtasida samarali xalqaro hamkorlikni o'rnatish va rivojlantirish bo'yicha aniq choralarni ko'rib boradi.
O‘zbekiston Prezidenti Gʻalabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Qizil maydonda Gʻalaba paradi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sa
Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
'Oʻzgidromet' 21-23-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-aprelda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 21-aprelda 22-27 daraja, 22-23-aprelda 24-29 daraja boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7
“Obod xonadon” sohibiga quyosh batareyalari oʻrnatib beriladi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Oltiariqning olis hududlari sirasiga kiruvchi 'Azimobod' mahallasi keyingi yillarda tumanning eng obod va fayzli goʻshasiga aylanib bormoqda. Birgina oʻtgan yilning oʻzida mahalladagi ichki yoʻllar toʻliq asfaltlashtirildi, ichimlik va oqava suv tarmoqlari yangilandi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi zamonaviy mezonlar asosida taʼmirdan chiqarilib, oʻnlab yangi xizmat koʻrsatish va servis shoxobchalari bunyod etildi. Ayni paytda mahalliy byudjet mablag
Xalqaro qidiruvdan 12-yil yashiringan ayol Istanbuldan Toshkentga deportatsiya qilindi
Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan 12 yildan beri xalqaro qidiruvda boʻlgan ayol Istanbul shahridan Toshkentga deportatsiya qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, 1977-yilda tugʻilgan R.N. xorijiy davlat hududida uyushgan guruh tarkibida harakat qilib, ularning manfaatlari yoʻlida odam savdosi bilan shugʻullanganlikda ayblanmoqda.'Ushbu shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan zarar koʻrgan fuqarolarda