calendar 13 Mar 16:20
eye 43
comments 0
comments Manba: xs

Oʻzbekiston delegatsiyasi BMT Xotin-qizlar ahvoli boʻyicha komissiyasining 67-sessiyasida ishtirok etmoqda

image

Joriy yil 6-mart kuni Nyu-York shahrida ish boshlagan BMT Xotin-qizlar ahvoli boʻyicha komissiyasining 67-sessiyasida Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Bu yilgi yigʻilish “Innovatsiyalar va texnologik oʻzgarishlar va raqamli asrda gender tengligiga erishish va barcha ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish asridagi taʼlim” mavzusiga bagʻishlandi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sh.Turdiqulova boshchiligidagi Oliy Majlis Senati, Xotin-qizlar qoʻmitasi va Tashqi ishlar vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda.

Tadbir 1000 nafarga yaqin aʼzo mamlakatlar hukumatlari vakillarini, xalqaro tuzilmalar, EKOSOS tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan gender masalalarida faoliyat olib boruvchi nohukumat va nodavlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlarining mutaxassislari va OAV vakillarini oʻz atrofida jamladi.

Sessiyaning ochilish marosimida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish nutq soʻzlar ekan, dunyoning koʻplab mamlakatlarida ayollar va qizlar huquqlari keskin yomonlashganidan ogohlantirib, ayollar va erkaklar oʻrtasidagi tenglik “tobora uzoqlashib borayotganini” taʼkidladi.

Bosh kotibning aytishicha, “xalqaro hamjamiyat oʻtgan oʻn yilliklarda erishgan taraqqiyot alomatlari koʻz oʻngimizda yoʻqolib bormoqda va gender tengligiga, agar u uchun kurash shu surʼatda davom etsa, 300-yildan keyin erishish mumkin. Onalar oʻlimining koʻpayishi, qizlarning taʼlim muassasalaridan chetlatilishi hamda yosh turmushga chiqishini misol tariqasida keltirib, «butun dunyoda xotin-qizlar huquqlari poymol qilinmoqda va xavf ostida qolmoqda”.

BMT rahbari pandemiya millionlab ayollar va qizlar, haq toʻlanadigan ishdan ketishga majbur boʻlgan onalar, erta turmush qurishga majbur boʻlgan voyaga yetmagan qizlar uchun qanday oqibatlarga olib kelganini eslatdi.

Uning qayd etishicha, uch milliard odam hali ham internetga ulanmagan va ularning aksariyati rivojlanayotgan mamlakatlardagi ayollar va qizlardir. Kam rivojlangan mamlakatlarda ayollarning atigi 19 foizi internetga ega. “Asrlar davomidagi patriarxat, diskriminatsiya va stereotiplar ilm-fan va texnologiya sohasida katta gender tafovutini yuzaga keltirdi», dedi A.Guterrish.

Tadbirda asrlar davomidagi patriarxat, diskriminatsiya va zararli stereotiplar ilm-fan va texnologiya sohasida erkaklar hamda ayollar oʻrtasida katta tafovutni yaratgani, hukumatlar fuqarolik jamiyati va biznes vakillarining teng huquqli taʼlim imkoniyatlarini taʼminlashi, malaka oshirish va “raqamli gender tafovutini bartaraf etish”ga sarmoyalarni koʻpaytirish uchun “birgalikda ishlash” lozimligi qayd etildi.

Mazkur tadbirda delegatsiya ishtirokchilari tomonidan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan gender tenglik siyosati, taʼlim, va ilm fanda xotin-qizlarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar hamda xotin - qizlarning ijtimoiy himoyasi taʼminlanishida innovatsion yondashuv, ayollar tadbirkorligi va biznes yoʻnalishida imkoniyatlarni kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar alohida eʼtirof etilgani barobarida bu boradagi Oʻzbekiston tajribasi ham taqdim qilindi.

Shu bilan birga, mamlakatimiz delegatsiyasi sessiyaning “gender tengligini texnologik usullar vositasida rivojlantirishda parlamentlarning roli” hamda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish va yanada xavfsiz raqamli makon yaratishda inklyuziv innovatsiyalar va texnologik oʻzgarishlarni rivojlantirish mavzusiga bagʻishlangan shubalarda ishtirok etdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston vakillari “BMT-ayollar” tuzilmasi, BMT Aholishunoslik jamgʻarmasi (YUNFPA) hamda Vengriya va Qirgʻiziston hukumati vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazishdi.

Jumladan, “BMT-ayollar” tuzilmasi ijrochi direktori oʻrinbosari Anita Bxatiya Oʻzbekistonda gender tengligi va xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash, ularning jamiyatdagi mavqeyini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi.

BMT vakili 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi hamda 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha milliy dasturni amalga oshirishda Tashkilotning texnik va moliyaviy koʻmagini jalb etish yuzasidan har tomonlama yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi. Jumladan, ayollarni tadbirkorlik faoliyatga keng jalb qilish borasida innovatsiya va raqamli texnologiya dasturlarini ishga tushirish boʻyicha hamkorlikka oid aniq loyihalar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

Uchrashuv natijasiga koʻra joriy aprel oyidan boshlab “BMT-ayollar” tuzilmasining Oʻzbekistondagi faoliyati va loyihalarini amalga oshirishga masʼul menejer lavozimini joriy etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

YUNFPAning Gender va inson huquqlari masalalari boʻyicha maslahatchisi Nafissatou Diop Oʻzbekistonda gender tenglik sohasida olib borilayotgan islohotlar koʻlami, qabul qilinayotgan qonunlarni doimiy kuzatib borishini maʼlum qilar ekan, olib borilayotgan genderga oid siyosat samarali natija berayotganini eʼtirof etdi.

Muloqot davomida:

— zoʻravonlikni sodir etgan shaxslar bilan ishlash boʻyicha standart operatsion ish tartiblarini (SOT) joriy etish boʻyicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirish;

— Oʻzbekistondagi Xalqaro Islom akademiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Islomda gender tamoyili” ilmiy loyihasini ommalashtirish;

— OAV vakillari uchun gender sezgirlik boʻyicha oʻquv seminarlarini tashkil etish;

— gender statistikasini samarali yuritish;

— zoʻravonlikka uchragan nogironligi boʻlgan xotin-qizlar uchun treninglar oʻtkazish samaradorligini yaxshilash masalalari muhokama qilinib, bu borada hamkorlik olib borishga kelishib olindi.

Vengriyaning madaniyat va innovatsiyalar davlat kotibi oʻrinbosari Attila Beneda bilan uchrashuv jarayonida ikki davlat oʻrtasida startap loyihalari tanlovlarini oʻtkazish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha Vengriya tajribasini oʻrganish yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

Shu bilan birga, Oʻzbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasiga muvofiq, mamlakatimizga biotexnologiyalar, agrotexnologiyalar, yashil energetika va mexanizatsiya sohalarida venger investitsiyalari va kompaniyalarini jalb qilish, bu orqali ish oʻrinlarini yaratish masalasi muhokama qilindi.

Qirgʻiziston Oliy taʼlim vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvda oliy taʼlim va innovatsion faoliyat sohasidagi hamkorlikning amaliy mexanizmlari muhokama etildi. Joriy yilda talaba qizlar bilan bogʻliq startap va innovatsiya loyihalarini ishlab chiqishga kelishib olindi.

BMT Xotin-qizlar maqomi boʻyicha komissiyasining 67-sessiyasi oʻz ishini 17-martga qadar davom ettiradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
31
0
xs.uz

Bundan buyon tuman MMTB rahbarlari sohaga bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlarga jalb qilinmaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm obyektlari imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish zarurligi taʼkidlandi.Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari oʻtkazish, madaniyat va istirohat bogʻlarida sanʼat ko

14 Apr 06:18
 
62
0
xs.uz

Myanmada garovga olingan Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston fuqarolari qutqarildi

Myanmada odam savdosi qurboni boʻlgan ikki nafar oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Oʻzbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, M.S. va B.V. ismli fuqarolar Myanmada odam savdosi qurboni boʻlganini bildirib, Oʻzbekistonga qaytishda yordam soʻrab murojaat qilgan.Maʼlum boʻlishicha, ular Tailandga internet orqali yuqori maoshli ish taklif qilinganidan soʻng borgan. Biroq Tailandga yetib kelganida, noqonuniy ravis

08 Jun 02:26
 
0
0
xs.uz

“Qadrli farzandlarim!”... Shavkat Mirziyoyev futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yoʻlladi

Qadrli farzandlarim!Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash oʻyinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini koʻrsatib, tom maʼnoda ulkan gʻalabaga erishganingiz ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Hech shubhasiz, milliy sportimiz solnomasiga oltin harflar bilan bitiladigan bunday yorqin natija yurtimizdagi millionlab futbol muxlislari, butun xalqimizn

31 May 08:49
 
13
0
xs.uz

Endi nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi

'Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida'gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya taʼminotiga oid hamda AT 'Xalq banki' tomonidan pensiyalarni na