calendar 14 Apr 06:18
eye 45
comments 0
comments Manba: xs.uz

Myanmada garovga olingan Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston fuqarolari qutqarildi

image
Myanmada odam savdosi qurboni boʻlgan ikki nafar oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.

Oʻzbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, M.S. va B.V. ismli fuqarolar Myanmada odam savdosi qurboni boʻlganini bildirib, Oʻzbekistonga qaytishda yordam soʻrab murojaat qilgan.

Maʼlum boʻlishicha, ular Tailandga internet orqali yuqori maoshli ish taklif qilinganidan soʻng borgan. Biroq Tailandga yetib kelganida, noqonuniy ravishda Myanmada olib ketilgan va u yerda odam savdosi bilan shugʻullanuvchi jinoiy guruh qoʻliga topshirilgan. Oʻzbekistonliklar Myanmada noqonuniy markazlarda ishlashga majbur qilingan. Noqonuniy harakatlarni amalga oshirishdan bosh tortgan fuqarolarga jismoniy zoʻravonlik va tahdidlar qoʻllangan. Jinoiy toʻda ularning ozod etilishi va vataniga qaytishi uchun katta miqdorda pul talab qilgan.

Shuningdek, 8 nafar Qirgʻiziston va 4 nafar Qozogʻiston fuqarosi ham Myanmada xuddi shunday vaziyatga tushib qolgan. Tailandda Qirgʻizistonning diplomatik vakolatxonasi yoʻqligi inobatga olinib, Qirgʻiziston tomonining iltimosiga koʻra, Oʻzbekiston va Qozogʻiston diplomatlari ushbu fuqarolarni oʻz vataniga qaytarishni tashkil etishda yordam koʻrsatgan.

Myanma va Tailand vakolatli organlari bilan kelishilgan harakatlar va muzokaralar natijasida Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston fuqarolari Mayesot (Tailand) chegara oʻtish punktida ozod qilinib, Oʻzbekiston va Qozogʻiston diplomatlariga topshirilgan. Ozodlikka chiqqanlar vaqtinchalik uy-joy va oziq-ovqat bilan taʼminlangan.

11-aprel kuni Oʻzbekiston va Qozogʻistonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonalari koʻmagida ikki nafar Oʻzbekiston, 4 nafar Qozogʻiston va 7 nafar Qirgʻiziston fuqarosi oʻz oilasi bagʻriga muvaffaqiyatli qaytarilgan. Qirgʻizistonning bir fuqarosi sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar sabab tibbiy muassasada davolanish uchun vaqtincha Tailandda qolgan. Uning vataniga qaytishi davolanish kursi tugaganidan keyin tashkil etiladi.

Bosh konsulxona fuqarolarni xorijda ishga joylashish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqishda hushyor boʻlishga va axborot manbalarining ishonchliligini sinchkovlik bilan tekshirishga chaqiradi. Shuningdek, idora vatandoshlarga Tailand, Kambodja, Myanma va Laosda ishga joylashish boʻyicha konsullik yordamini koʻrsatishga tayyorligini bildiradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
31
0
xs.uz

Bizning uchrashuvimiz jadal va oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan global jarayonlar sharoitida o‘tmoqda – Shavkat Mirziyoyev

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Hurmatli xonimlar va janoblar!Sizlarni 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' birinchi sammitida qutlashdan g'oyat mamnunman.''Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta Janobi Oliylariga, Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen Xonim Oliyalariga, mening barcha hamkasblarim ' mintaqa mamlakatlari yetakchilariga sammitni aynan shu zaminda, qadimiy Samarqand shahrida o'tkazish borasidagi tashabbusimizni qo'llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildira

21 Apr 08:34
 
28
0
xs.uz

Qurilish sohasini tartibga solish va shaharsozlik qoidalarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Bugun Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo'mitasi majlisi bo'lib o'tdi. Unda qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmog'ini rivojlantirish, shaharsozlik normalari va qoidalarini muntazam yangilab borish masalalari atroflicha muhokama qilindi.Qo'mitaning ishchi guruhi tomonidan sohadagi amaldagi qonunchilik hujjatlari tahlil qilinib, xorijiy davlatlarning ilg'or tajribasi o'rganildi. O'rganishlar natijasida qurilish sohasini tartibga solishdagi huquqiy bo'shliqlar v

20 Mar 12:54
 
43
0
xs.uz

Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, mamlakatda 'Tadbirkor ayollar' platformasi va bir qator dasturlar'ishga tushiriladi.Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesig

20 Mar 12:54
 
47
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak