Qurilish sohasini tartibga solish va shaharsozlik qoidalarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Qo'mitaning ishchi guruhi tomonidan sohadagi amaldagi qonunchilik hujjatlari tahlil qilinib, xorijiy davlatlarning ilg'or tajribasi o'rganildi. O'rganishlar natijasida qurilish sohasini tartibga solishdagi huquqiy bo'shliqlar va sifatni oshirishga oid takliflar ishlab chiqildi.
Ma'lum bo'lishicha, hozirgacha 130 dan ziyod normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo'lib, ularning atigi 10 tasi qonunlar, qolgan qismi esa qonunosti hujjatlaridan iborat. Bu esa tadbirkorlar faoliyatida ayrim muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Shuningdek, Shaharsozlik kodeksida fuqarolarning shaharsozlik qarorlariga ta'sir ko'rsatish, noqonuniy qurilishlarga qarshi shikoyat qilish mexanizmlari yetarlicha aks etmagani qayd etildi. Bu esa jamoatchilik nazoratini cheklayotgan muhim omil sifatida ko'rsatib o'tildi.
Majlisda senatorlar qurilishda sifat standartlariga rioya etilmayotgani, sifatsiz materiallardan foydalanish, qoidalarning buzilishi va texnik talablarni inkor etish holatlari ortib borayotganini ta'kidlashdi.
Shu bilan birga, loyihachilar va qurilish ishtirokchilari tomonidan nazorat inspeksiyalari ko'rsatmalariga amal qilinmayotgani, qonunchilikda bunday holatlar uchun javobgarlik mexanizmlarining mavjud emasligiga e'tibor qaratildi. Masalan, 2023-yilda inspeksiya ko'rsatmalarini bajarmaganlik uchun umumiy 4 698 ta ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Majlis yakunida senatorlar tomonidan qurilish jarayonidagi mas'uliyatsizlik va standartlarga rioya etmaslik holatlari uchun jazo choralarini kuchaytirish, nazorat organlari huquq va majburiyatlarini aniq belgilash zarurligi qayd etildi.
Yuqoridagi masalalardan kelib chiqib, Qo'mita qurilish sohasini takomillashtirish bo'yicha aniq takliflar va chora-tadbirlarni ishlab chiqdi.
Foto: Akmal Muhammadov / 'Xalq so'zi'
Eron va Isroil rasmiylari bayonot berishdi
'Sionistik rejim (Isroil) oʻz jinoyati oqibatlaridan omon qolmaydi. Eron xalqi bizning javobimiz toʻliq boʻlishiga amin boʻlishi kerak', ' degan Xomanaiy.Shuningdek, Isroil Mudofaa vaziri Israel Katz ham bayonot berib, 'Eron qizil chiziqni kesib oʻtdi' deya taʼkidladi.'Eron Isroildagi tinch aholi punktlariga raketa zarbalarini berishga jurʼat etganda qizil chiziqlarni kesib oʻtdi. Biz Isroil fuqarolarini himoya qilishda davom etamiz va Oyatulloh rejimi oʻzining jinoiy harakatlari uchun
Oyoq ostidagi neʼmat
Har yili may oyida yurtimizda tut gʻarq pishadi. Qora, qizil, oq rang-barang va marvariddek tutlarki, biri-biridan totli, biri-biridan serhosil. Taʼbir joiz boʻlsa, tutni oddiy daraxt emas, xalq daraxti deyish mumkin. Negaki, soyasi ham, mevasi-yu bargi, ogʻochi-yu shohi ham insonga foyda keltiradi. U tez oʻsadi, har qanday tuproqqa moslashadi. Shu sababdan hamma joyga, koʻp hollarda dala va koʻcha chetlariga ekiladi.Maʼlumotlarga koʻra, bir tup tut daraxti yiliga oʻrtacha 30 ' 50 kg m
Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, qardosh Qozogʻiston xalqining farovonligi va ravnaqi yoʻlidagi masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash
Unutmang: mustaqillik – bu shunchaki rasmiy maqom emas, balki har bir yoshga oʻz taqdirini oʻzi belgilash imkonini beradigan buyuk neʼmat – Shavkat Mirziyoyev
Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvida yoshlarni kitob oʻqishga qiziqishini oshirishda tanlovlar muhim rol oʻynayotgani qayd etildi.Birgina misol, Xorazmiy maktabining 8-sinf oʻquvchisi Dilbar Haydarova 'Yosh kitobxon' tanlovida gʻolib boʻlib, ota-onasiga Prezident sovrini ' avtomobil sovgʻa qildi.'Dilbarxon qizim, sen oʻz misolingda inson chin dildan harakat qilsa, koʻp narsaga erisha olishini isbotlading, bu yoʻlda koʻpchilik uchun namuna boʻlding. Buning uchun katta rahmat senga!