calendar 01 Jul 04:28
eye 1
comments 0
comments Manba: xs.uz

Unutmang: mustaqillik – bu shunchaki rasmiy maqom emas, balki har bir yoshga oʻz taqdirini oʻzi belgilash imkonini beradigan buyuk neʼmat – Shavkat Mirziyoyev

image
Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvida yoshlarni kitob oʻqishga qiziqishini oshirishda tanlovlar muhim rol oʻynayotgani qayd etildi.

Birgina misol, Xorazmiy maktabining 8-sinf oʻquvchisi Dilbar Haydarova 'Yosh kitobxon' tanlovida gʻolib boʻlib, ota-onasiga Prezident sovrini ' avtomobil sovgʻa qildi.

'Dilbarxon qizim, sen oʻz misolingda inson chin dildan harakat qilsa, koʻp narsaga erisha olishini isbotlading, bu yoʻlda koʻpchilik uchun namuna boʻlding. Buning uchun katta rahmat senga! Rahmat seni katta qilgan ota-onangga!' dedi davlatimiz rahbari.

Yoshlarni aktyorlik, musiqa, kitobxonlikka qiziqishini oshirish uchun 'Turon' teatri, 'Iqtidor ansambli', 'Jadidlar izidan' kabi tanlovlar oʻtkazilib, ularda 400 mingga yaqin oʻquvchi ishtirok etdi.

Endi tanlovlarda gʻolib boʻlgan jamoalar chekka hududlardagi maktablarga muntazam borib, oʻz chiqishlari bilan tengdoshlarini madaniyat va sanʼatga qiziqtiradi. Buning uchun viloyat hokimlari bittadan avtobus olib beradi.

Respublika tanlovi gʻoliblariga madaniyat va sanʼat oliygohlariga kirishda imtiyoz beriladi.

'Iqtidor' maktab ansambli tanlovining viloyat bosqichi gʻoliblari bolalar va musiqa sanʼat maktablarida bepul oʻqitiladi.

'Yosh avlodni turli zararli taʼsirlardan asrash, ularga axborot makonida foydali, mazmunli maʼlumotlarni yetkazish va targʻib qilish doim eʼtiborimiz markazida boʻlishi zarur', dedi Prezident.

Shu maqsadda Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil etilgani, markaz milliy madaniyat, sanʼat, adabiyot, tarix va maʼnaviy qadriyatlar asosida bolalarga moʻljallangan tarbiyaviy kontentlar yaratish uchun masʼul boʻlishi qayd etildi.

Joriy yildan boshlab mahallalarda oʻtkazilgan 'Shijoat va gʻayrat' harbiy-sport musobaqalarida 244 ming yigit-qizlar ishtirok etdi, 1 milliondan ziyod yoshlar esa ularni katta qiziqish bilan kuzatib bordi. Bu bellashuvlar vatanparvarlik, jasorat va jipslikni targʻib etadigan muhim harakatga aylandi.

'Mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini koʻz qorachigʻidek asrashda siz, aziz yoshlarimizga tayanamiz.

Unutmang: mustaqillik ' bu shunchaki rasmiy maqom emas, balki har bir yoshga oʻz taqdirini oʻzi belgilash imkonini beradigan buyuk neʼmat', dedi Prezidentimiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:47
 
118
0
xs.uz

Bir oyda isteʼmolchilarga cheklar uchun 105,6 mlrd soʻmdan ortiq keshbek toʻlandi

2025-yilning aprel oyida hududlar kesimida qancha fiskal chek roʻyxatdan oʻtkazilgani maʼlum qilindi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' Telegram kanali xabar qildi.Unga koʻra, aprel oyida 29-may holatiga koʻra isteʼmolchilarga 105,6 milliard soʻmdan ortiq keshbek toʻlangan. Bunda 112,2 million dona chek roʻyxatdan oʻtkazilgan.Maʼlumotlarga koʻra, toʻlangan keshbeklarning eng katta qismi Toshkent shahri (42,2 mlrd soʻm), Toshkent viloyati (11 mlrd soʻm), Samarqand viloyati (7,9 mlrd soʻ

01 Jun 03:47
 
123
0
xs.uz

Oʻzbekiston notariuslarining II milliy kongressi boʻlib oʻtdi

Kongress 'Koʻchmas mulk: Rasmiylashtirish. Muammolar. Takliflar' mavzusida oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurov moderatorlik qildi.Tadbirda 10 ga tashkilot va muassasalardan 300 yaqin ishtirokchilar ishtirok etishdi. Jumladan, Adliya vazirligi, sud, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Yuristlar malakasini oshirish instituti, Kadastr agentligi va notariat sohasidan milliy ekspertlar, shuningdek Oʻzbekistonning barcha hududlaridan notar

01 Jun 03:47
 
124
0
xs.uz

Zarafshon daryosida noqonuniy qazish ishlarini olib borgan shaxs javobgarlikka tortildi

Unga koʻra, tekshiruv davomida Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi fuqaro I.I. oʻziga tegishli texnika vositalari yordamida daryo tubidan noqonuniy ravishda qum-shagʻal aralashmasini qazib olib, transport vositalariga ortganligi aniqlandi.Huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 30 baravari, yaʼni 11 million 250 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi. Shuningdek, huquqbuzarning texnika vositalari jarima maydonchasiga joylashtirildi.Shuningdek, tabiatga yet

01 Jun 03:47
 
118
0
xs.uz

Prezident Makkada boʻlib turgan muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonlashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-may kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi.Hozirgi muborak kunlarda aziz yurtdoshlarimiz Haj ziyorati uchun Makkai mukarramada bo'lib turishibdi. Davlatimiz rahbari ular uchun yaratilgan sharoitlar, nuroniylarning salomatligi va kayfiyati haqida so'radi.Muftiy hazratlari Haj amallarini sidqidildan, mukammal ado etish uchun barcha tashkiliy choralar ko'rilganini ta'kidladi.Ayni paytda 15 ming