calendar 07 Feb 08:25
eye 25
comments 0
comments Manba: xs

Turkiyadagi zilzilada 1 nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgan, 4 nafar hamyurtimiz bedarak yoʻqolgan

image

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga muvofiq Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida safarbar etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari Hatay viloyatining Ovakent qishlogʻida qidiruv-qutqaruv ishlarini boshladi. Bu hududda asosan 10 mingdan ortiq etnik oʻzbeklar istiqomat qiladi.

Oʻzbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan fuqarolarimizni tabiiy ofat hududlaridan xavfsiz joylarga koʻchirish va mamlakatimizga olib kelishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 3-6-fevral kunlari Kahramanmarash shahrida 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida erkin kurash boʻyicha xalqaro musobaqada ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi Turkiya tomoni bilan hamkorlikda Anqaradagi taʼlim markaziga vaqtinchalik joylashtirildi va ularning Oʻzbekistonga qaytarish masalalari ishlab chiqilmoqda.

2023-yil 7-fevral (Toshkent vaqti bilan) soat 10.00 holatiga koʻra, zilzila oqibatida Malatya provinsiyasida bir nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlganini afsus va chuqur qaygʻu bilan qayd etamiz. Tashqi ishlar vazirligi marhumaning oila aʼzolari va yaqinlariga oʻz hamdardligini bildiradi.

Bundan tashqari, toʻrt nafar hamyurtimiz bedarak yoʻqolgan. Ularni topish boʻyicha tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Hozirda zilzila oqibatida zarar koʻrgan fuqarolarimizga tegishli yordam koʻrsatish va ularning murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida Oʻzbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi qoshida 24 soat faoliyat yuritadigan shtab tashkil etilgan boʻlib, unga quyidagi raqam orqali murojaat qilish mumkin +90-538-035-85-34.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Mar 12:15
 
41
0
qalampir.uz

Farg‘onadagi YTHda halok bo‘lganlar soni 4 nafarga yetdi

Dang‘ara tumanida Cobalt haydovchisi yo‘l chetida ketayotgan piyodalarni urib yuborishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 4 nafarga yetdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB ma’lum qildi.  Viloyat IIBga ko‘ra, 2024 yil 20 fevral kuni fuqaro Sh.V. Cobalt mashinasini “Qo‘qon-Mulkobod-Gulbog‘-Pungan” avtomobil yo‘lining Dang‘ara tumanidan o‘tgan qismida boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan 5 nafar piyodani urib yu

07 Mar 20:12
 
29
0
xs.uz

Boshqaruv tizimidagi rahbar ayollarning TOP-40 reytingi yangilandi

'Yuksalish' harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda boshqaruv tizimidagi rahbar ayollarning TOP-40 reytingini yangiladi.Kuchli qirqtalik roʻyxatni shakllantirishda ekspertlar tomonidan 300 nafardan ortiq nomzod faoliyati tahlil qilindi. Ular mehnat qilayotgan tashkilotlarning mamlakat siyosiy kun tartibini shakllantirishdagi, tarmoqlarda oʻzgarishlarni amalga oshirishdagi institutsional taʼsir darajasi, fuqarolik jamiyatidagi oʻrni inobatga olindi. Na

07 Mar 20:13
 
53
0
xs.uz

BMT prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etiladi

Qarorga koʻra, Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy statistika sifatini taʼminlash boʻyicha bazaviy prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etilishini taʼminlash maqsadida 2024-yil yakuniga qadar:' rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan tarqatiladigan statistika maʼlumotlari Statistika maʼlumotlarini ishlab chiqishning namunaviy modeli (GSBPM) asosida shakllantiriladi;' BMT tomonidan tavsiya etilgan sifatni boshqarish boʻyicha qoʻllanmalarni toʻliq joriy etish doirasid

11 Apr 14:01
 
39
0
xs.uz

Yer maydonlarini ijaraga olgan yoshlar oʻzlari turgan daftarlardan chiqarilmaydi

' sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga sugʻoriladigan ekin maydonlari;' bogʻdorchilik-uzumchilik yoʻnalishlari uchun koʻp yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bogʻlar yer maydonlari;' dorivor oʻsimliklar yetishtirish, chorvachilik yoʻnalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga moʻljallangan, lalmi, boʻz, yaylov va yangi oʻzlashtirilgan yer maydonlari.Talabgorlarga ajratiladigan yer maydonlari oʻl