calendar 07 Mar 20:13
eye 71
comments 0
comments Manba: xs.uz

BMT prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etiladi

image
Qarorga koʻra, Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy statistika sifatini taʼminlash boʻyicha bazaviy prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etilishini taʼminlash maqsadida 2024-yil yakuniga qadar:

' rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan tarqatiladigan statistika maʼlumotlari Statistika maʼlumotlarini ishlab chiqishning namunaviy modeli (GSBPM) asosida shakllantiriladi;

' BMT tomonidan tavsiya etilgan sifatni boshqarish boʻyicha qoʻllanmalarni toʻliq joriy etish doirasida zarur tashkiliy choralar koʻriladi.

Bunda:

' rasmiy statistikani tayyorlovchilarning har birida rasmiy statistikada sifat va tarqatish siyosatlari ishlab chiqiladi;

' BMT tomonidan maʼqullangan qoʻllanma (NQAF) asosida Milliy sifatni boshqarish qoʻllanmasi ishlab chiqiladi;

' milliy statistika tizimini global baholashdan oʻtkazish tashkil etiladi va natijalari eʼlon qilinadi.

2025-yil 1-yanvardan statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga konsalting kompaniyalari, oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari jalb etiladi.

2024-yil yakuniga qadar 'Statistika' integrallashgan axborot tizimi va 'Elektron hukumat' tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi oʻrtasida elektron maʼlumotlar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
30
0
xs.uz

YXHT kuzatuvchilari – Fargʻona saylov komissiyasida

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ayni kunlarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning uzoq muddatli kuzatuvchilari ' Benedikt Uilyams va Mixael Xausmann Fargʻona viloyatida saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda.Fargʻona viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev bilan yuzma ' yuz muloqotda xorijlik kuzatuvchilar bir qator shahar ' tumanlarda boʻlib saylovchilar bilan suhbatlashgani hamda saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan bogʻliq

29 Oct 20:48
 
15
0
xs.uz

Samarqandda “Nexia” va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir boʻldi

Qayd etilishicha, hodisa yilning 27-oktyabr kuni tongda roʻy bergan. Haydovchi 'Nexia' mashinasi bilan Jomboy tumani Gʻazira mahallasi hududidan oʻtgan yoʻlda ketayotib, oʻzi tomonda yoʻl chetida nosoz holda toʻxtab turgan 'Kamaz' yuk mashinasining old oʻng tomoniga urilgan.Oqibatda 'Nexia' haydovchisi ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning muolajasiga qaramasdan u kasalxonada vafot etgan.Taʼkidlanishicha, YHXB mutasaddilari va aholi vakillari ishtirokida

20 Sep 00:22
 
44
0
xs.uz

Davlat tibbiy sugʻurtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi

Shavkat Mirziyoyevning 'Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali maʼlum qildi.Xabar qilinishicha, davlat tibbiy sugʻurtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatish va dori vositalarini taqdim etish Davlat byudjetiga toʻlanayotgan soliqlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda aholidan davlat tibbiy sugʻurtasi uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.Qayd etilishicha, ushbu amaliyotni jor

29 Oct 20:49
 
10
0
xs.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi

Bugun mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtmoqda.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oila aʼzolari bilan birgalikda poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berishda ishtirok etdi.Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 128-moddasida fuqarolar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega ekani belgilangan. Ovoz berish huquqi, oʻz xohish-irod