Qirgʻizistondan yiliga 6 million tonna koʻmir yetkazib beriladi

' Oʻtgan yilgi mavsumda aholi, ijtimoiy sohalar hamda tadbirkorlik subyektlari ehtiyoji uchun 11 million tonna koʻmir olib kelingandi, ' dedi Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov. ' Bu loyihada koʻzda tutilayotgan quvvat nafaqat viloyat, balki mamlakatimizning boshqa hududlari talabini qondirish uchun qoʻshimcha sharoit yaratadi.
Aytish joiz, oʻtgan yili mazkur kompaniya 'Kirgizkomur' davlat korxonasi bilan kelishuvga koʻra, mamlakatdagi ikkita kondan koʻmir qazib olish huquqini qoʻlga kiritgan.
Uchrashuvda loyihani amalga oshirish boʻyicha texnik talablardan kelib chiqib, chegara va bojxona xizmati hamda ekologiya sohasi mutasaddilari bilan oʻzaro hamkorlikda ishlash muhimligi taʼkidlandi.
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.
“Work and Travel” dasturida ishtirok etuvchi talabalarga foizsiz qarz beriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 290-sonli qaroriga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab 'Work and Travel' xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga boradigan talabalarga ssuda (qaytarish sharti bilan foizsiz qarz) ajratish tartibi joriy etiladi. Mazkur tartib xorijga borish, qaytish va boshqa xarajatlarni qoplash uchun moʻljallangan.Ssuda olish imkoniyati Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Br
O‘zbekiston Prezidenti Gʻalabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Qizil maydonda Gʻalaba paradi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sa
Voyaga yetmaganlarga bank kartalari ochish boʻyicha talablar belgilanmoqda
Shavkat Mirziyoyevning 'Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi 153-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qaror bilan, Oʻzbekistonda voyaga yetmagan shaxslar nomiga bank kartalarini ochish va ularning moliyaviy amaliyotlarini nazorat qilish masalalari boʻyicha yangi tartib-taomillar joriy etilmoqda. Hukumat qaroriga muvofiq, endilikda voyaga