calendar 08 Mar 12:15
eye 84
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Farg‘onadagi YTHda halok bo‘lganlar soni 4 nafarga yetdi

image

Dang‘ara tumanida Cobalt haydovchisi yo‘l chetida ketayotgan piyodalarni urib yuborishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 4 nafarga yetdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB ma’lum qildi. 

Viloyat IIBga ko‘ra, 2024 yil 20 fevral kuni fuqaro Sh.V. Cobalt mashinasini “Qo‘qon-Mulkobod-Gulbog‘-Pungan” avtomobil yo‘lining Dang‘ara tumanidan o‘tgan qismida boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan 5 nafar piyodani urib yuborgan. Haydovchi hodisa joyidan yashiringan. 

YTH oqibatida O‘.I. va K.I. hodisa joyida vafot etgan. D.I., O‘.Yo. hamda Sh.J. turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan D.I. va O‘.Yo. ham olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi Sh.V.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi Cobalt mashinasida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida ketayotgan 5 kishini urib yuborgani haqida xabar bergan edik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
47
0
xs.uz

Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp — Shavkat Mirziyoyev

Soʻnggi yetti yilda bogʻchalar bilan qamrov 700 mingdan 2,3 millionga yetkazildi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 7 mingta davlat va 31 mingdan ziyod xususiy bogʻchalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.'Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp. Bogʻchalar nafaqat tarbiya, balki bolada taʼlim olish uchun ilk koʻnikmalarni shakllantiradigan maskanga aylani

17 May 21:46
 
306
0
xs.uz

Oʻzbekistondagi barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgartiriladi

Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgarishi belgilandi. Prezident buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.Qayd etilishicha, bu oliygohga Yangi Oʻzbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. 'Top' xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar oʻrnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim boʻyicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika

17 May 21:46
 
46
0
xs.uz

Fargʻonada “Ibratli oila” koʻkrak nishonlari topshirildi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. 15-may ' Xalqaro oila kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, bu boradagi milliy qadriyat va anʼanalarimiz keng targʻib etildi.Xususan, qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda bir guruh namunali oila vakillariga 'Ibratli oila' koʻkrak nishoni topshirildi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda bunday o

31 May 08:49
 
37
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni bir qator muhim hujjatlarni imzoladi

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, 'SIMEST' va 'Danieli' kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imz