calendar 07 Mar 20:12
eye 41
comments 0
comments Manba: xs.uz

Boshqaruv tizimidagi rahbar ayollarning TOP-40 reytingi yangilandi

image
'Yuksalish' harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda boshqaruv tizimidagi rahbar ayollarning TOP-40 reytingini yangiladi.

Kuchli qirqtalik roʻyxatni shakllantirishda ekspertlar tomonidan 300 nafardan ortiq nomzod faoliyati tahlil qilindi. Ular mehnat qilayotgan tashkilotlarning mamlakat siyosiy kun tartibini shakllantirishdagi, tarmoqlarda oʻzgarishlarni amalga oshirishdagi institutsional taʼsir darajasi, fuqarolik jamiyatidagi oʻrni inobatga olindi. Natijada bugun siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlar rivojiga salmoqli hissa qoʻshayotgan, sohalarda muhim vazifalarni bajarib kelayotgan 40 nafar rahbar ayollarning yillik reytingi tuzildi.

Reytingga kirgan ayollar turli sohalarda faoliyat yuritadi, jumladan, Prezident Administratsiyasi tizimida ' 4 nafar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ' 4 nafar, Senatda ' 6 nafar, Vazirlar Mahkamasida ' 3 nafar, qoʻmitalar, idoralar va markazlarda ' 11 nafar, siyosiy partiyalar va prokuratura organlarida har birida bittadan, taʼlim sohasida ' 5 nafar, moliya sohasida ' 3 nafar, inson huquqlarini himoya qilish sohasida ' ikki nafardan vakil.

Reytingdagi rahbar ayollarning 6 nafari oʻtgan bir yil mobaynida mansab pillapoyalaridan koʻtarilib, yuqori lavozimlarga tayinlangan.

Maʼlumotlarga koʻra, hozirda respublikamiz siyosiy partiyalaridagi xotin-qizlarning ulushi 47 foizga, oliy taʼlimda 48 foizga, tadbirkorlik faoliyatida esa 37 foizga yetgan. Rahbarlik lavozimlarda ishlayotgan ayollar ulushi 33 foizni tashkil etadi. 2 mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlariga ayollar rahbarlik qilmoqda. Bu raqamlar davlat rivojida, ijtimoiy-siyosiy hayotda xotin-qizlarning roli va mavqei ortib borayotganidan dalolat beradi.

Reytingdagi rahbar ayollar tanlagan kasbida endigina faoliyatini boshlab, kelajagini davlat boshqaruvida koʻrayotgan yoshlar uchun namunadir.

Eslatib oʻtamiz, 'Yuksalish' harakati tomonidan har yili 8-mart ' Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan boshqaruvdagi rahbar ayollarning TOP-40 talik reytingi eʼlon qilib kelinadi.

Shuningdek, 2023-yilda mintaqa ekspertlari koʻmagida ilk bor Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari reytingi ham tuzildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 12:36
 
59
0
qalampir.uz

Yana bir bank jarimaga tortildi

“Orient Finans” XATB Termiz filiali reklama qonunchiligi buzilishi tufayli jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi. Bildirilishicha, qo‘mitaga “Orient Finans” tomonidan Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘rnatilgan tashqi reklama vositalarining qonuniyligi yuzasidan murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatni o‘rganish jarayonida, bank filiali tomonidan Termiz shahri Hakim At-Term

22 Jul 17:26
 
59
0
xs.uz

13 yoshli oʻgay qiziga muntazam zoʻravonlik qilib kelgan ayolga hukm oʻqildi

Holat yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha olib borilgan dastlabki tergovda aniqlanishicha, Sh. S. qizni 2023-yil davomida muttasil ravishda doʻpposlab, unga nisbatan jismoniy hamda ruhiy jihatdan azob bergan.'Unda kuchli qoʻrquv hosil qilish yoʻli orqali oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib, tanasining turli qismlariga tan jarohatlari yetkazib kelgan', deyiladi xabarda.Bolalar ombudsmani vakili bola manfaatlari nuqtai nazaridan mazkur ishning sud protsessida koʻri

15 Jul 12:03
 
143
0
qalampir.uz

Dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida O‘zbekiston 79-o‘rinni egalladi

"Henley & Partners" xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida O‘zbekiston 79-o‘rinni egalladi.  Qayd etilishicha, O‘zbekistonda fuqarolik pasportiga ega bo‘lganlar 64 ta davlatga vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda kirish imkoniga ega. 2023 yilda O‘zbekiston ushbu reytingda 78-o‘rinni band qilgandi. Shu yilning boshidagi ma’lumotlarga ko‘ra esa 80-o‘rinda bo‘lgan. O‘zbekistondan tashqari Kuba,

26 Jul 10:20
 
31
0
xs.uz

Firibgarlar “bir dumalab” kadastr xodimiga aylanib oldi

Maʼlum boʻlishicha, Kadastrlar palatasi Denov tumani filiali muhandisi Oʻ.N. fuqaro A.N.ning ishonchiga kirib, uning akasiga tegishli uy-joyning kadastr hujjatlarini 2 ming AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishini aytib, 1 ming 800 AQSH dollari va 2,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Shu kabi yana bir holat Qumqoʻrgʻon tumanida aniqlangan. Qayd etilishicha, oʻzini goʻyoki Qumqoʻrgʻon tumani kadastr boʻlimi xodimi sifatida tanishtirgan fuqaro F.B. fuqaro