calendar 15 Jul 12:03
eye 143
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida O‘zbekiston 79-o‘rinni egalladi

image

"Henley & Partners" xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida O‘zbekiston 79-o‘rinni egalladi. 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda fuqarolik pasportiga ega bo‘lganlar 64 ta davlatga vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda kirish imkoniga ega. 2023 yilda O‘zbekiston ushbu reytingda 78-o‘rinni band qilgandi. Shu yilning boshidagi ma’lumotlarga ko‘ra esa 80-o‘rinda bo‘lgan.

O‘zbekistondan tashqari Kuba, Mongoliya va Mozambik kabi mamlakatlar ham 79-o‘rinda qayd etilgan.

Reytingda birinchi o‘rinni Singapur pasporti egallagan bo‘lib, ushbu mamlakat fuqarolari 195 ta mamlakatga vizasiz kirish imkoniyatiga ega. Reytingda ikkinchi o‘rinni esa Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya va Ispaniya (194 ta davlatga vizasiz kirish) band qilgan. Avstriya, Finlyandiya, Islandiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Janubiy Koreya va Shvetsiya esa 193 ta davlatga vizasiz kirish imkoniyati bilan reytingning uchinchi o‘rnini egallagan.

Shuningdek, Ukraina 32-o‘rin (149 ta davlat), Rossiya 50-o‘rin (120 davlat), Turkiya 51-o‘rinni (118 davlat) qayd etgan.

Markaziy Osiyo davlatlarining pasport reytingidagi o‘rni quyidagicha:

  •  Qozog‘iston 67-o‘rin (79 ta davlat);
  •  Qirg‘iziston 78-o‘rin (65 ta davlat);
  •  Tojikiston 82-o‘rin (60 ta davlat);
  •  Turkmaniston 90-o‘rin (52 ta davlat);

Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
53
0
qalampir.uz

Xorijiy davlatlar rahbarlari Mirziyoyevni qutlamoqda

Bugun, 24 iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni. Mirziyoyev 67 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan Prezident Mirziyoyev nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. Shavkat Mirziyoyevga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qozog‘iston Re

26 Jul 23:54
 
146
0
xs.uz

Fargʻonadagi YTHda boʻlajak kelin-kuyov vafot etdi

Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanida sodir boʻlgan YTHda boʻlajak kelin-kuyov vafot etdi. Bu haqda 'Hudud' dasturida xabar berildi.Maʼlum qilinishicha, hodisa Oʻzbekiston tumani Qoʻqon-Yaypan-Isfara yoʻlida sodir boʻlgan. 'Spark' haydovchisi harakat vaqtida quvib oʻtish qoidalarini buzib, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib harakatlangan.Oqibatda roʻparasidan kelayotgan 'Gentra' bilan toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashuv sodir etgan. Bu vaqtda 'Gentra' haydovchisi yonida uning unashtiri

26 Jul 10:23
 
59
0
xs.uz

Fargʻonada kuchli sel koʻchalarni qum-shagʻalga toʻldirdi

Qayd etilishicha, soat taxminan 15:30 atrofida jala yomgʻiri va doʻl yoqqan. Oqibatda 'Qurqul' va 'Bukan' sel yoʻlidan aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda 1,5html5-dom-document-internal-entity1-minus-end2 m3/s sel oqimi oqib tushgan. Toshqin suvi aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yoʻlidan oqib oʻtgan.Shuningdek, Shohimardon MFY hududida joylashgan 'Tosh' sel yoʻlidan soat taxminan 15:30 larda jala yomgʻir va doʻl yogʻishi natijasida 4-5 m3/s sel oqimlari vujudga ke

26 Jul 10:21
 
33
0
xs.uz

Tojikiston Prezidenti ham Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan 24-iyul kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotida Oʻzbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari'koʻrib chiqildi.Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sogʻlik va oilaviy baxt-saodat, birodar Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq t