calendar 22 Jul 17:26
eye 60
comments 0
comments Manba: xs.uz

13 yoshli oʻgay qiziga muntazam zoʻravonlik qilib kelgan ayolga hukm oʻqildi

image
Holat yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha olib borilgan dastlabki tergovda aniqlanishicha, Sh. S. qizni 2023-yil davomida muttasil ravishda doʻpposlab, unga nisbatan jismoniy hamda ruhiy jihatdan azob bergan.

'Unda kuchli qoʻrquv hosil qilish yoʻli orqali oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib, tanasining turli qismlariga tan jarohatlari yetkazib kelgan', deyiladi xabarda.

Bolalar ombudsmani vakili bola manfaatlari nuqtai nazaridan mazkur ishning sud protsessida koʻrilishida ishtirok etgan.

5-iyun kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Zangiota tuman sudi hukmi bilan Sh. S. Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) 2-qismi 'a, v' bandlari va 112-moddasi (Oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish) 3-qismi bilan aybdor deb topildi.

Ayolga 3-yil 6 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. Mazkur jazo bilan bogʻliq tegishli cheklovlar oʻrnatildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:03
 
21
0
xs.uz

Prezident Shuhrat Jalilovni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotladi

Jalilov davlat idoralari va jamoat tashkilotlaridagi ko'p yillik samarali mehnati, mahalla instituti va kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirish, keksa avlod vakillarini qo'llab-quvvatlashga qo'shayotgan munosib hissasi, yoshlarni tarbiyalash yo'lidagi ibratli ishlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki tufayli mukofotlangan.Tavalludining 85 yilligi munosabati bilan berilgan ushbu mukofotni Sherzod Asadov 17-avgust kuni O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov

24 Aug 17:26
 
15
0
xs.uz

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

'Oʻzgidromet' 26-28-avgust kunlari kutilayotgan ob-havo boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etdi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Ha

26 Jul 10:20
 
45
0
qalampir.uz

Isroil elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi

Isroilning O‘zbekistondagi elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi. Bu haqdagi tegishli ma’lumot Oliy sud portalida keltirilgan. Qayd etilishicha, Telegram-kanallaridan birida 36 yoshli fuqaro R.A. Isroilning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlagani haqida e’lon qilingan post izohiga elchiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan. Fuqaro R.A. mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman IIO FMB binosiga taklif qilinganida u IIB xodimlarining qonuniy talab

28 Jul 21:16
 
130
0
xs.uz

Ertaga havo harorati 45 darajagacha issiq boʻladi

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-26 daraja, kunduzi 38-40 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, cha