calendar 26 Jul 10:20
eye 32
comments 0
comments Manba: xs.uz

Firibgarlar “bir dumalab” kadastr xodimiga aylanib oldi

image
Maʼlum boʻlishicha, Kadastrlar palatasi Denov tumani filiali muhandisi Oʻ.N. fuqaro A.N.ning ishonchiga kirib, uning akasiga tegishli uy-joyning kadastr hujjatlarini 2 ming AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishini aytib, 1 ming 800 AQSH dollari va 2,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi yana bir holat Qumqoʻrgʻon tumanida aniqlangan. Qayd etilishicha, oʻzini goʻyoki Qumqoʻrgʻon tumani kadastr boʻlimi xodimi sifatida tanishtirgan fuqaro F.B. fuqaro X.P.ning ishonchiga kirib, uning Qumqoʻrgʻon tumani 'Mexrabod' mahallasida joylashgan uy-joying kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 11 million soʻm talab qilgan. U kelishilgan pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

'Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda', deyiladi xabarda.

Avvalroq, sobiq 'elektroset' muhandisi tadbirkorni 7 ming AQSH dollariga chuv tushirmoqchi boʻlgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 11:11
 
59
0
xs.uz

Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi

Samarqand viloyatida avtobus yoʻlning belgilanmagan qismidan oʻtayotgan piyodani urib yubordi va oqibatda piyoda halok boʻldi. Bu haqda viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, voqea 13-iyul kuni soat 13:00 larda Kattaqoʻrgʻon tumani M.Ulugʻbek mahallasi hududidan oʻtuvchi 4R-48 'Zarafshon Trakt' avtomobil yoʻlining 94-kilometrida sodir boʻlgan. Haydovchi 'Midibus SAZ NP 21' rusumli transport vositasida 'Payshanba-Kattaqoʻrgʻon shahar' yoʻn

15 Jul 12:03
 
60
0
qalampir.uz

Andijonda ko‘prik qulab tushdi (video)

Andijon viloyatida kuchli sel tufayli viloyatning Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlari o‘rtasidagi Yorqishloq qishlog‘ida ko‘prik qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat hokimligi rasmiy ma’lumot berdi. “Ayni daqiqalarda viloyat hamda har ikki tuman rahbariyati vakillaridan tarkib topgan ishchi guruhi voqea joyiga yetib borgan va ish olib bormoqda. Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyilgan xabarda. Qayd etilishicha, sodir

18 Jul 10:36
 
80
0
qalampir.uz

Yevroittifoq elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlott Adrian diplomatik missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda TIV xabar berdi. Bugun, 17 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchi Sharlott Adrianni qabul qildi. “Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Sharlott Adrian xonim bilan uchrashdik. Elchining yillar davomida O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan

29 Jul 15:40
 
44
0
xs.uz

Namanganda ikki yigit bank xodimini 3-qavat derazasidan uloqtirib yubordi

Namangan shahrida 'Agrobank' xodimini oʻz tanishlari 3-qavatdan tashlab yubordi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.Bildirilishicha, voqea Namangan shahar Obihayot MFY Ibrat koʻchasida joylagan 10-uyda sodir boʻlgan. 36-xonadonda ijara asosida yashab kelayotgan 22 yoshli X.M. hamda uning tanishi N.L. bilan birgalikda 21 yoshli A.M. (Bank kassiri) bilan oʻzaro janjallashib ketib, A.M.ni qasddan oʻldirish maqsadida xonadoning yotoqxona oy