calendar 18 Jul 11:11
eye 62
comments 0
comments Manba: xs.uz

Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi

image
Samarqand viloyatida avtobus yoʻlning belgilanmagan qismidan oʻtayotgan piyodani urib yubordi va oqibatda piyoda halok boʻldi. Bu haqda viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, voqea 13-iyul kuni soat 13:00 larda Kattaqoʻrgʻon tumani M.Ulugʻbek mahallasi hududidan oʻtuvchi 4R-48 'Zarafshon Trakt' avtomobil yoʻlining 94-kilometrida sodir boʻlgan. Haydovchi 'Midibus SAZ NP 21' rusumli transport vositasida 'Payshanba-Kattaqoʻrgʻon shahar' yoʻnalishida harakatlanib kelayotib, yoʻlning belgilanmagan qismidan oʻtayotgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda piyoda tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tumani IIB Tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
15
0
xs.uz

Bilimli oʻquvchilar munosib ragʻbatlantirildi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Dilobar Abduvahobova 8,5 ballik IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu Andijon farzandlari ichida hozirgacha kuzatilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili

20 Sep 00:21
 
26
0
xs.uz

Toshkentda issiqlik va issiq suv tariflari oshiriladi

Xalq deputatlari poytaxt Kengashining 12-sentyabrdagi qarorida keltirilishicha, 'Veolia Energy' tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq markaziy isitish va issiq suv yetkazib berish xizmatlari uchun quyida taklif etilgan narxlar maʼqullandi:Yangi tariflarning amalga kiritilish sanasi maʼlum qilinmagan.Qayd etilishicha, shahar aholisi bazaviy tarifning 14 foizini toʻlaydi, qolgani shahar budjetidan subsidiya shaklida qoplanadi.

09 Oct 12:39
 
11
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyuradi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Prezident 7'8-oktyabr kunlari Moskvada boʻladi.Davlatimiz rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.

03 Sep 21:35
 
20
0
xs.uz

Prezident xususiy mulk huquqini himoya qilish boʻyicha muhim qonunni imzoladi

Hujjat bilan Uy-joy kodeksi, Shaharsozlik kodeksi va 'Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida'gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.Uy-joy kodeksida 'hech kim sudning qarorisiz va qonunga muvofiq boʻlmagan holda oʻz uy-joyidan mahrum qilinishi mumkin emas' deb belgilandi.Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oʻz uy-joyidan mahrum boʻlgan mulkdorga uy-joy qiymati va unga yetkazilgan zararning oldin