calendar 03 Sep 21:35
eye 6
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident xususiy mulk huquqini himoya qilish boʻyicha muhim qonunni imzoladi

image
Hujjat bilan Uy-joy kodeksi, Shaharsozlik kodeksi va 'Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida'gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Uy-joy kodeksida 'hech kim sudning qarorisiz va qonunga muvofiq boʻlmagan holda oʻz uy-joyidan mahrum qilinishi mumkin emas' deb belgilandi.

Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oʻz uy-joyidan mahrum boʻlgan mulkdorga uy-joy qiymati va unga yetkazilgan zararning oldindan va teng miqdorda qoplanishi taʼminlanadi.

Uy-joy kodeksida uy-joyning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish, qayta qurish yoki buzish shaharsozlik qonunchiligiga muvofiq amalga oshirilishi belgilanmoqda. Ilgari bunday harakatlarga hokimliklarning tegishli ruxsati mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyilishi koʻrsatib oʻtilgan edi.

Shaharsozlik kodeksiga zilzilabardosh hududlarda bino va inshootlarni loyihalash va qurishda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishni taqiqlovchi yangi norma kiritilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
11
0
xs.uz

Turk dunyosi mamlakatlari uchun yagona kino va media platformasi yaratiladi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. 23-27-avgust kunlari Samarqand shahrida 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi Renessans poydevori' xalqaro kongress doirasida 'Yangi Renessans: Merosni saqlashda kino va medianing oʻrni' TURKSOY xalqaro forumi oʻtkazildi.Kongress Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiya markazi hamda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati hamkorligida ta

26 Jul 10:20
 
32
0
xs.uz

Oqlanmagan ishonch yoxud erishilgan yutuqlarga mahliyo boʻlishning davri oʻtdi

Mamlakatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan har bir fuqaro, oilaning oʻy va tashvishidan xabardor boʻlish, yillar mobaynida yigʻilib qolgan muammolarning yechimini topish, odamlarning erta yoki yaqin istiqbolda emas, aynan shu kundan eʼtiboran hayotdan rozi yashashini taʼminlash siyosati Qizilqum kengliklarida ham oʻz samaralarini bera boshlaganiga ancha boʻldi.Chunonchi, Prezidentimizning 2017-yil 25-apreldagi 'Navoiy viloyatining olis choʻl tumanlari aholisi turmush darajasini yan

26 Jul 10:20
 
37
0
xs.uz

Moskvada oʻzbekistonliklarning salkam 140 mln soʻm ish haqi undirib berildi

Qayd etilishicha, Moskva shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bir guruh yurtdoshimizning 'Megatron' korxonasi oylik maoshlarini bermayotgani yuzasidan murojaati kelib tushgan.Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 11 nafar yurtdoshning 950 ming rubl (salkam 140 mln soʻm) oylik mao

22 Jul 16:12
 
64
0
qalampir.uz

Toshkentga 765 kg qisqichbaqani noqonuniy olib ketayotganlar ushlandi

Toshkentga katta miqdordagi qisqichbaqalarni noqonuniy olib ketayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Kattaqo‘rg‘on suv ombori va YPX xodimlari hamkorligida nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan. Reyd davomida Bulung‘ur Yuqori nuqta postida dengiz qisqichbaqalari yuklangan yuk tashuvchi transport