calendar 24 Aug 17:26
eye 11
comments 0
comments Manba: xs.uz

Turk dunyosi mamlakatlari uchun yagona kino va media platformasi yaratiladi

image


Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. 23-27-avgust kunlari Samarqand shahrida 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi Renessans poydevori' xalqaro kongress doirasida 'Yangi Renessans: Merosni saqlashda kino va medianing oʻrni' TURKSOY xalqaro forumi oʻtkazildi.

Kongress Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiya markazi hamda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir doirasida 'Kino ' meros himoyachisi: madaniy loyihalar va tashabbuslar taqdimoti', 'Global media hamkorlik: Merosni asrash boʻyicha madaniyatlararo loyihalar' kabi tadbirlar boʻlib oʻtdi.

Ushbu dasturlar doirasida Islom sivilizatsiyasi markazi multimedia bloki uchun tayyorlangan videoroliklar turkumi taqdimoti 'Baqtriya tarixi', bundan tashqari, 'Oʻzbekiston arxeologik marvaridlari', 'Klavixo', 'Xudoybergan Devonov va Nemis Mennonitlari', 'Muxtor Avezov' loyihalari taqdimoti oʻtkazildi.

Forum soʻngida Turk dunyosi mamlakatlari uchun yagona kino va media platforma yaratish toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Aug 12:29
 
31
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi

'Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida'gi prezident farmoni eʼlon qilindi.Mamlakat Qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi alohida xizmatlari, milliy manfaatlarni himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni taʼminlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chogʻida mardl

24 Aug 17:26
 
11
0
xs.uz

Turk dunyosi mamlakatlari uchun yagona kino va media platformasi yaratiladi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. 23-27-avgust kunlari Samarqand shahrida 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi Renessans poydevori' xalqaro kongress doirasida 'Yangi Renessans: Merosni saqlashda kino va medianing oʻrni' TURKSOY xalqaro forumi oʻtkazildi.Kongress Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiya markazi hamda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati hamkorligida ta

26 Jul 10:20
 
32
0
xs.uz

Oqlanmagan ishonch yoxud erishilgan yutuqlarga mahliyo boʻlishning davri oʻtdi

Mamlakatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan har bir fuqaro, oilaning oʻy va tashvishidan xabardor boʻlish, yillar mobaynida yigʻilib qolgan muammolarning yechimini topish, odamlarning erta yoki yaqin istiqbolda emas, aynan shu kundan eʼtiboran hayotdan rozi yashashini taʼminlash siyosati Qizilqum kengliklarida ham oʻz samaralarini bera boshlaganiga ancha boʻldi.Chunonchi, Prezidentimizning 2017-yil 25-apreldagi 'Navoiy viloyatining olis choʻl tumanlari aholisi turmush darajasini yan

26 Jul 10:20
 
35
0
xs.uz

Sud “Navoiyazot”ning Raqobat qoʻmitasi qarori ustidan shikoyatini rad etdi

Qoʻmita tomonidan mineral oʻgʻitlar bozorida ustun mavqega ega boʻlgan 'Navoiyazot' AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolari orqali realizatsiya qilinishida narx manipulyatsiyalari holatlari aniqlangandi.'Navoiyazot' AJ tomonidan mazkur qaror va koʻrsatma ustidan Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudiga shikoyat qilingan boʻlib, mazkur qaror va koʻrsatmani haqiqiy emas deb topish soʻralgan.Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining 2024-yil