calendar 18 Jul 10:36
eye 83
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yevroittifoq elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

image

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlott Adrian diplomatik missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda TIV xabar berdi.

Bugun, 17 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchi Sharlott Adrianni qabul qildi.

“Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Sharlott Adrian xonim bilan uchrashdik. Elchining yillar davomida O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini yuqori baholaymiz. Unga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz”, deb yozdi vazir Telegram-kanalida.

Ma’lumot uchun,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021 yilning 23 aprel kuni Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Sharlott Adriandan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
5
0
xs.uz

Toshkentda “psixotrop” sotayotgan shaxs ushlandi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.A. 56 dona 'Regapen' nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro A.A.ga 5,2 m

26 Jul 10:20
 
48
0
qalampir.uz

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi

Inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganligini inobatga olib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, iyun oyida umumiy inflyatsiya yillik 10,6 foiz darajasida shakllanib, inflyatsiyaning barqaror komponentlari va meva-sabzavotlar narxlarida sezilarli pasayish kuzatilgan. Tash

26 Aug 12:29
 
15
0
xs.uz

Homiladorlikda tishlarni davolatish mumkinmi?

Homiladorlik ' ayol organizmida katta oʻzgarishlar yuz beradigan palla. Xususan, bu davrda tishlar va milk bilan bogʻliq ayrim muammolar paydo boʻlishi mumkin.Xoʻsh, bunday paytda ayollar tishlarini davolatishi mumkinmi?Ushbu savolga oliy toifali shifokor Miravzal Irxanov javob berdi.'Homiladorlikda tishlar va milklarning yaxshi parvarish qilinishi juda muhim. Chunki mazkur holat umumiy salomatlikka ham taʼsir koʻrsatadi.Aytish lozimki, bu davrda gormonal oʻzgarishlar tufayli milk va tish

19 Jul 17:48
 
60
0
qalampir.uz

Dollar kursi oshishda davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,96 so‘mga oshdi va 12 610,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa, aksincha, 53,26 so‘mga pastlab, 13 720,98 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli 0,22 so‘mga pastlab, 143,28 so‘mni tashkil etdi.