Billi Aylish 20 yoshda: Xonandaning uslubi 2021-yilda qanchalik o‘zgardi? (foto)

Faoliyati davomida 30 million dollar mablag‘ni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan xonanda Billi Aylish 18-dekabr kuni 20 yoshga to‘ldi. Yoqimli ovozi va o‘ziga xos uslubi bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan qo‘shiqchining tashqi ko‘rinishi bir yil ichida qanchalik o‘zgardi? People Talk nashri Billining tavallud kuni munosabati bilan, uning imij bilan bog‘liq o‘zgarishlarga nazar tashladi.
Ko‘pchilik Billini keng va qulay obrazni afzal biladigan qiz sifatida yaxshi biladi. 2021-yilning boshida ham Billi aynan shunday imij: oversize futbolka va koftalar, noodatiy manikyur va yashil rang aralash soch turmakda ko‘rinish bergan. U hatto “Gremmi” mukofotini ham mana shunday uslubdagi kiyimda qabul qilib olgan. Stilistlarning mazkur obrazni tanqid qilganiga nisbatan esa uning o‘zi pinagini ham buzmagan.
Hammasi 2021-yilning bahor faslidan boshlangan. Ya’ni Billi aynan shu faslga kelib kiyinish uslubini keskin o‘zgartirishga qaror qilgan. Muxlislar esa bunday o‘zgarishni kutmagani aniq edi. Yashil aralash qora sochlari bilan xayrlashgan xonandaning ko‘ngli mallasoch xonim bo‘lishni tusab qolgan. Va bu uning ko‘rinishidagi yagona o‘zgarish emas edi.
Keng va erkin turadigan xudi va futbolkalarini, ochiq va nazokatli ko‘rsatadigan kiyimlarga almashtirgan Billi o‘zining avvalgi versiyasiga o‘xshamay qolgan, yanada yoqimtoy va jozibali ko‘ringan. O‘zgarish aslida uning ichki dunyosi bilan bog‘liq bo‘lgan chog‘i, ijod namunlari ham oldingidan boshqacharoq bo‘lib yangragan. Bularning bari xarassment (insonni kamsitadigan yo tahqirlaydigan, uning uchun noqulay vaziyatni yuzaga keltiradigan, unda uyat yoki qo‘rquv hissini uyg‘otadigan butun boshli nojo‘ya xatti-harakatlar ro‘yxati o‘rniga qo‘llaniladigan umumiy bir atama) muammosi va o‘zini qabul qilishga bag‘ishlangan yangi “Happier Than Ever” albomining taqdimot vaqtiga to‘g‘ri kelib qolgan.
Muxlislar o‘z kumirini yopiq kiyimda ko‘rishga o‘rganib qolgan, xonanda esa bu bilan o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlikni yashirishga uringan. Shu yo‘sinda u deyarli bir yil davomida ayollarga xos nazokatga urg‘u berib kiyinishni afzal bergan. Shu vaqt davomida sochlari kaltalanib, yanada ochiq kiyinishni aytmaganda qolgan narsa o‘zgarmagan.
Sentabrda o‘ziga xos bo‘lmagan obrazda ko‘rinish berib, ommani lol qoldirgan. Merilin Monrodan ilhomlangan qo‘shiqchi tadbirlardan birida Oscar de la Renta’ning libosida tashrif buyurgan.
Yil so‘ngi, tug‘ilgan kunidan avval esa u o‘ziga xos bo‘lgan uslubiga qaytgan. Sochini to‘q rangga bo‘yab, oversize uslubidagi kiyimlarini kiya boshlagan. Muxlislarning esa bundan boshi osmonga yetgan, chunki ular kumirini aynan shu obrazda yaxshi ko‘rgan.
Oʻzbek tili va madaniyati Italiyada targʻib etilmoqda
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, filologiya fanlari doktori Nozliya Normurodova hamda universitet huzuridagi 'Oʻzbek maktabi' oʻqituvchisi Durdona Ermatova xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Italiyaning nufuzli Ka-Foskari universitetiga tashrif buyurishdi.Tashrif doirasida professor Nozliya Normurodova universitet talabalari va professor-oʻqituvchilari uchun 'Oʻzbekistonda oliy taʼli
Teatr san’ati rivoji yo‘lidagi muhim qadam
Festival doirasida teatr jamoasi 'Bremen musiqachilari' spektaklini namoyish qilib, xalqaro tomoshabinlar e'tiborini qozondi. Shu bilan birga, yosh tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.Mazkur ishtirok'O'zbekiston teatr san'ati rivoji yo'lida muhim qadam bo'lib, mahalliy ijodkorlarning xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatini namoyon etadi.
Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini
Mualliflik huquqini buzgan 10 nafar xonanda litsenziyasidan ayriladi
Oʻzbekistonda 10 nafar xonanda mualliflik huquqini buzgani uchun litsenziyasidan ayrilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi. Bunday hollarda litsenziyalovchi organ litsenziat hujjatining bekor qilishni soʻrab sudga murojaat yoʻllashi lozim.Shunga koʻra, Adliya vazirligi s