calendar 02 Apr 09:10
eye 25
comments 0
comments Manba: daryo

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 3-aprel kuni shamol tezligi kuchayishi mumkin

image

“O‘zgidromet” 3-aprel, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: “Daryo”

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja, kunduzi 20-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekiston hududiga 2-aprel kuni Qozog‘iston orqali g‘arbiy Sibirning janubiy hududlari ustida shakllangan sovuq havo massalari kirib kelishi va hafta davomida salqin ob-havo saqlanib qolishi haqida xabar berilgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
34
0
xs.uz

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi

Qayd etilishicha, bazaviy inflyatsiyaning pasayishi va inflyatsion kutilmalar dinamikasi energiya tariflari oshirilishining inflyatsiyaga ikkilamchi taʼsiri kutilganidan past boʻlayotganini koʻrsatib, yil yakunida inflyatsiya prognoz koridorining quyi chegaralarida shakllanishi boʻyicha ishonchni oshirmoqda.Nisbatan qatʼiy pul-kredit sharoitlari ishlab chiqarishning ijobiy tafovutini qisqarib borishiga va talab tomondan inflyatsion bosimning pasayishiga xizmat qilmoqda.Inflyatsiyaning kutil

26 Jul 10:21
 
45
0
xs.uz

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi

Qayd etilishicha, bazaviy inflyatsiyaning pasayishi va inflyatsion kutilmalar dinamikasi energiya tariflari oshirilishining inflyatsiyaga ikkilamchi taʼsiri kutilganidan past boʻlayotganini koʻrsatib, yil yakunida inflyatsiya prognoz koridorining quyi chegaralarida shakllanishi boʻyicha ishonchni oshirmoqda.Nisbatan qatʼiy pul-kredit sharoitlari ishlab chiqarishning ijobiy tafovutini qisqarib borishiga va talab tomondan inflyatsion bosimning pasayishiga xizmat qilmoqda.Inflyatsiyaning kutil

23 Jul 07:35
 
65
0
xs.uz

Raqobat qoʻmitasi yana bir bankni jarimaga tortdi

Maʼlum qilinishicha, qoʻmitaga AVO Bank AJ koʻrsatayotgan xizmatlari haqida notoʻgʻri reklama tarqatayotgani yuzasidan murojaat kelib tushgan.Murojaatda bank saytining 'AVO bonuslari' sahifasidagi reklama axborotlarida '250 000 soʻm har bir yangi mijozga', '+250 000 soʻm sizga va Avoning har bir yangi mijoziga', 'Hisobingizga 250 000 soʻm olish' va 'Kartaga 250 000 soʻm olish' kabi maʼlumotlar koʻrsatilgani aytilgan.Murojaatda bank tomonidan har bir yangi mijozga 250 000 soʻm pul ber

24 Aug 17:27
 
15
0
xs.uz

Oʻzbekistonda tadbirkorlar yer sotib olishida yengilliklar beriladi

Oʻzbekistonda tadbirkor auksiondan yer sotib olganda unga qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblash bekor qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Nukusda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda aytib oʻtdi.Yer bozori shakllanishi taʼsirida yangi investisiya loyihalarida yer sotib olish xarajatlari keskin oshayotgani qayd etildi. Tadbirkor yerga buncha katta xarajat qilgandan keyin qurilish, texnika va uskunaga mablagʻi yetmay qolayapti. Shu sababli endilikda tadbirkor auksiondan yer sotib olganda unga