calendar 24 Aug 17:27
eye 14
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda tadbirkorlar yer sotib olishida yengilliklar beriladi

image
Oʻzbekistonda tadbirkor auksiondan yer sotib olganda unga qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblash bekor qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Nukusda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda aytib oʻtdi.

Yer bozori shakllanishi taʼsirida yangi investisiya loyihalarida yer sotib olish xarajatlari keskin oshayotgani qayd etildi. Tadbirkor yerga buncha katta xarajat qilgandan keyin qurilish, texnika va uskunaga mablagʻi yetmay qolayapti. Shu sababli endilikda tadbirkor auksiondan yer sotib olganda unga qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblash bekor qilinadi.

Toshkent shahri va viloyat markazlarida sotilgan yer boʻyicha xarid summasini uch yilgacha, qolgan hududlarda besh yilgacha, 4 va 5-toifa tumanlar uchun esa oʻn yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi. Endi tadbirkorlar darhol toʻlov qilaman desa, 20 foizgacha chegirma beriladi.

Shuningdek, yirik loyihalarda yer qiymatini tadbirkor ustav fondiga davlat ulushi sifatida kiritishi mumkin boʻladi. Tadbirkor istagan paytda bu ulushni oʻzi sotib olishi mumkin. Bu orqali shu yilning oʻzida tadbirkorlar ixtiyorida 3 trillion soʻm qoladi.

Qanchadan-qancha tadbirkorlar yeri yoʻqligi uchun yangi loyiha qila olmayotgani qayd etildi. Aksincha, 'auksiondan sotib oldim, endi meni mulkim' deb, yerni qarovsiz tashlab qoʻygan 'uddaburonlar' ham koʻpligi koʻrsatib oʻtildi.

Shu bois, yangi yerlarni ajratishda binolarni loyihalashdan obyektni topshirishgacha boʻlgan muddatlar majburiy koʻrsatiladi.

Bunda qurilish davriga yer soligʻi boʻyicha 50 foiz imtiyoz beriladi (viloyat markazlaridan tashqari). Qurilishga ruxsat olish muddati davlat organi aybi bilan oʻtkazib yuborilsa, qurilish vaqti shu muddatga uzaytirib beriladi. Muddatida boʻlmasa, yer sud orqali qaytarib olinadi yoki boshqa tadbirkorga sotiladi.

Qishloq va noqishloq joylarda yer fondi doirasida bir faoliyatdan boshqasiga oʻzgartirish tartibi aniq belgilanmagan. Masalan, bogʻ oʻrnida issiqxona qilaman, degan tadbirkor ishni nimadan boshlashni, kimga murojaat qilishni bilmaydi. Yoki, tadbirkor oʻz bogʻida tomchilatib sugʻorish uchun hovuz, kichik sigʻimli saralash va saqlash omborini qura olmaydi. Shu bois, har bir yer uchastkasi uchun asosiy faoliyat turini qaysilariga almashtirish mumkinligi, qanday yordamchi inshootlarni joylashtira olishi aniq belgilab beriladi.

Buning uchun, 1-yanvardan yer uchastkalari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatori joriy etiladi. Shuning hisobiga tadbirkorlar bir yilda oʻz yeriga 800 milliard soʻmlik investitsiya kiritadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:44
 
33
0
xs.uz

Dollar kursi koʻtarildi, yevro esa tushdi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'21,12'soʻmga oshdi va'12 615,97'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'26,07'soʻmga tushib,'13 767,81'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,25'soʻmga koʻtarilib,'148,58'soʻmni tashkil qildi.

24 Aug 17:27
 
27
0
xs.uz

Qishloq ayollariga elektr separatorlar topshirildi — FAO

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan 'Hech kim ortda qolmasligi kerak: Turkiya va Markaziy Osiyoda qishloq ayollarining faol ishtiroki va imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish' loyihasi doirasida Boʻstonliq tumanidagi qishloq ayollariga sutni qayta ishlash uskunalari (elektr separatorlar) topshirildi. Qayd etilishicha, bu qishloq ayollarining iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash va oʻziga ishonchi uchun yangi imkoniyatlar esh

11 Aug 03:44
 
38
0
xs.uz

Dollar kursi koʻtarilishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'24,04'soʻmga oshdi va'12 640,01'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'27,50'soʻmga koʻtarilib,'13 795,31'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1,62'soʻmga pastlab,'146,96'soʻmni tashkil qildi.

22 Jul 19:59
 
79
0
xs.uz

Andijonda tadbirkorning 3,9 mlrd soʻmlik yoqilgʻisini qoʻlga kiritgan MCHJ aniqlandi

Andijonda tadbirkorning 3,9 mlrd soʻmlik yoqilgʻisini qoʻlga kiritgan MCHJ aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.Unda, 'A.T.' MCHJ rahbari D.Y. (muqaddam sudlangan) F. MCHJ bilan neft mahsulotlari yetkazib berish bo