Andijonda tadbirkorning 3,9 mlrd soʻmlik yoqilgʻisini qoʻlga kiritgan MCHJ aniqlandi

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unda, 'A.T.' MCHJ rahbari D.Y. (muqaddam sudlangan) F. MCHJ bilan neft mahsulotlari yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomaga asosan jami 3,9 mlrd soʻmlik A-95 markadagi benzin yonilgʻisini qabul qilib olib, ushbu mahsulotlarni sotuvidan tushgan mablagʻlarini shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflar yuborib, oʻzganing juda koʻp miqdordagi mulkini oʻzlashtirgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
YPH faoliyatidan
Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus batalyon alohida safarbar otryadi YPX inspektorlari – kichik serjant Sherzod Topkanov va safdor Odil Toshquvvatov ichki ishlar organlarida 5 yildan buyon xizmat qilishmoqda. Poytaxtimizning Cho‘lpon va Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chalarida o‘tkir nigoh ila yo‘llarda harakat xavfsizliginii ta’minlayotgan kichik serjant Sh. Topkanov va safdor O. Toshquvvatov qoidabuzarlarga nisbatan chora ko‘rmoqda. Bular orasida spirtli ichimlik is
Tramp dori vositalari va chiplarga ham boj joriy etmoqchi
Yangi bojlar sunʼiy intellekt, avtomobilsozlik va elektronika sohalarida katta ahamiyat kasb etuvchi chiplar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga qattiq zarba boʻlishi mumkin. Chunki bojlar narxlarning oshishiga va dorilarning tanqisligiga olib keladi.Tramp mahsulotlarni xorijdan olib kelish oʻrniga, ularni AQShda ishlab chiqarishni kuchaytirmoqchi. Lekin ishlab chiqarishni davlatning oʻziga koʻchirish yillarni talab qiladi va qimmatga tushadi.Taʼkidlash joiz, bojxona toʻlovlar
Dollar kursi 13 000 soʻmga yaqinlashdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'13,70 soʻmga'oshdi va'12 994,59 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'38,92 soʻmga'oshib,'14 761,85 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,99 soʻmga'tushdi va'157,68 soʻmni'tashkil qildi.
Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, 14 foiz darajasida belgiladi
Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 20-martdagi yigʻilishida asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, yillik 14 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqida Markaziy bankning rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.Taʼkidlanishicha, bu qaror 'inflyatsion bosimlarning yuqori saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi fonida' qabul qilingan.Ushbu qaror kelgusi oylarda kutilayotgan inflyatsion xatarlarni inobatga olib, inflyatsion