Murojaatda bank saytining 'AVO bonuslari' sahifasidagi reklama axborotlarida '250 000 soʻm har bir yangi mijozga', '+250 000 soʻm sizga va Avoning har bir yangi mijoziga', 'Hisobingizga 250 000 soʻm olish' va 'Kartaga 250 000 soʻm olish' kabi maʼlumotlar koʻrsatilgani aytilgan.
Murojaatda bank tomonidan har bir yangi mijozga 250 000 soʻm pul berilmasligi, mazkur pul koʻrinishidagi bonuslarni olish uchun bank mijozi maʼlum bir harakatlarni amalga oshirishi lozimligi, shunda ham mijozga 250 000 soʻm pul mablagʻi naqd pul koʻrinishida taqdim etilmasdan, bankning mobil ilovasi orqali bonus ballari koʻrinishida taqdim etilishi maʼlum qilingan.
Holat yuzasidan olib borilgan oʻrganish natijasida AVO Bank AJning saytida 'AVO Oʻzbekistondagi eng qulay mobil bank' mazmunidagi reklama joylashtirilgani aniqlangan.
Shu bilan birga, AVO Bank AJ tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari va tashqi reklama vositalarida tarqatilgan reklama axborotlari qoʻshimcha ravishda oʻrganilganda bir qator kamchiliklar aniqlandi.
Jumladan, turli manbalar orqali eʼlon qilingan reklama axborotlarida AVO Bank AJning 'AVO Platinum' kredit kartasi haqida joylashtirilgan maʼlumotlarida 'AVO platinum kredit kartasi ' har qanday xarid uchun 0% stavka' hamda 'AVO platinum kredit kartasi ' 2 millionga xarid qilib, 2 million qaytarish' degan mazmundagi iboralardan foydalanilgani kuzatildi.
Vaholanki, AVO Bank AJning 'AVO Platinum' kredit kartasi mablagʻlaridan foydalanish shartlariga koʻra, mijozlarning ushbu kredit kartalari orqali amalga oshirgan xarid summalari uchun 45 kun davomida foizlar hisoblanmasligi, xarid amalga oshirilgan sanadan 45 kun oʻtgach, ushbu pul mablagʻlari uchun belgilangan tartibda kredit foizlari hisoblanishi maʼlum boʻldi, deya qoʻshimcha qilinadi xabarda.
Ushbu holatlar inobatga olinib, AVO Bank AJga nisbatan reklama va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilgani natijasida belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllash yuzasidan qaror qabul qilindi.
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
VATANPARVARLIK RUHIDA
Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda
2025-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan hindistonliklar soni deyarli 50 foizga oʻsdi
2025-yilning yanvar-fevral oylarida Hindistondan Oʻzbekistonga 10,3 ming nafar turist tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Taʼkidlanishicha, mazkur koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 3,3 ming nafarga yoki 47,4 foizga koʻpni tashkil etmoqda.Turistlar tashrifi turli maqsadlarga asoslangan boʻlib, ularning eng koʻp qismi sayohat qilish uchun kelgan. Xususan, 5 ming 310 nafar Hindiston fuqarosi Oʻzbekistonga turizm maqsadida tashrif buyurgan. Bu e
Dollar kursi yana koʻtarila boshladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.