calendar 02 Apr 08:10
eye 27
comments 0
comments Manba: daryo

Dunyoda COVID-19 bilan kasallanish rekord darajada o‘sdi, pandemiya 2021-yilda tugamaydi, Isroilda COVID-bo‘limlar yopilyapti. Koronaxabarlar

image

So‘nggi bir kecha-kunduzda yuz bergan koronavirus bilan bog‘liq eng muhim xabarlar — “Daryo” koronadayjestida.

75 yoshdan oshganlarni Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlash Janubiy Koreyada boshlandi

Foto: EPA

Worldometers portali ma’lumotlariga ko‘ra, 1-aprel holatiga, o‘tgan bir kecha-kunduzda COVID-19’ga chalinish bilan bog‘liq 640 205 ta yangi holat qayd etilgan. Bu yanvardan buyon kuzatilgan rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Yangi holatlarning eng ko‘pi Braziliyada qayd etildi — u yerda bir kunda 89 200 kishida virus aniqlangan. Undan keyinda Hindiston (72 182) va AQSh (68 756) bormoqda. Fransiyada ham vaziyat xavotirli bo‘lib qolmoqda — u yerda bir kunda 40 ming kishi kasallangan.

Koronavirus pandemiyasi, aftidan, 2021-yilda tugamaydi, dedi Rossiya Iste’molchilar huquqlari himoyasi va inson farovonligi sohasidagi nazorat bo‘yicha federal xizmati Epidemiologiya ilmiy-tadqiqot markaziy instituti direktorining ilmiy ish bo‘yicha maslahatchisi Viktor Maleyev.

“Pandemiya, albatta, ertami-kechmi tugaydi, lekin shu yil deb o‘ylamayman, ammo Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti uning tugaganini e’lon qiladi”, — dedi Maleyev.

Shu bilan birga, koronavirus, uning so‘zlariga ko‘ra, mavsumiy xususiyatga ega, shu sababli yozda kasallanish darajasi pasayishi mumkin. Ayni vaqtda Yevropada kasallanish holatlari ko‘paymoqda, Afrikada va Osiyo mamlakatlarining ba’zilarida esa testdan o‘tkazish qamrovining kichikligi tufayli, vaziyat noma’lum bo‘lib turibdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, aholining 70 foizida koronavirusga qarshi immunitet paydo bo‘lganidan keyin, pandemiya pasaya boshlaydi.

Yanvarda JSST ekspertlari dunyoning turli mamlakatlarida ommaviy vaksinatsiya boshlangan bo‘lsa-da, 2021-yilda koronavirusga nisbatan jamoaviy immunitet shakllanmasligini ma’lum qilgandi.

Koronavirusga chalingan bemorlar kelib tushmayotgani uchun, Isroil kasalxonalarida COVID-bo‘limlar yopilmoqda. 30-mart kuni Rambam kasalxonasi birorta ham koronavirusga chalingan bemorni qabul qilmagan, bir oy avval esa bu yerga har kuni 15 nafardan bemor yotqizilar edi. Assuta va Meir kasalxonalarida ham shunga o‘xshash vaziyat kuzatilmoqda. Boshqa ba’zi shifoxonalarga koronavirusda gumon qilingan bir nafardan bemor kelib tushgan.

Isroilda eng ko‘p COVID-bemorlar yotgan, bir paytlar bir yo‘la 140 nafar bemor davolangan Hadassa kasalxonasi — Eyn-Kerem 30-mart kuni bor-yo‘g‘i uch nafar yangi bemorni qabul qilgan.

Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilishicha, mamlakatning barcha tibbiy markazlarida davolanayotgan og‘ir kasallar soni 400 ga yaqin. 25-yanvarda ularning soni 1100 dan oshardi. Bir oycha avval ba’zi bemorlar kasalxonaga yotish uchun soatlab navbat kutardi.

Ta’kidlanishicha, ushbu vaziyat Isroilda aholining ommaviy emlanishi bilan bog‘lanmoqda.

Shuningdek:

  • Britaniyada AstraZeneca vaksinasi bilan emlangandan keyin tromboz hosil bo‘lishi bilan bog‘liq 30 ta holat haqida xabar berildi. Mutaxassislar 24-martgacha kelib tushgan shunday hisobotlarni o‘rganib chiqdi. Ularning 22 tasi serebral venoz sinuslar trombozi bilan bog‘liq bo‘lib chiqdi. Pfizer-BioNTech vaksinasi bilan emlash vaqtida bunday holatlar haqida xabarlar kelib tushmagan.
  • Gruziyada COVID-19’ga qarshi emlashdan keyin nojo‘ya ta’sirlar yuz berishi bilan bog‘liq 27 ta holat aniqlandi. Mart o‘rtalaridan boshlab 3800 kishi emlangan bo‘lsa, shularning 27 nafarida ikkilamchi ta’sirlar yoki reaksiyalar kuzatilgan, to‘rtta holatda intensiv davolash, uchtasida — kasalxonaga yotqizish, ikkitasida — reanimatsiya choralari talab etilgan. Gruziyada aholi AstraZeneca va Pfizer vaksinalari bilan emlanmoqda.
  • Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko koronavirus infeksiyasiga qarshi mahalliy vaksina yaratish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, vaksinani ishlab chiqish bilan 2021—2023-yillarda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi va Belarus Milliy fanlar akademiyasi shug‘ullanadi.
  • Rossiyada esa dunyodagi birinchi kasallanib o‘tgan odamlar qoni plazmasi asosidagi koronavirusga nisbatan immunoglobulin ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ushbu “Kovid-globulin” dorisi organizmga kasallikni yengib o‘tishda yordam beradi va odam immunitetini mustaqil tarzda tezroq antitanalar ishlab chiqishga o‘rgatadi.
  • Afrikada koronavirusning yangi varianti aniqlandi, u o‘z ichiga 40 ta mutatsiyani olgan bo‘lishi mumkin. Yangi variant birinchi marta Angolaga kelgan Tanzaniya fuqarolarida qayd etilgan. Variant ayni paytda Janubiy Afrika Respublikasidagi laboratoriyalardan birida o‘rganilmoqda. Shuningdek, Afrika pandemiyaning uchinchi to‘lqini tomonga harakatlanib borayotgani aytilmoqda.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:04
 
25
0
xs.uz

Britaniya tanklari Kurskda, Dohada muzokaralar va Mahmud Abbos Turkiyada (+video)

Dohada nima gap?Dohadagi muzokaralar Gʻazoda qurbon boʻlgan falastinliklar soni 40 mingdan oshgani sababli mintaqaviy vaziyat kuchayishidan qoʻrquvlar fonida oʻtmoqda. Oq uy matbuot kotibi Jon Kirbi payshanba kuni Dohada Isroil, AQSH, Qatar va Misr rasmiylari ishtirokida muzokaralar olib borilayotganini maʼlum qilgan edi.AQSH va mintaqaviy rasmiylarning bildirishicha, Gʻazo boʻyicha yangi boshlangan oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar bugun ham davom etishi kutilmoqda.Muzokara

08 Sep 16:45
 
8
0
xs.uz

Pokrovskda vaziyat qanday? Zelenskiy Germaniyada

Ukraina harbiy qoʻmondoni Aleksandr Sirskiy Ukrainaning Kursk viloyatiga hujumini himoya qilib chiqdi. Rasmiylarning taʼkidlashicha, hujum Rossiyaning Pokrovsk shahriga intilishini sekinlashtirgan va bu strategiyaning bir qismidir. 'CNN'ga koʻra, Sirskiy Pokrovskni yoʻqotmaslik uchun hamma narsani qilmoqda. Qoʻmondonning qoʻshimcha qilishicha, dushman soʻnggi 6 kun ichida bir metr ham siljimagan. Kiyev Kurskning 1,300 kvadrat kilometr hududini nazorat qilayotgani aytilmoqda.Payshanba kuni

26 Jul 17:41
 
88
0
qalampir.uz

KXDR xakerlari kompaniyalardan maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashda ayblanmoqda

Shimoliy koreyalik xakerlar butun dunyo bo‘ylab kompaniyalardan maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashda ayblanmoqda. Bu haqda AQSH Milliy xavfsizlik agentligi, Buyuk Britaniya Milliy kiberxavfsizlik markazi va Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati qo‘shma hisobotida so‘z boradi. Bildirilishicha, Shimoliy Koreya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Andariel xakerlar guruhi (Apt45 nomi bilan ham tanilgan) tanklar, suvosti kemalari, jangovar samolyotlar, raketalar va radar tizimlari i

20 Sep 00:23
 
0
0
xs.uz

Eron AQSH va Isroilni HAMAS yetakchisi oʻlimi uchun oʻch olish muqarrarligi haqida ogohlantirdi

Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Honiyaning oʻldirilganiga vaqt oʻtgan boʻlsada Eronning AQSH va Isroildan qasos olishiga toʻsqinlik qilmasligini bildirdi. Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi bayonoti matni 'Tasnim' agentligi tomonidan taqdim etilgan.'Biz jinoyatchi AQSHni va uning mintaqadagi soxta qoʻgʻirchoq rejimini (Isroilni nazarda tutadi) ogohlantiramiz: xuddi biz 'Haqiqiy vaʼda'ni (operatsiya nomi) bajarganimizdek, vaqt oʻtishi ham Eronning niy