calendar 26 Jul 17:41
eye 85
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

KXDR xakerlari kompaniyalardan maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashda ayblanmoqda

image

Shimoliy koreyalik xakerlar butun dunyo bo‘ylab kompaniyalardan maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashda ayblanmoqda. Bu haqda AQSH Milliy xavfsizlik agentligi, Buyuk Britaniya Milliy kiberxavfsizlik markazi va Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati qo‘shma hisobotida so‘z boradi.

Bildirilishicha, Shimoliy Koreya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Andariel xakerlar guruhi (Apt45 nomi bilan ham tanilgan) tanklar, suvosti kemalari, jangovar samolyotlar, raketalar va radar tizimlari ishlab chiqaruvchilarining kompyuter tizimlariga hujum qilmoqda.

AQSH, Buyuk Britaniya va Janubiy Koreya davlat idoralarining ta’kidlashicha, Yaponiya va Hindistondagi turli sanoat tarmoqlari ham nishonga olingan. Qo‘shma bayonotga ko‘ra, Andariel kiberguruhi “AQSHdagi ayrim sog‘liqni saqlash tashkilotlariga qarshi to‘lov dasturi orqali josuslik faoliyatini moliyalashtiradi”.

AQSH Adliya vazirligi kiberguruh a’zosi bo‘lgan Shimoliy Koreya fuqarosi Rim Jong Xyokni AQSH tibbiyot muassasalariga kiberhujum uyushtirganlikda aybladi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya fuqarosi bu yerdan olingan to‘lovlardan foydalanib, butun dunyo bo‘ylab davlat idoralariga qarshi xakerlik faoliyatini amalga oshirgan.

Ayblov xulosasida aytilishicha, Rim Jung Xyuk va boshqa shimoliy koreyalik xakerlar AQSH harbiy-havo kuchlarining ikkita bazasi, NASA hamda Tayvan, Janubiy Koreya va Xitoydagi bir qancha tashkilotlar tizimlarini buzib kirishga uringan.

Qayd etilishicha, Rim Chen Xyukning joylashuvi yoki shaxsini aniqlovchi ma’lumot uchun 10 million dollargacha mukofot belgilagan.

2023 yil boshida BMT Shimoliy Koreya 2022 yilda o‘tgan yilga nisbatan ko‘proq raqamli pul o‘g‘irlaganini ma’lum qildi. Xalqaro kuzatuvchilarning aytishicha, o‘g‘irlangan mablag‘ Shimoliy Koreyaning sanksiyadagi yadroviy va raketa dasturlari uchun sarflanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH va Buyuk Britaniya Xitoyning APT31 xakerlar guruhini siyosiy arboblarga qarshi kiberjosuslikda ayblagandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
43
0
qalampir.uz

Tayvanga “Gaemi” tayfuni yopirildi. Qurbonlar bor

Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan Tayvan oroliga “Gaemi” tayfuni kelishi pasttekisliklarda ko‘chki va suv toshqini keltirib chiqardi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi. To‘fon Tinch okeanining g‘arbiy qismini qamrab olgan. Filippinda esa mavsumiy yomg‘irlarni kuchaytirgan. Tayvandagi davlat idoralari va maktablar ikki kunga yopildi. Rasmiylar odamlarni uyda va qirg‘oq chizig‘idan uzoqroqda qolishga ch

19 Aug 07:04
 
37
0
xs.uz

Kurskdagi vaziyat: Tahlilchilar nima demoqda?

Mahalliy Telegram kanallar Rossiyaning turli shaharlarida bepul turarjoy takliflarini ko'paytirdi va hukumat evakuatsiya qilinganlarga kompensatsiya sifatida bir martalik 100 AQSH dollaridan ko'proq mablag' taklif qilgan. Jiddiy shikastlanganlarga esa 6500 AQSH dollari berilishi aytilgan.Rossiya ommaviy axborot vositalari ukrainaliklarning muvaffaqiyatini beixtiyor tan oldi. 'Zelenskiy rejimi kuchli qadam tashladi, natijada biz uchun unchalik ma'qul bo'lmagan xulosa va oqibatlar olib keldi', deg

20 Jul 12:27
 
57
0
qalampir.uz

Zelenskiy ham Tramp bilan uchrashadi

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp kecha, 19 iyul kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social’dagi sahifasida yozdi. “Prezident Zelenskiy bilan bugun juda yaxshi telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi. Sizning keyingi prezidentingiz sifatida men dunyoga tinchlik o‘rnataman va ko‘plab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan va son-sanoqsiz begunoh oilalarni vayron qilgan urushga barham beraman. Har ikki tomon

26 Jul 21:26
 
105
0
qalampir.uz

AQSHda dunyodagi eng qudratli narkobaronlardan biri qo‘lga olindi

Dunyoning eng qudratli narkobaronlaridan biri, Meksikaning “Sinaloa” karteli rahbari, “El Mayo” laqabi bilan tanilgan Ismael Zambada kecha, 25 iyul kuni AQSH federal agentlari tomonidan Texas shtatining El-Paso shahrida hibsga olindi. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi xabar berdi. 76 yoshli Zambada bilan birga jinoiy tashkilot asoschilaridan biri, hozirda AQSH qamoqxonasida o‘tirgan Xoakin “El Chapo” Gusmanning o‘g‘li Xoakin Gusman Lopes ham hibsga oling