calendar 26 Jul 10:21
eye 32
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kamala Xarrisning AQSH prezidentligi saylovida gʻalaba qozonish imkoniyati oshdi

image
'Ipsos'ning 22 va 23-iyul kunlari oʻtkazgan soʻroviga koʻra, respondentlarning 44 foizi Xarrisni qoʻllab-quvvatlagan. 42 foizi esa AQSHning sobiq prezidenti, Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga ovoz berishga tayyorligini bildirgan.

'Bir qator bukmekerlik idoralarining fikricha, noyabr oyida vitse-prezident Kamala Xarrisning prezidentlikka saylanish ehtimoli soʻnggi 24 soat ichida sezilarli darajada oshgan', deyiladi manbada.

Maqolada aytilishicha, 'Bet365' bukmekerlik kompaniyasi soʻrovnoma eʼlon qilinishidan oldin Xarrisning gʻalaba qozonish ehtimolini 36,4 foizga baholagan. Ammo keyin bu koʻrsatkich 40 foizga koʻtarilgan. Tadqiqot natijalari eʼlon qilinishidan oldin AQSH vitse-prezidenti imkoniyatlarini 36,4 foiz, deb baholagan 'William Hill' kontorasi endi bu ehtimolni 42,1 foizga oshirgan. Soʻrovnomaga Xarrisning prezidentlikka saylanish imkoniyatini 38,1 foizga baholagan 'Sky Bet' endi bu koʻrsatkichni 42,1 foizga koʻtardi.

Oʻz navbatida, 'Polymarket' onlayn-servisi Trampning gʻalaba qozonish imkoniyatlarini amaldagi davlat rahbari Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqishini eʼlon qilganidan keyin 62 foizga baholagandi. Shu bilan birga, 22-iyuldan 24-iyulga qadar mamlakat vitse-prezidentining imkoniyatlari 30 dan 35 foizga oshirdi.

Bayden 21-iyul kuni ikkinchi muddatga saylanmasligini eʼlon qildi va saylovda vitse-prezident Kamala Xarris nomzodini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

AQSHda prezidentlik saylovlari 5-noyabrga belgilangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 08:45
 
87
0
qalampir.uz

Zelenskiy Rossiya bilan muzokara o‘tkazishga tayyor - CNN

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z xalqiga murojaat qilar ekan, ikki yildan ko‘proq vaqt oldin rasmiy Moskvaning keng miqyosli hujumlaridan beri birinchi marta Rossiya bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekaniga shama qildi. Bu haqda SNN yozmoqda. Zelenskiy Moskvaga joriy yilning noyabr oyida o‘tkazishga umid qilayotgan navbatdagi tinchlik sammitiga delegatsiya yuborishni taklif qildi. O‘tgan oy Shveysariyada bo‘lib o‘tgan avvalgi tinchlik konferensiyasiga Rossiya taklif

14 Aug 06:38
 
15
0
xs.uz

“Hizbulloh”ning zarbasi, Yaqin Sharqdagi shaylik va Zaporojyeda yongʻin (video)

AQSH Yaqin Sharqqa suvosti kemalarini joʻnatmoqdaAQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Yaqin Sharqqa atom suvosti kemasini joʻnatib, tezroq yetib borishga buyruq berdi. Shuningdek, u 'Abraham Lincoln' samolyotlar tashuvchi kemasini yoʻnaltirishni tezlashtirishga chaqirgan. Samolyot bortida F-35 va F/A-18 qiruvchi samolyotlari borligi maʼlum. Bu harakat HAMAS va 'Hizbulloh' yetakchilarining oʻldirilishidan soʻng Eronning javobidan xavotirlar fonida amalga oshirildi.Avvalroq Pentagon Isroilni himo

14 Aug 06:38
 
23
0
xs.uz

Zaporojedagi yongʻinda kim aybdor?

Shu yilning 11-avgust kuni Zaporoje atom elektr stansiyasida yuz bergan yongʻin sababli Ukraina hamda Rossiya bir-birini ayblamoqda.Kreml tomoni bunga Ukraina oʻqlari sabab boʻlganini aytdi. BMTning yadroviy nazorati tashkiloti obyektdan kuchli qora tutun chiqayotgani, ammo yadroviy xavfsizlikka hech qanday taʼsir koʻrsatmaganini aytdi.Voqea Ukraina qoʻshinlari Rossiya ichkarisiga 30 kmgacha ilgarilab ketgan bir paytda roʻy berdi. Zelenskiy radiatsiya koʻtarilishi yoki yadro sizib chiqis

19 Jul 12:55
 
97
0
xs.uz

Dunyo boʻylab banklar va aviakompaniyalar ishida uzilishlar kuzatildi

AQSH, Germaniya, Avstraliya va boshqa mamlakatlarda global texnik nosozlik qayd etildi. Buning oqibatida aloqa operatorlari, banklar va aviakompaniyalar katta zarar koʻrdi.'ABC' telekanali maʼlumotlariga koʻra, Avstraliyadagi texnik nosozlik bugungi kunda butun dunyo boʻylab kompaniya va muassasalar oldida turgan texnik muammolarning bir qismidir.Manbada aytilishicha, muammo AQSHning 'CrowdStrike' kiberxavfsizlik firmasi bilan bogʻliq. Avstraliyada bu 'Microsoft' noutbuklari bilan bogʻliq