Dunyo boʻylab banklar va aviakompaniyalar ishida uzilishlar kuzatildi

'ABC' telekanali maʼlumotlariga koʻra, Avstraliyadagi texnik nosozlik bugungi kunda butun dunyo boʻylab kompaniya va muassasalar oldida turgan texnik muammolarning bir qismidir.
Manbada aytilishicha, muammo AQSHning 'CrowdStrike' kiberxavfsizlik firmasi bilan bogʻliq. Avstraliyada bu 'Microsoft' noutbuklari bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqardi. Koʻplab qurilmalar tasodifiy qayta ishga tushirildi va koʻk ekranda xato xabari koʻrsatildi.
'Global uzilish koʻplab avstraliyalik biznes va davlat idoralariga taʼsir qildi. Uzilish aloqa operatorlari, media veb-saytlari, banklar va aviakompaniyalarga, shuningdek, serverlarga ham taʼsir koʻrsatdi', deyiladi telekompaniya xabarida. Qayd etilishicha, muammo ushbu telekanalni ham chetlab oʻtmagan.
Avstraliyaning 'WA Today' gazetasining yozishicha, nosozlikdan toʻlov tizimlari, jumladan, 'Apple Pay' ham zarar koʻrgan.
Texnik uzilishlar sabab AQSHning 'Delta', 'United Airlines' va 'American Airlines' kabi yirik aviakompaniyalari barcha reyslarni bekor qildi.
Berlin xalqaro aeroportida maʼlum muddatga faoliyatini toʻxtatdi.
'ABC' maʼlumotlariga koʻra, nosozlik 'CrowdStrike' tomonidan shu hafta boshida chiqarilgan dasturiy taʼminot yangilanishi tufayli yuzaga kelgan.
Ukraina Germaniyadan qanday yordam olmoqda?
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Berlinga qilgan tashrifi matbuot anjumani bilan yakunlandi. Tashrif davomida harbiy yordam masalasiga oid aniq maʼlumotlar berilmadi. Faqatgina Germaniya kansleri Fridrix Mers Germaniyaning Ukraina hududini 'Starlink' tizimi bilan qamrab olishga qaratilgan dasturni moliyalashtirishda muhim rol oʻynashini taʼkidladi.Ayni paytda mazkur xarajatlarning asosiy qismi Polsha tomonidan qoplangan. Polsha 90 million yevro miqdorida mablagʻ ajratib, Ukrainaga 2
Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi
Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Tashrif doirasida Kiyevni qoʻllab-quvvatlash masalalari va Rossiya bilan sulh tuzish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Zelenskiy shuningdek Germaniya prezidenti Frank'Valter Shtaynmayer bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.Berlinga kelgan Ukraina delegatsiyasi tarkibida prezident idorasi rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va mudofaa vaziri Rustem Umerov ham bor. Vladimir Zel
“Xiaomi”ning “SU7 Ultra” elektromobili noroziliklarga sabab boʻldi
'Xiaomi' kompaniyasining 'SU7 Ultra' mashinalari ustidan bir nechta mijozlar shikoyat qilishgan. Bu haqda 'CarNewsChina' nashri xabar qildi.Norozilikka eʼlonlarda funksionalligi aytilgan karbon tolali mashina kapotining faqat dekoratsiya vazifasini bajarayotgani sabab boʻlgan.7-may kunida esa kompaniya oʻzining marketing xabarlaridagi chalkashlikni tan olib, uzr soʻradi. 'Xiaomi' uglerod tolali kapot birinchi navbatda avtomobil koʻrinishida oʻzgarish yasash va qisman havo oqimi yoʻnalishi
AQSH armiyasining 250 yilligi keng miqyosdagi harbiy parad bilan nishonlandi
14-iyun kuni AQSH poytaxti Vashington shahrida Amerika armiyasining 250 yilligi munosabati bilan keng koʻlamli harbiy parad tashkil etildi. Ushbu tantanali tadbir mamlakat prezidenti Donald Trampning 79-yillik tugʻilgan kuni bilan bir vaqtda boʻlib oʻtdi. Prezident Tramp va uning rafiqasi Melaniya paradga shaxsan tashrif buyurib, tadbirni tribuna orqali kuzatdi hamda nutq soʻzladi.Mahalliy OAV xabarlariga koʻra, paradda 6600 nafarga yaqin harbiy xizmatchi, 50 ta harbiy vertolyot va 'M1 Abr