calendar 11 Aug 03:44
eye 29
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tadqiqotchilar ofis xodimlari oʻrtasida surunkali kasalliklar xavfini kamaytirish boʻyicha tavsiya berdi

image
Kamharakat turmush tarzi ' koʻplab kasalliklar omili. Asosiy vaqti ish stolida, kompyuter qarshisida oʻtadigan xodimlar bundan koʻp aziyat chekishi maʼlum.

AQSH olimlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot ayni shu mavzuga bagʻishlandi. Unga 6300 nafardan ortiq ishtirokchi jalb qilindi. Oʻrganish davomida ofis xodimlari oʻrtasida surunkali kasalliklar va erta oʻlim xavfini kamaytirish yoʻllari tadqiq etildi.

Maʼlum boʻlishicha, kuniga sakkiz soatdan koʻproq vaqt kompyuterda davomli oʻtirib ishlash bevaqt oʻlim xavfini 80 foizga oshiradi.

Ammo muammoning oson va samarali yechimi bor: jismoniy faollik darajasini oshirish orqali erta oʻlim ehtimolini 20 foizga, yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini esa 11 foizga kamaytirish mumkin.

Olimlar tavsiyasiga koʻra, buning uchun haftasiga kamida 140 daqiqa yengil jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanish zarur. Masalan, shuncha vaqtni yuqori maromda piyoda yurish yoki yoga mashqlariga sarflash yaxshi natija beradi.

Yoxud hafta davomida 75 daqiqa oʻrtacha intensivlikda suzish, yugurish, futbol va basketbol oʻynash ham foydali.

Mashgʻulotlarni har bir odam oʻz qiziqishi, salomatlik koʻrsatkichi va imkoniyatidan kelib chiqib tanlashi mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 19:41
 
79
0
qalampir.uz

Zelenskiy Britaniya hukumati yig‘ilishida ishtirok etdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy so‘nggi 27 yil ichida Britaniya Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida ishtirok etgan birinchi xorijiy davlat yetakchisi bo‘ldi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi. Aytilishicha, Zelenskiy hozirda o‘z hukumatining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazayotgan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer qarorgohida. Bunday voqea oxirgi marta 1997 yilda sodir bo‘lgan. O‘shanda AQSH Prezidenti Bill Klinton Britaniya vazirlari bilan birga rezide

27 Jul 20:30
 
71
0
qalampir.uz

AQSH husiylarning 6 ta dronini yo‘q qildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Yaman husiylarining oltita dronini yo‘q qildi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.  Bildirilishicha, so‘nggi 24 soat ichida AQSH kuchlari Yaman qirg‘oqlari yaqinida uchta uchuvchisiz yerusti apparatini yo‘q qildi.  “Yo‘q qilingan qurollar mintaqadagi tijorat kemalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf tug‘diradi”, deya qayd etadi CENTCOM.

19 Jul 17:50
 
57
0
qalampir.uz

Turkmanistonda birdaniga 3 milliard IP-manzil, xosting va CDN blokdan chiqarildi

Joriy yil iyul oyining birinchi kunlaridan boshlab Turkmanistonda internet blokirovkasi misli ko‘rilmagan darajada yengillashdi. Bu haqda “Turkmen.news” xabar berdi. Mamlakatning turli mintaqalaridagi foydalanuvchilar barcha xosting, kontent yetkazib berish tarmoqlari (CDN) va IP-manzillarning quyi tarmoqlari, “Turkmentelekom” va Ashxobod shahar telefon tarmog‘i provayderlaridan foydalanish mumkinligini aytmoqda. Shunday qilib, 3 milliard IP'ga kirish tiklandi.

22 Jul 09:11
 
51
0
qalampir.uz

Bayden prezidentlik poygasidan chiqdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden bugun, 21 iyul kuni prezidentlik poygasidan chiqishini e’lon qildi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. “So‘nggi uch yarim yil ichida biz millat sifatida katta yutuqlarga erishdik. Bugungi kunda Amerika dunyodagi eng kuchli iqtisodiyotga ega. Biz millatimizni tiklash, keksalar uchun dori-darmonlar narxini pasaytirish va rekord darajadagi amerikaliklar uchun arzon tibbiy xizmatni kengaytirishga tarixiy sarmoya kiritdik.