calendar 20 Sep 00:23
eye 2
comments 0
comments Manba: xs.uz

Eron AQSH va Isroilni HAMAS yetakchisi oʻlimi uchun oʻch olish muqarrarligi haqida ogohlantirdi

image


Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Honiyaning oʻldirilganiga vaqt oʻtgan boʻlsada Eronning AQSH va Isroildan qasos olishiga toʻsqinlik qilmasligini bildirdi. Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi bayonoti matni 'Tasnim' agentligi tomonidan taqdim etilgan.

'Biz jinoyatchi AQSHni va uning mintaqadagi soxta qoʻgʻirchoq rejimini (Isroilni nazarda tutadi) ogohlantiramiz: xuddi biz 'Haqiqiy vaʼda'ni (operatsiya nomi) bajarganimizdek, vaqt oʻtishi ham Eronning niyatiga toʻsqinlik qilmaydi. Eron Ismoil Honiyaning qoʻrqoqlarcha oʻldirilishi oqibatida toʻkilgan qon uchun qasos olishga majburdir', ' deyiladi Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi bayonotida.

Shu yilning iyul oyi oxirida Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Honiya Eronning yangi prezidenti inauguratsiyasi marosimida ishtirok etish uchun Tehronga kelganida u joylashgan qarorgohga uyushtirilgan hujum oqibatida halok boʻlgan edi. Harakat Honiyaning oʻlimida Isroil va AQSHni aybladi va hujum javobsiz qolmasligini bildirdi.

Isroil rasmiylari Honiyaning oʻldirilishi boʻyicha hech qanday izoh bermadi. Keyinroq AQSHning BMTdagi doimiy vakili oʻrinbosari Robert Vudning HAMAS yetakchisining oʻlimiga AQSHning aloqasi yoʻqligini aytdi.

Shu yilning 31-iyul kuni kechqurun Amerikaning 'New York Times' gazetasi oʻz manbalarga tayanib, Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy Tehronda Honiyaning oʻldirilishiga javoban Isroilga toʻgʻridan-toʻgʻri zarba berishga buyruq berganini daʼvo qildi.

Keyinroq Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Irvani BMT Xavfsizlik Kengashi yigʻilishida Tehron xalqaro qonunlarga rioya qilgan holda, zarur deb hisoblaganda Honiyaning oʻldirilishiga javob qaytarish uchun oʻzini himoya qilish huquqini saqlab qolishini aytdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
40
0
xs.uz

Folklend orollari yaqinida kema choʻkib ketdi. Qurbonlar bor

Folklend orollari yaqinida Norvegiyaning 'Argos Georgia' baliqchi kemasi choʻkib ketishi oqibatida uch nafar Rossiya fuqarosi halok boʻldi. Bu haqda 'RIA Novosti' agentligiga Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.'Folklend qirgʻoq qoʻriqlash xizmati va kema egasining maʼlumotlariga koʻra, bortda sakkiz nafar rossiyalik boʻlgan. Ulardan toʻrt nafari omon qolgan, uch nafari halok boʻlgan, bir nafari bedarak yoʻqolganlar roʻyxatiga kiritilgan', ' de

23 Jul 10:39
 
66
0
xs.uz

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri mamlakat armiyasidagi jiddiy muammolar haqida maʼlum qildi

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili mamlakat qurolli kuchlari qator jiddiy muammolarga duch kelayotganini aytdi.Shu oʻrinda u quruqlik, dengiz va havo kuchlari qiyinchiliklarga duch kelayotganini alohida taʼkidladi.Vazirning aytishicha, hozir armiyada kuchning kamayishi, behuda xaridlar, past maʼnaviyat, ishga olish va ushlab turish inqirozi hamda faxriylar oʻzlari munosib xizmatlardan foydalana olmasligi kabi muammolar mavjud.Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatda yangi leyboristlar hukum

11 Aug 03:44
 
26
0
xs.uz

Yevropaning Ukrainaga “sovgʻa”si, Gʻazodagi urush va kelishuvga umid (+video)

Vositachilar Isroil va HAMASni oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirmoqdaQatar, Misr hamda Qoʻshma Shtatlar Isroil va HAMASni Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarni qayta boshlashga chaqirdi. Chunki Isroilning davom etayotgan bombardimonlari 40 mingga yaqin falastinlikning hayotiga zomin boʻldi.Payshanba kuni eʼlon qilingan qoʻshma bayonotda uch davlat Isroil va HAMASni Doha yoki Qohirada shoshilinch muhokamani qayta boshlashga va kechiktirmasdan bitimni amalga oshir

29 Jul 09:58
 
61
0
qalampir.uz

Orban YeIning yo‘q bo‘lib ketishidan ogohlantirdi

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Ukraina kuchli davlatligi, shunday bo‘lsada, u Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda u kecha, 27 iyul kuni Ruminiyaning markaziy qismi – Beile-Tushnaddagi etnik vengerlar oldida so‘zlagan nutqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u Yevropa Ittifoqining yo‘q bo‘lib ketishidan ogohlantirdi va G‘arbga qarshi nutqida AQSHda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Respublikachilar nomzodi Donald Trampn