calendar 02 Apr 06:20
eye 25
comments 0
comments Manba: zamin

O'zbekistonda vaktsinatsiyaning birinchi kunida qancha fuqaro emlangani maʻlum qilindi

image
Vaktsinatsiyaning ilk kunidayoq Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida jami 5 018 nafar fuqaro ixtiyoriy ravishda emlandi. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Foto: SSV matbuot xizmati
Vaktsinatsiyaning ilk bosqichida 65 yosh va undan oshgan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari emlanishi ko'zda tutilgan.
1 aprel holatiga ko'ra, 1871 nafar 65 yoshdan yuqori fuqaro va 3147 nafar tibbiyot xodimi emlandi.

Vaktsinatsiya bo'yicha kunlik hisobda Toshkent shahridan 1651 nafar fuqaro emlanib, hududlar bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich qayd etilgan.

Emlash ko'rsatkichlari bo'yicha keyingi o'rinlarni Farg'ona viloyati (467 nafar), Qashqadaryo viloyati (389 nafar), Toshkent viloyati (317 nafar) band qildi.

Aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1 apreldan boshlandi. O'zbekistonda bugungi kunda 1 million 660 ming doza vaktsina bor. Ularning 660 ming dozasi COVAX jamg'armasi tomonidan olib kelingan AstraZeneca vaktsinasi, 1 million dozasi — O'zbekiston—Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaktsinasi.

Aholini ushbu vaktsinalar bilan emlash bir paytning o'zida amalga oshiriladi. Bunda emlanuvchi birinchi emlanishni qaysi vaktsina bilan boshlasa, ikkinchisini ham aynan o'sha vaktsina bilan yakunlaydi. AstraZeneca vaktsinasi bilan 2 marotaba, ZF-UZ-VAC 2001 vaktsinasi bilan 3 marotaba emlash ko'zda tutilmoqda. Yaʻni vaktsinatsiya ikki xil vaktsinada ikki xil amalga oshiriladi. Shuningdek, O'zbekistonda xususiy klinikalarga COVID-19’ga qarshi pulli emlash o'tkazishga ruxsat beriladi. To'liq emlash kursini tamomlagan fuqarolarga QR-kodli sertifikat beriladi.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 14:58
 
81
0
qalampir.uz

Narkotik va psixotrop moddalar aylanmasi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi (video)

Qator viloyatlarda Qirg‘izistondan olib kelingan psixotrop moddalar va Tojikistondan olib kirilgan narkotik moddalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, DXXning Sirdaryo viloyati bo‘limi boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Oqoltin tumanidagi Sardoba yo‘l patrul xizmati maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent-Jizzax yo‘nalishida harakatlanayotgan Jizzax vilo

29 Jul 12:54
 
57
0
qalampir.uz

Keyingi yildan yoshga doir pensiyalar avtomatik tarzda tayinlanadi

2025 yil 1 martdan boshlab pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiyalar avtomatik tarzda, ya’ni hech qanday hujjat talab etmagan holda va fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi. Qayd etilishicha, fuqaroning shaxsiga oid barcha ma’lumotlar vazirlik va idoralarning elektron bazalaridan olinadi. Pensiya ta’minoti tizimiga axborot texnologiyalarini faol joriy qilish orqali fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bosqichma-bosqich interaktiv va

26 Jul 10:20
 
38
0
xs.uz

Sud “Navoiyazot”ning Raqobat qoʻmitasi qarori ustidan shikoyatini rad etdi

Qoʻmita tomonidan mineral oʻgʻitlar bozorida ustun mavqega ega boʻlgan 'Navoiyazot' AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolari orqali realizatsiya qilinishida narx manipulyatsiyalari holatlari aniqlangandi.'Navoiyazot' AJ tomonidan mazkur qaror va koʻrsatma ustidan Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudiga shikoyat qilingan boʻlib, mazkur qaror va koʻrsatmani haqiqiy emas deb topish soʻralgan.Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining 2024-yil

26 Jul 10:20
 
47
0
qalampir.uz

Tataristonda mast o‘zbekistonlik plyajda cho‘milaman deb cho‘kib ketdi

Tataristonda mast o‘zbekistonlik erkak shahar plyajining taqiqlangan hududida cho‘milib, cho‘kib ketdi. Bu haqda “Tatarstan24” xabar berdi. Qayd etilishicha, hodisa Nijnekamsk shahrining “Kama” plyajida sodir bo‘lgan. 7 iyuldan boshlab plyajdagi suv sifatsiz deb topilgani uchun u yopilgan, biroq taqiqlarga qaramay erkak suvga sho‘ng‘igan va qaytib chiqmagan. “Erkakning jasadini qidirish davom etmoqda. G‘avvoslar o‘zbekistonlikni taxminan 8 me