calendar 29 Jul 12:54
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Keyingi yildan yoshga doir pensiyalar avtomatik tarzda tayinlanadi

image

2025 yil 1 martdan boshlab pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiyalar avtomatik tarzda, ya’ni hech qanday hujjat talab etmagan holda va fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaroning shaxsiga oid barcha ma’lumotlar vazirlik va idoralarning elektron bazalaridan olinadi. Pensiya ta’minoti tizimiga axborot texnologiyalarini faol joriy qilish orqali fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bosqichma-bosqich interaktiv va proaktiv shaklga o‘tkaziladi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolarga pensiya tayinlashni so‘rab qo‘shimcha ravishda Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali onlayn murojaat qilish huquqi berildi.

Bu orqali:

  • Birinchidan, fuqarolardan pensiya tayinlash uchun qo‘shimcha hujjatlar yig‘ish uchun Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmasiga murojaat qilish talab etilmaydi.
  • Ikkinchidan, pensiya yoshiga yetgan fuqaroga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida pensiya tayinlash haqida qaror qabul qilinganida uning telefon raqamiga “pensiya tayinlanganligi va uning miqdori” to‘g‘risida ma’lumot yuboriladi.

Shuningdek, pensiyaga chiqmasdan ish faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan yoki pensiya miqdoridan norozi bo‘lgan fuqarolarga avtomatik tayinlangan pensiyani rad etish huquqi berilmoqda.

Bildirilishicha, fuqaro pensiya tayinlanganidan, pensiya miqdoridan yoki pensiya tayinlanishi rad etilganidan norozi bo‘lgan taqdirda Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga tegishli tartibda ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

O‘ralova Charos


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
31
0
xs.uz

Samarqandda turizm geografiyasini kengaytirish: istiqbol va imkoniyatlar

Samarqand uzoq yillar davomida tarixiy shahar sifatida sayyohlarni jalb etgan boʻlsa, endilikda turizmning boshqa yoʻnalishlari, xususan, ekoturizmni rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratilyapti.Joriy yil boshida Prezident qarori asosida Samarqand tumanida 'Ohalik ' Oqboʻyro ' Mironqul' turistik-rekreatsion zonasini tashkil etishga kirishildi. Hozirgi vaqtda tumandagi uchta hududda yirik qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, 73 million dollarlik 130 ta birlamchi loyiha shak

27 Jul 22:40
 
103
0
qalampir.uz

5 kishini o‘ldirgan shaxs ushlandi. Qotillikka qarz sabab bo‘lgan

Avvalroq, Toshkent viloyatida bir oilaning barcha  a’zolari o‘ldirilib, uyiga o‘t qo‘yilgani haqida  xabar berilgandi. Ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxs protsessual tartibda ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi. Bildirilishicha, Yangiyo‘l tumanida 5 nafar shaxsni qasddan o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs protsessual tartibda ushlangan.  Olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshdagi gumo

08 Sep 16:44
 
8
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 7-sentyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 24-26 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo

24 Aug 17:26
 
16
0
xs.uz

OAV vakillari bilan uchrashuvda Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari oʻtkazilgan muzokaralar yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi

Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstona munosabatlarni rivojlantirishda tarixiy voqea boʻlganini katta mamnuniyat bilan taʼkidladi.Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrifning asosiy natijalaridan biri sifatida Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani alohida qayd etdi. Bu, Oʻzbekiston yetakchisi taʼkidlaganidek, davlatlararo hamkorlikni mustahkamlashda yangi sahifa ochilganini anglatadi va tomon