calendar 24 Aug 17:26
eye 54
comments 0
comments Manba: xs.uz

OAV vakillari bilan uchrashuvda Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari oʻtkazilgan muzokaralar yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi

image
Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstona munosabatlarni rivojlantirishda tarixiy voqea boʻlganini katta mamnuniyat bilan taʼkidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrifning asosiy natijalaridan biri sifatida Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani alohida qayd etdi. Bu, Oʻzbekiston yetakchisi taʼkidlaganidek, davlatlararo hamkorlikni mustahkamlashda yangi sahifa ochilganini anglatadi va tomonlarning koʻp qirrali sheriklikni har taraflama rivojlantirishga qatʼiy sodiqligini tasdiqlaydi.

Tashrif davomida ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish boʻyicha yangi takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirishning samarali mexanizmi boʻlishi koʻzda tutilgan Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi ham boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Prezidenti yil boshidan buyon Hukumatlararo komissiya majlislari, siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha maslahatlashuvlar, parlament aʼzolari uchrashuvlari, hududlar forumi, shuningdek, bir qator madaniy va ishbilarmonlik tadbirlari oʻtkazilgani ushbu sammit muvaffaqiyatining poydevori boʻlganiga eʼtibor qaratdi.

Oʻzbekiston qardosh Ozarbayjonning ulkan yutuqlaridan xursand.

Davlatimiz rahbari qardosh mamlakatda iqtisodiyot, sanoat jadal rivojlanib, aholi turmush darajasi yaxshilanayotganini taʼkidladi. Ilhom Aliyevni Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi tiklangani va azaliy ozarbayjon yerlari qaytarilgani bilan yana bir bor muborakbod etdi.

Ijtimoiy infratuzilma va ishlab chiqarish obyektlari faol qurilayotgan Qorabogʻ qayta tiklanayotganiga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻzbekiston Ozarbayjonni bu olijanob ishda bundan buyon ham qoʻllab-quvvatlashga tayyor.

'Ozarbayjon bizning muhim strategik hamkorimiz va ittifoqchimizdir. Bizni mushtarak tarixiy ildizlarimiz va koʻp asrlik doʻstligimiz, yagona din, oʻxshash madaniyat va anʼanalar bogʻlab turadi. Bularning barchasi har tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish uchun ishonchli poydevor boʻlib xizmat qilmoqda', dedi Oʻzbekiston rahbari.

Muzokaralar chogʻida Prezidentlar koʻp qirrali munosabatlarning barcha yoʻnalishlarini, jumladan, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, qishloq xoʻjaligi va madaniyat sohalarini muhokama qildilar.

Tomonlar siyosiy muloqotni mustahkamlash, koʻp tomonlama platformalarda oʻzaro qoʻllab-quvvatlash, parlamentlar, hukumatlar, tarmoq idoralari va hududlar darajasida faol aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Barqaror oʻsish surʼatlarini namoyon etayotgan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish muhimligi taʼkidlandi. Shu munosabat bilan kelgusi yilni Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi iqtisodiy kooperatsiya yili deb eʼlon qilish hamda 20 ta asosiy yoʻnalish boʻyicha dastur qabul qilishga ahdlashildi.

Kuni kecha biznes forumi samarali oʻtgani, unda oʻnlab shartnoma va bitimlar imzolangani qayd etildi. Ushbu kelishuvlar doirasida mehmonxona, toʻqimachilik klasterlari, tikuvchilik fabrikasini barpo etish, qurilish materiallarini ishlab chiqarish kabi muhim loyihalar amalga oshiriladi.

Uchinchi mamlakatlardagi istiqbolli loyihalarda birgalikda ishtirok etish boʻyicha ishlanmalar mavjudligi aytildi. Shu maʼnoda, bunday loyihalarni ilgari surish maqsadida tashkil etilgan qoʻshma investitsiya kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani taʼkidlandi.

Transport bogʻliqligini, shu jumladan Transkaspiy yoʻlagini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Yetakchilar 'yashil' energiya ishlab chiqarish va uni Ozarbayjon orqali Yevropa mamlakatlariga eksport qilish boʻyicha keng koʻlamli mintaqaviy loyihani amalga oshirishni tezlashtirishga kelishib oldilar.

Hududlar oʻrtasidagi aloqalarni faollashtirish maqsadida bu boʻyicha 'yoʻl xaritasi' qabul qilinadi, shuningdek, Qoʻqon shahrida navbatdagi hududlar forumi oʻtkaziladi.

Davlat rahbarlari madaniyat, yoshlar va axborot siyosati, ilm-fan, taʼlim va sport sohalarida muloqot va almashinuvlarni kengaytirishga kelishib oldilar.

Mamlakatlarimizda har yili oʻzaro madaniyat va kino kunlarini, ijodiy jamoalarning koʻrgazma va safarlarini oʻtkazish anʼanasi endilikda nafaqat poytaxtlarda, balki aholining asosiy qismi istiqomat qilayotgan hududlarda ham davom ettiriladi.

Estrada sanʼatining afsonaviy yulduzlari Farruh Zokirov va Poʻlat Bulbul oʻgʻlining yuksak xizmatlari eʼtirofi sifatida Prezidentlar ularga ikki mamlakatning 'xalq artisti' faxriy unvonlarini berishga qaror qildilar.

Yakunda davlatimiz rahbari ozarbayjonlik hamkasbiga taklif va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorlik izhor etdi. Samarali muzokaralar natijalari Oʻzbekiston-Ozarbayjon aloqalarini yanada rivojlantirishga kuchli turtki berishiga hamda qardosh mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstlik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Feb 00:20
 
32
0
xs.uz

19-fevral kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq boʻladiQoraqalpogʻiston'Respublikasi,'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatlarida hav

06 Mar 16:12
 
13
0
xs.uz

Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish ofisi tashkil etiladi

Qarorga ko'ra, Milliy statistika qo'mitasi tuzilmasida 'Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish' ofisi tashkil etiladi.' Transformatsiya ofisi quyidagi ustuvor yo'nalishlarda yangi mexanizmlarni joriy qilishga mas'ul etib belgilandi, jumladan:' ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur bo'lgan statistik ma'lumotlarni, shu jumladan, aholi daromadlari va ularning manbalarini baholash uslubiyotini takomillashtirish;' mikro darajada kuzatuvlarni amalga oshirish va statistik ko'rsatkichl

28 Feb 01:17
 
20
0
xs.uz

Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi

Bugun, 27-fevral kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida tormozi ishlamay qolgan yoʻlovchi avtobusi yoʻl chetidagi daraxtga borib urildi. Poytaxt hokimligi matbuot xizmati hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, masʼul tuzilmalar xodimlari holatni oʻrgangan. Aniqlanishicha, hodisa avtobusning yurish qismidagi texnik nosozlik sababli yuzaga kelgan.Maʼlumotlarga koʻra, voqea joyiga tezkor ravishda qutqaruv xizmatlari va tez tibbiy yordam brigadalari yetib kelgan. Hodisa

26 Feb 17:04
 
30
0
xs.uz

Toshkent viloyatida 2,8 milliard soʻmlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari musodara qilindi

Toshkent viloyatida dori savdosi bilan noqonuniy shugʻullangan shaxslar fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tumani boʻlimi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdorda noqonuniy dori vositalari musodara qilindi.Tadbir davomida fuqarolar A.A. va K.T. xorijda ishlab chiqarilgan 5 ming quti 'Neofagen' nomli dori vositasini fuqaro G.B.ga 45 ming AQSH dollariga noqonuniy sotishga uringan vaqtida ashyoviy dalill