AQSh elchixonasi Bobomurod Abdullayev bilan bog'liq vaziyatni yaqindan kuzatayotganini maʻlum qildi

Avvalroq, jurnalist Bobomurod Abdullayev O'zbekiston so'rovi bilan Qirg'izistonda hibsga olingani haqida xabar bergan edik. O'zbekiston Bosh prokuraturasi bergan maʻlumotga ko'ra, uni O'zbekistonga ekstraditsiya qilish masalasi ko'rilyapti.
«24.kg»ning aniqlik kiritishicha, Bishkekdagi Pervomaysk tuman sudi 10 avgustda Abdullayevni 8 sentyabrgacha qamoqda saqlash yuzasidan qaror qabul qilgan.
Jurnalistning O'zbekistonda qanday jinoyat yoki huquqbuzarlikni amalga oshirgani borasida rasmiy maʻlumotlar mavjud emas.
11 avgustda Nyu-Yorkdagi Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi (CPJ) Qirg'iziston hukumatiga Bobomurod Abdullayevni ozod qilish va uning erkin ishlashiga shaorit yaratish yuzasidan murojaat yo'llagan.
Amnesty International Inson huquqlari bo'yicha xalqaro birlashmasi (IPHR), Freedom House va yana boshqa huquq himoyachilari tashkilotlari Qirg'iziston hukumatiga Bobomurod Abdullayevni ekstraditsiya qilmaslik yuzasidan qo'shma bayonot yuborgan.
Shuningdek, AQShning O'zbekistondagi elchisi Daniyel Rozenblum Qirg'izistonda jurnalist Bobomurod Abdullayev hibsga olingani yuzasidan chuqur xavotirini bildirdi.
Elchi Rozenblum AQSh elchixonasi vaziyatni yaqindan kuzatayotganini maʻlum qilgan.
3/3 Further regarding Mr. Abdullaеv: Pres Mirziёеv spoke eloquently about media freedom and journalists’ rights in his Constitution Day speeч last December, and many times since. The U.S. agrees that a free and independent media is indispensable to a functioning democracy.
— U.S. Ambassador to Uzbekistan (@UsAmbUzbekistan) August 13, 2020
«Qirg'iziston va O'zbekiston hukumatlari Abdullayevning erkin harakat qilish huquqini hurmat qilishi lozim. U Qirg'izistondan o'zi istagan tomonga keta olishi kerak.
Prezident Mirziyoyev o'tgan dekabrda Konstitutsiya kuni munosabati bilan so'zlaganida va boshqa paytlarda ham matbuot erkinligi va jurnalistlarning huquqlari haqida chuqur mohiyatli so'zlar aytgan. AQSh bu bayonotlarni olqishlagan, chunki demokratik tuzum erkin va mustaqil matbuotsiz faoliyat yurita olmaydi» - deydi elchi Rozenblum.
AQSh Davlat departamenti ham tvit orqali Toshkentdagi elchining chaqirig'iga qo'shilib, O'zbekiston va Qirg'izistonni Abdullayevning fundamental huquqlarini eʻzozlashga undadi. Har ikki davlat erkinlik borasida xalqaro majburiyatlarini unutmasligi lozim, deyiladi tvitda.
Freedom of speeч & movement are fundamental human rights, essential to any functioning democracy. We urge the Govts of Uzbekistan & the Kyrgyz Republic to uphold their commitments & defend these rights for Uzbekistani journalist Bobomurod Abdullaеv, recently detained in Biшkek https://t.co/79ZnGCNhvO
— State_SCA (@State_SCA) August 13, 2020
“Oʻzbekneftgaz” AJ 850 million AQSH dollarlik xalqaro obligatsiyalarni chiqardi
2025-yil 30-aprel kuni 'Oʻzbekneftgaz' aksiyadorlik jamiyati xalqaro kapital qarz bozoriga muvaffaqiyatli tarzda qaytib, 5-yil muddatli, 144A/RegS formatidagi katta nominalli xalqaro obligatsiyalarni chiqardi.Obligatsiyalar chiqarilishi xalqaro miqyosda yuqori qiziqish bilan qarshi olindi. Jumladan, Buyuk Britaniya, AQSH, Yevropa, Shveysariya va Osiyo mamlakatlaridagi fond boshqaruvchilari, banklar, xususiy banklar, pensiya jamgʻarmalari va sugʻurta kompaniyalari singari yirik institutsional
Oʻzbekiston dunyoga deyarli 20 million AQSH dollarlik karam sotdi
2025-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston tomonidan xorijga 55,4 ming tonna karam mahsuloti eksport qilingani maʼlum qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Qayd etilishicha, eksport qilingan karamning umumiy qiymati 19,6 million AQSH dollarini tashkil etgan.Oʻzbekiston ushbu davr mobaynida asosan qoʻshni davlatlar va Yevropa bozorlariga karam yetkazib bergan. Xususan, Rossiya Federatsiyasiga 34,6 ming tonna karam yuborilgan boʻlib, bu mamlakat ushbu mahsulotni e
IZLANUVCHAN INSPEKTOR
– Hududimizdagi mahalliy aholi asosan dehqonchilik, hunarmandchilik va tikuvchilik bilan shug‘ullanishadi. Yil boshidan buyon hali voyaga yetmagan 6 nafar maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashib, ularni ishga joylashtirdik. Maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etgan holda ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan, – deydi leytenant Sh. Komiljonov. Sh. Komiljonov sportga ham alohida mehr qo‘ygan bo‘lib, qo‘l jangi bilan 6 yildan
Dollar kursi pastlashda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'29,80 soʻmga'tushib,'12 880,35 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'125,30 soʻmga'pastlab,'14 535,47 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'3,10 soʻmga'tushdi va'156,68 soʻmni'tashkil qildi.