Qibrayda chamadondan chiqqan sud xodimining jasadi yuzasidan marhumning tanish shifokori ushlandi

Qibray tumanida sayohat jomadonidan murda topilgani, marhum Oliy sudning sobiq xodimi ekaniga oid xabar berilgandi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining maʻlum qilishicha, holat bo'yicha qo'zg'atilgan jinoyat ishi («qasddan odam o'ldirish», 97-modda) bo'yicha ikki nafar shaxs qo'lga olindi.
Aniqlanishicha, marhum Sh.A. shu yilning 7 avgust kuni ertalab shaxsiy «Gentra» avtomashinasida o'z uyidan Toshkent shahridagi Respublika Shoshilinch tez tibbiy klinik (sobiq 6-sonli) shifoxonasiga (RShTYoIM) ko'rikdan o'tish uchun tanishi R.X. (1975 yilda tug'ilgan) oldiga kelgan.
2009 yildan buyon RShTYoIM bo'lim rahbari lavozimida ishlab kelayotgan R.X. o'ziga avvaldan tanish bo'lgan Sh.A.ni ko'rikdan o'tkazish jarayonida eski adovatlarni eslaydi, shuningdek, uning (marhumning) shu dargohda ishlovchi sharʻiy xotini haqida gap ketib, ikki o'rtada kelishmovchilik kelib chiqadi. Shifokor R.X. bemor odamga nisbatan qanday xatti-harakatlar qilinsa, oqibati o'lim bilan tugashini mutaxassis sifatida yaxshi bilgani bois «raqibi»ning sog'lig'idan shikoyat qilib kelganligidan foydalanib, uni bo'sh xonaga olib kiradi va tibbiyot kushetkasiga yotqizadi. Ayni jarayonda uning bosh qismiga qattiq to'mtoq jism bilan bir marotaba urib, so'ng bo'g'ib qasddan o'ldiradi.
Jinoyatni yashirish maqsadida Sh.A.ning jasadini o'zida mavjud bo'lgan qora rangli sayohat jomadoniga joylab, tanishi A.M. (1964 yilda tug'ilgan) yordamida o'zining qora rangli «Gentra»sida Qibray tumanining «Sohibkor» hududidan oqib o'tuvchi Bo'zsuv kanaliga tashlab yuboradi.
Shuningdek, ular marhumning qo'l sumkasidagi 660 ming so'm va 230 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, shaxsiy hujjat hisoblangan fuqarolik pasporti, haydovchilik va xizmat guvohnomalarini qaychi yordamida bo'laklarga bo'lib, suvga oqizib qasddan yo'q qilishgani ham aniqlandi.
Tergov jarayonida R.X.ga tegishli avtomashinaning yukxonasi atrofida qirilishlar, undagi (yukxonadagi) va RShTYoIMdagi xonasining yer va devor qismlaridan olingan qonga o'xshash dog'lar ashyoviy dalil tariqasida olingan. Ayni paytda sudga bir necha ekspertizalar tayinlangan.
Qo'lga olinganlarga nisbatan qotillik va boshqa qator ayblovlar eʻlon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llangan.
Bosh prokuratura nazoratiga olgan mazkur jinoyat ishi bo'yicha tergov harakatlari Toshkent viloyati prokuraturasi (o'ta og'ir jinoyatlarni tergov qilish bo'limi) tomonidan olib borilmoqda.
Oʻzbekiston Prezidenti Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Standard Chartered', 'International Hospitals Group', 'LVMH', 'Airbus' kabi Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.Davlatimiz rahbari forumda Yevropa davlatlaridan ishtirokchilar sonining ko'paygani tomonlar iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanidan dalolatligini ta'kidladi.Yevropa mamlakatlari
Fargʻonada 27 500 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari musodara qilindi
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida 357 million soʻmlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi. Bu haqda viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, viloyat Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida 'Fargʻona-Qoʻqon' yoʻnalishida harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli mashina kuzatuvga olinib, Qoʻqon shahrida joylashgan xonadonlarning biriga kirgan vaqtida ushl
Oʻzbekistonda uy-joy narxlari haqiqiy qiymatidan 17 foizga qimmat
2024-yilda uy-joy bozoridagi narxlar oʻsishi toʻxtaganiga qaramay, narxlar hali ham oʻzining haqiqiy qiymatidan oʻrtacha 17 foizga yuqori boʻlib qolmoqda. Bu haqida Markaziy bankning soʻnggi tahlillari keltirilgan 'Moliyaviy barqarorlik sharhi'da maʼlum qilindi.Unda aytilishicha, 2024-yilda uy-joylarning bozor narxi fundamental narxiga nisbatan 17 foizga yuqori shakllangan. Shuningdek, koʻchmas mulk bozorida faollik pasaygan. Banklar tomonidan ipoteka kredit ajratish standartlari esa qat
Togʻdan sel kelishi oqibatida “Qamchiq” dovonida yoʻlning bir qismi vaqtincha yopildi
'Qamchiq' dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 137-kilometrida yogʻingarchilik natijasida togʻdan kelgan sel oqibatida tosh va shagʻal aralashmalari yoʻlni qoplagan. Oqibatda dovon yoʻlining bir qismi vaqtincha yopilgan, deb xabar bermoqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.Qoʻshimcha qilinishicha, 'Qamchiq' dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining ushbu qismida ikki tomonlama harakat vaqtincha faqat 'Toshkent ' Vodiy' yoʻnalishida tashkil etilgan.'YPX xodiml