calendar 13 Jun 00:38
eye 13
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston Prezidenti Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

image
Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Standard Chartered', 'International Hospitals Group', 'LVMH', 'Airbus' kabi Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari forumda Yevropa davlatlaridan ishtirokchilar sonining ko'paygani tomonlar iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanidan dalolatligini ta'kidladi.

Yevropa mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi, qo'shma korxonalar soni va investitsiyalar portfeli ko'payib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Faol madaniy-gumanitar, ta'lim va turizm almashinuvlari yo'lga qo'yilgan.

'Standard Chartered' kompaniyasi rahbari Saif Malik bilan kichik biznes va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, O'zbekiston banklari tomonidan yangi kredit liniyalarini o'zlashtirish bo'yicha sheriklikni kengaytirish istiqbollari ko'rib chiqildi.

'International Hospitals Group' boshqaruvi raisi Chester King bilan klinika qurish rejalari, shuningdek, O'zbekistondagi ko'p tarmoqli tibbiyot markazlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish masalalari muhokama qilindi.

Toshkent-sitida 'LVMH' flagman do'konini ochishni tezlashtirish muhimligi qayd etildi. Shuningdek, O'zbekistondagi ipak va tabiiy xomashyo ishlab chiqaruvchilarni kompaniyaning ta'minot zanjiriga kiritish imkoniyatlari muhokama qilindi.

'Airbus' kompaniyasining Yevropadagi prezidenti Yoxan Pelise bilan suhbatda aviatsiya sohasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi. Uzoq muddatli Hamkorlik dasturini qabul qilish muhimligi ta'kidlandi.

Yevropa kompaniyalari rahbarlari O'zbekiston Prezidentiga samimiy qabul va mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida muhim loyiha va dasturlarni amalga oshirishda bundan buyon ham ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:33
 
52
0
xs.uz

“Dual ta’limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi

Forumda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg'ona viloyati hududuy boshqamasi boshlig'i To'ychiboy Boymatov, Germaniya xalqaro tashkiloti (GIZ) loyihasi eksperti Kristian Xiris, viloyat hokimining o'rinbosari Sherzod Polvonov, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.'Dual ta'limda Germaniya tajribasi', 'Dual ta'limni tashkil etishda korxonalarning o'rni', 'Xususiy sektordagi ish beruvchilar hamda ta'lim muassasalari integratsiyasi', 'Farg'ona viloyat

17 May 21:46
 
41
0
xs.uz

Oʻzbekistonliklar 2025-yilning dastlabki 3 oyida 6,8 million AQSH dollariga chet elga pomidor sotdi

2025-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston tomonidan 5 ming 869 tonna pomidor eksport qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi. Qayd etilishicha, ushbu mahsulot eksportidan 6,8 million AQSH dollari miqdorida tushum kelib tushgan.Eksport qilingan pomidorlarning asosiy qismi Rossiyaga yetkazib berilgan. Uch oy davomida ushbu mamlakatga jami 5 ming 471 tonna pomidor eksport qilindi. Bu koʻrsatkich umumiy eksport hajmining mutlaq koʻp qismini tashkil etadi va Rossiya Oʻzbe

21 Apr 08:34
 
854
0
xs.uz

Shakarga aksiz toʻlovi bekor qilinadi

Prezidentimiz biznes uchun teng sharoitlar yaratish masalalariga alohida'eʼtibor qaratdi.'Mahalliy korxonalarimizga yoʻl ochib, ishlab chiqarishni koʻpaytirish, qimmat bozorlarga yangi-yangi mahsulotlar bilan kirishiga sharoit yaratishimiz zarur', dedi davlat rahbari.Lekin ayrim tovarlar bozorlarimizga sunʼiy pasaygan narxda kirib kelayotgani mahalliy ishlab chiqaruvchilarning oʻrnini zaiflashtirayotgani koʻrsatib oʻtildi.Masalan, oʻzimizda chiqayotgan tannarxi 220 dollarlik kichik muzla

21 Apr 08:34
 
851
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak

Joylarda yer soligʻi va ijara toʻlovlariga oshiruvchi koeffitsiyent belgilayotganda uning biznesga taʼsirini oʻrganish, tadbirkorlarning imkoniyati va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, qaror qabul qilish muhimligini taʼkidladi.'Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak. Aksincha, tadbirkorga yordam berib, soliq bazasini kengaytirsak, tushum koʻpayadi, tadbirkorlar ham rozi boʻladi', dedi Prezident.Endilikda tadbirkorlarga ushbu soliqlarni yilda ikkiga b