calendar 03 Feb 08:10
eye 46
comments 0
comments Manba: daryo

Fotogalereya: Oq uydagi “yumshoq kuchlar” yoxud prezidentlar parvarish qilgan uy hayvonlari haqida

image

AQShda 16-prezident Avraam Linkoln davridan buyon Oq uyda doimiy ravishda amerikaliklar orasida keng ommalashgan mashg‘ulot, ya’ni uy hayvonlarini parvarishlash ishlari olib boriladi. Faqat Donald Tramp prezidentlik davrida bu borada istisno holat qayd etilgan. Turli davrlarda AQSh prezidentlari Oq uyda mushuklar, kuchuklar, otlar, turli qushlar, echki va hatto sigirlar boqilgan. Kuni kecha Baydenlar oilasi Oq uyning yangi jonivori — mushukcha Uillouni barchaga tanishtirdi. Oq uyda yashagan uy hayvonlarining ayrimlari haqidagi ma’lumotlar va fotosuratlar jamlanmasi bilan tanishing.

AQShning 46-prezidenti Jo Baydenning Uillou laqabli mushukchasi. Mushuk Oq uyga tirishqoqligi tufayli kelib qolgan: u Baydenning Pensilvaniyadagi saylovoldi nutqi vaqtida sahnaga otilib chiqqan va bo‘lajak prezidentning nazariga tushgan. 2022-yil.

Foto: Zuma

AQShning 44-prezidenti Barak Obama parvarishlagan “Bo” laqabli kuchuk. Kuchukchani Obamaga senator Edvard Kennedi sovg‘a qilgan. Obama Garri Trumenning quyidagi iqtibosini takrorlashni yoqtiradi: “Vashingtonda do‘st orttirmoqchi bo‘lsangiz, u holda kuchukcha boqishni boshlashingiz zarur”. 2012-yil. Foto: Getty Images

AQShning 43-prezidenti kichik Jorj Bushning Spot va Barni laqabli itlari. Spot laqabli spaniyel zotiga mansub it Oq uyda ikki xil administratsiya hukmronligi vaqtida yashagan yagona kuchuk sifatida tarixga kirgan, u Katta Jorj Bush prezidentligi davrida tug‘ilgan va kichik Bush prezident bo‘lganidan keyin Oq uyga yana qaytgan. 2003-yil.

Foto: Getty Images

AQShning 42-prezidenti Bill Klinton parvarish qilgan Baddi laqabli labrador. U itga sobiq tutingan bobosi Genri Oren “Baddi” Grishem sharafiga shunday ism bergan, ma’lumotlarga ko‘ra u Klintonning siyosatga kirib kelishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. 1998-yil.

Foto: Getty Images

Soks laqabli mushuk, u ham AQShning 42-prezidenti Bill Klinton davrida Oq uyda yashagan. Soks laqabini panjalaridagi o‘ziga xos paypoqchalari sabab olgan. Mushuk Klintonlar uyidagi boshqa bir jonivor Baddi kuchugi bilan chiqishmagan. Klinton ularning o‘zaro dushmanligi haqida shunday yozgan: “Men Baddi hamda Soksni do‘stlashuvidan ko‘ra falastinliklar va isroilliklarni murosaga keltirishni uddaladim”. 1994-yil.

Foto: AP Photo

AQShning 40-prezidenti Ronald Reygan Oq uyda parvarishlaga Reks iti. Reyganning prezidentlik muddati yakuniga yetganida Reksga Oq uyning it uychasi shaklidagi maketi sovg‘a qilingan. 1987-yil.

Foto: Getty Images

Liberti laqabli retriver, uni AQShning 38-prezidenti Jerald Ford parvarish qilgan. Ford Oval kabinetda kim bilandir suhbatni yakulamoqchi bo‘lsa Libertiga yashirin belgi bergan va it suhbatdosh e’tiborini o‘ziga jalb qilib egasiga yaqinlashgan. 1976-yil.

Foto: Liaison

Lindon Jonsonning Xim va Xyo laqabli bigli zotdor itlari. Jonson AQShning 36-prezidenti hisoblanadi. U bir safar itlaridan birining qulog‘idan tortqilab suratga tushgani uchun keskin tanqidlarga uchragan. Jonson hayvonlar himoyachilariga bigli zotiga mansub itlar egalarining bunday yoqimli qiynoqlarini sevishini ko‘p tushuntirishiga to‘g‘ri kelgan. 1964-yil.

Foto: Getty Images

AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining itlari. Kennedi oilasida bir nechta kuchuklar bo‘lgan, oilaning eng sevimli uy hayvoni “Momiqvoy” laqabli it edi. Bu itni Kennediga Nikita Xrushyov sovg‘a qilgan va it kosmanavt-kuchuk – Strelkaning avlodi. 1963-yil.

Foto: Getty Images


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
20
0
xs.uz

Tramp va Mask omma oldida janjallashdi

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining sobiq doʻsti va ittifoqchisi, milliarder Ilon Maskni birinchi marta oshkora tanqid qildi. U tadbirkordan hafsalasi pir boʻlganini aytdi va Maskning 'Tesla' va 'SpaceX' kompaniyalariga davlat subsidiyalarini toʻlashni toʻxtatishni taklif qildi. Bunga javoban Mask uning yordamisiz respublikachi hech qachon prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozona olmasligini aytdi va Trampni voyaga yetmaganlarni zoʻrlashga aloqadorlikda aybladi. Sobiq doʻstlar oʻrtasi

04 Jun 02:45
 
104
0
xs.uz

Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Jabrlanganlar bor

Turkiyaning janubiy viloyatlarida 5,8 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya maʼlum qildi.Mugʻla viloyatida va yana bir nechta hududlarda sezilgan yer silkinishlari 3-iyunga oʻtar kechasi mahalliy vaqt bilan 02:17 da yuz bergan. Uning epitsentri Marmaris kurorti yaqinidagi dengizda, 67 kilometr chuqurlikda yuzaga kelgan.Tabiiy ofat oqibatida 69 kishi jabrlangan. Ularning koʻpchiligi uylarining derazalaridan sakrash chogʻida jarohatlangan. Hozi

08 Jun 02:27
 
19
0
xs.uz

Yaqin orada tinchlik boʻlishini kutmayapman — Tramp Putinga yana qoʻngʻiroq qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berdi. Unga koʻra, Putin Ukrainaning Rossiya harbiy aerodromlariga bergan zarbalariga javob berish niyatida.'Bu yaxshi qoʻngʻiroq boʻldi, lekin zudlik bilan tinchlikka olib keladigan qoʻngʻiroq emas', ' deydi Oq uy rahbari.Trampning soʻzlariga koʻra, 1 soat 15 daqiqa davom etgan suhbat davomida u Putin bilan Rossiya harbiy aerodromlariga qilingan hujum ' Ukrainaning 'Oʻrgimch

13 Jun 00:39
 
9
0
xs.uz

Afrikada kuchli qor yogʻdi. Sinoptiklar buni iqlim oʻzgarishi bilan izohlamoqda

Dunyoning aksariyat mintaqalarida jazirama issiq kuzatilayotgan shu kunlarda Janubiy Afrika Respublikasida kuchli qor yogʻdi.Tabiatning bu kutilmagan inʼomi koʻplab noqulayliklarni keltirib chiqardi. Jumladan, yoʻllar toʻsib qoʻyildi, yuz minglab odamlar elektr energiya taʼminotidan uzilib qoldi. Bundan tashqari, suv toshqinlari va boʻronli shamollar mamlakatning bir qancha viloyatlarini qamrab olgan. Eng yomon vaziyat Sharqiy Keyp va Kvazulu-Natalida kuzattilmoqda.Tabiiy ofat tufayli 50