calendar 08 Jun 02:27
eye 2
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yaqin orada tinchlik boʻlishini kutmayapman — Tramp Putinga yana qoʻngʻiroq qildi

image
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berdi. Unga koʻra, Putin Ukrainaning Rossiya harbiy aerodromlariga bergan zarbalariga javob berish niyatida.

'Bu yaxshi qoʻngʻiroq boʻldi, lekin zudlik bilan tinchlikka olib keladigan qoʻngʻiroq emas', ' deydi Oq uy rahbari.

Trampning soʻzlariga koʻra, 1 soat 15 daqiqa davom etgan suhbat davomida u Putin bilan Rossiya harbiy aerodromlariga qilingan hujum ' Ukrainaning 'Oʻrgimchak turi' operatsiyasini muhokama qilgan.

'Prezident Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumga javob berishga majbur boʻlishini aniq aytdi. Bundan tashqari, AQSHning Eron bilan yadroviy kelishuvi muhokama qilindi. Prezident Putinga Eron yadro quroliga ega boʻlmasligini aytdim va oʻylaymanki, biz bu borada kelishib oldik. Prezident Putin Eron bilan muzokaralar olib borishni va, ehtimol, bu masalani tez yakuniga yetkazishda yordam berishni taklif qildi', ' deydi Tramp.

Bu Trampning Oq uyga qaytganidan keyin Putin bilan toʻrtinchi telefon orqali muloqoti. Bundan oldingi suhbat 19-may kuni boʻlib oʻtgan edi.

Shu yilning 1-iyun kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati 'Oʻrgimchak toʻri' operatsiyasi davomida Rossiya strategik aviatsiya samolyotlarining 34 foizi shikastlangani haqida xabar berdi. Irkutsk, Ryazan, Murmansk va Ivanovo viloyatlaridagi harbiy aerodromlarga yaqin atrofdagi yuk mashinalaridan masofadan uchirilgan dronlar orqali hujum qilindi. Moskva samolyotlarga zarar yetganini tasdiqladi, ammo ularning sonini ochiqlamadi. Mustaqil harbiy ekspertlar sunʼiy yoʻldosh suratlari asosida kamida 13 ta rus samolyotiga zarar yetkazilganini maʼlum qildi.

Shu yilning aprel oyi oʻrtalarida AQSH va Eron yangi kelishuv boʻyicha muzokaralarni boshlagan edi. Oʻtgan beshta muloqot natijasiz yakunlandi. Tramp prezidentlikka qaytganidan beri Tehron bilan yangi kelishuvga intilib, muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, harbiy choralar koʻrish bilan tahdid qilib kelmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
62
0
xs.uz

Isroil hukumati Gʻazodagi yirik suv inshootlarini ishdan chiqardi

Isroil hukumati Gʻazoning suv inshootlari obyektlariga zarar yetkazib, mahalliy aholini ogʻir ahvolga solib qoʻymoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Maʼlum boʻlishicha, Isroil kuchlari Gʻazo shahrining sharqidagi va markaziy gubernatorlikdagi ikkita yirik suv quvurlariga ataylab zarar yetkazgan. Shuningdek, Deyr al-Balah hududidagi suvni tuzsizlantirish zavodini elektr quvvati bilan taʼminlovchi liniyani ham uzib qoʻygan. Natijada Gʻazo hududini ichishga yaroqli suv bilan taʼminl

31 May 08:50
 
17
0
xs.uz

Isroil keng koʻlamli hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda

AQSHning Isroildagi elchisi Stiv Uitkoff CNN telekanaliga bergan intervyusida Gʻazoga nisbatan oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha kelishuv muhokama qilinishayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur kelishuv urushni tugatishga olib kelishi mumkin. Uitkoff HAMASdan taklifni qabul qilishni soʻragan.Taklifga koʻra, garovdagilarning yarmi (tiriklar va halok boʻlganlar) ozod qilinadi, evaziga vaqtinchalik oʻt ochish toʻxtatilib, keyin keng qamrovli su

16 Apr 09:12
 
58
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

31 May 08:50
 
34
0
xs.uz

Putin Lukashenkodan kartoshka soʻradi: Rossiyada kartoshka tanqisligi kuchaymoqda

Rossiyada kartoshka yetishmovchiligi tobora yaqqollashib bormoqda. Prezident Vladimir Putinning aytishicha, oʻtgan yili hosil yetarli darajada emas edi va mavjud zaxiralar ham deyarli tugagan. U mamlakatdagi vaziyatni ochiq tan oldi. Belarus esa bu yilgi barcha kartoshkasini Moskvaga yetkazib bergan.Yil boshidan beri Rossiyada kartoshka narxlari 52 foizga oshgan. Yigʻim-terim miqdori 12 foizga kamaygan. Belarusdan kartoshka importi hozirgi sharoitda yetarli taʼsir koʻrsatmayapti. Bundan tash