calendar 11 Oct 07:20
eye 51
comments 0
comments Manba: zamin

Amerikalik olim koronavirus paydo bo'lishining yangi versiyasini ilgari surdi

image
Foto: AP
Bioscience Resource Project kompaniyasi ijrochi direktori Jonatan Latemning fikricha, koronavirus dastavval 2012 yilda xitoylik konchining tanasida evolyutsiya qilgan bo'lishi mumkin. Bu haqda The Daily Telegraph nashri maʻlum qildi.

Latem, shuningdek, virus inson organizmida uzoq vaqt qolib, ko'p marta o'zgarishi mumkinligini taʻkidlab o'tgan.

"Bir konchi tanasida Sars-Cov-2 virusi paydo bo'lishiga olib kelgan yuzlab mutatsiyalar yuz bergan. O'nlab yillar vaqt oladigan rivojlanish taxminan 6 oy vaqt olgan. Taxminimizga ko'ra, xuddi shunday holat 2012 yilda nomaʻlum kasallikdan keyin konchilar o'pkasida yuz bergan. Virus esa (Uhandagi laboratoriyadan) ushbu konchilardan olingan tibbiy namuna sababli tashqariga chiqib ketgan", deb keltirgan Latem so'zlarini nashr.

Taʻkidlanishicha, 2012 yilda 6 nafar konchi Uhandan 1500 km olisda joylashgan Motszyan uyezdidagi tashlandiq mis koniga u yerni ko'rshapalaklar najasidan tozalash uchun tushgan. Shundan keyin ularning barchasi og'ir kasallikka uchrab, ularda COVID-19’dagi kabi alomatlar – isitma, yo'tal, o'pka yallig'lanishi kuzatilgan. Oqibatda konchilardan 3 nafari vafot etgan.

Keyinroq Uhan virusologiya instituti olimlari ham ushbu konga kelib, u yerdagi sichqonlar tashishi mumkin bo'lgan kasalliklarni o'rganish maqsadida kemiruvchilardan namuna olishgan. Umumiy hisobda 2012 yildan 2015 yilgacha ushbu konda va uning atrofidagi hududlardan 300 ga yaqin koronavirus aniqlangan. Ular orasida RaTG13 deb nomlangan koronavirus bo'lgan va uning genom ketma-ketligi SARS-CoV-2’nikiga 96,2 foiz o'xshash bo'lgan. Bu esa uni COVID-19 qo'zg'atuvchisining eng yaqin "ajdodi" qiladi. RaTG13 va SARS-CoV-2 tuzilishi bo'yicha bir-biriga juda o'xshash, biroq RaTG13 inson hujayralariga yaxshi kira olmaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
41
0
xs.uz

Isroil hukumati Gʻazodagi yirik suv inshootlarini ishdan chiqardi

Isroil hukumati Gʻazoning suv inshootlari obyektlariga zarar yetkazib, mahalliy aholini ogʻir ahvolga solib qoʻymoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Maʼlum boʻlishicha, Isroil kuchlari Gʻazo shahrining sharqidagi va markaziy gubernatorlikdagi ikkita yirik suv quvurlariga ataylab zarar yetkazgan. Shuningdek, Deyr al-Balah hududidagi suvni tuzsizlantirish zavodini elektr quvvati bilan taʼminlovchi liniyani ham uzib qoʻygan. Natijada Gʻazo hududini ichishga yaroqli suv bilan taʼminl

23 Mar 16:44
 
75
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

04 Apr 16:20
 
54
0
xs.uz

“Mojaro aniq” — AQSH sentyabrgacha Eronni yoʻq qilish bilan tahdid qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron va Vashington yadroviy qurol masalasida murosaga kela olmasa, Eronni keng koʻlamli bombardimon qilish bilan tahdid qildi.Oq uy rahbarining keskin bayonotlari Eron Islom Respublikasi maʼmuriyatining AQSH soʻroviga javobi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Unda Islom Respublikasi rasmiylari yadroviy qurol boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga rozi boʻlgan, biroq raketa dasturini muhokama qilishni istisno qilgan.Mutaxassislarning fikricha, Eron bilan harbiy toʻq

20 Mar 12:55
 
64
0
xs.uz

2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT

BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti