Turkiyada sayyohlar o‘tirgan qayiq cho‘kib ketdi. 2 yoshli bola halok bo‘ldi (video)

Turkiyaning Fethiye shahri yaqinidagi sohilda, Belchekiz plyajidan 50 metr masofada ekskursiya safari uyushtirayotgan qayiq cho‘kib ketdi. Qayiq bortida 38 kishi bo‘lgan. Hodisa oqibatida 2 yoshli bola halok bo‘ldi, kattalardan ikki kishi jarohat oldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Xabarga ko‘ra, halok bo‘lgan bolakay ota-onasi bilan Fransiyadan Turkiyaga ta’tilga kelgan. “Shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, bolaning hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmadi”, — deydi jurnalistlar.
Ta’kidlanishicha, avariyadan keyin ko‘pchilik o‘zi mustaqil ravishda qirg‘oqqa yo‘l olgan. Hodisaning ayrim ishtirokchilarini voqea joyiga yuborilgan Sohil xavfsizlik guruhlari, shuningdek, suv taksilari olib ketgan.
Voqea joyiga Fethiye gubernatori Eyup Firat yetib kelgan. “Karterning old qismi teshilgan va u bo‘laklarga bo‘lina boshlagan”, — dedi Firat.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 3-iyul, shanba kuni sodir bo‘lgan, ammo bu haqda 5-iyul kuni xabar berilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda qayiqning qanday buzilib, suvga cho‘kayotgani aks etgan video tarqaldi.
Avvalroq Bangladeshdagi Padma daryosida tezyurar qayiq qum ortilgan yuk kemasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 26 kishi halok bo‘lgan edi.
O‘rta Yer dengizining Tunis qirg‘oqlari yaqinida esa ichida noqonuniy ko‘chayotgan muhojirlar bo‘lgan ikkita qayiq ag‘darilib, cho‘kib ketgan. Halokat oqibatida kamida 39 kishi halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.
Shuningdek, Rossiya bayrog‘i ostidagi “Arvin” quruq yuk tashuvchi kemasi Qora dengizda, Turkiyaning Bartin viloyati sohillari yaqinida cho‘kib ketgani haqida ma’lumot berilgan edi.
Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman — Zelenskiy
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika Qoʻshma Shtatlari rahbari Donald Trampga Rossiyaning Turkiyada taklif qilgan muzokaralariga darhol rozi boʻlish chaqirigʻiga javob berdi.'Men shaxsan Vladimir Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman. Biz ertangi kundan boshlab diplomatiya uchun zarur asos yaratishga toʻliq va uzoq muddatli sulhni kutmoqdamiz. Qotillikni kechiktirishning maʼnosi yoʻq. Umid qilamanki, ruslar bu safar bahona topmaydi', ' deya yozdi Zelenskiy oʻzining 'Telegram'
Makron va Mers poyezdda kokain isteʼmol qilganmidi?
Gap shundaki, fotosuratchilar siyosatchilarga yuzlanganda Makron stoldan gʻijimlangan qogʻozni, Mers esa tayoqcha oʻxshash jismni olib tashlagan.Internetda sharhlovchilar, bir qator blogerlar, shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova sayohat paytida siyosatchilar kokain isteʼmol qilganini aytishdi. Bunga isbot tarzida Makron va Mersning harakatlarini keltirildi.Shu qatorda 'Liberation' gazetasi kokain haqida hech qanday gap-soʻz yoʻqligini yozib, yuqori
Nihoyat Gʻazoda tinchlik oʻrnatilishi mumkin
AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va HAMAS mojarosini tugatish uchun 'soʻnggi qadam'ni eʼlon qildi.Bu orada HAMAS isroillik garovga olingan Iden Aleksandrni ozod qiladi. U AQSH fuqaroligiga ham ega. Guruh Gʻazoga gumanitar yordamning tiklanishi va u yerda oʻt ochishni toʻxtatishga erishishdan umidvor.'Sky News' xabariga koʻra, Iden HAMAS tomonidan ushlab turilgan soʻnggi tirik asirdir. AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning aytishicha, garovdagi shaxsni ozod qilish 13-may ku
Xitoy navbatdagi sunʼiy yoʻldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi
Xitoy yangi 'Shiyan-19' tajriba sunʼiy yoʻldoshini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Xitoy Aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi xabariga koʻra, undan sunʼiy yoʻldosh aloqasi texnologiyasi boʻyicha tajribalar oʻtkazishda foydalaniladi.Uchirish seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:09 da mamlakat janubi-gʻarbidagi Sichuan provinsiyasida joylashgan Sichan kosmodromidan 'Chanchjen-3S' raketasi yordamida amalga oshirildi.Korporatsiyaning taʼkidlashicha, sunʼiy yoʻldosh birinc