calendar 31 May 00:21
eye 68
comments 0
comments Manba: xs

Professional boks: yana bir WBC kamari Oʻzbekistonda

image

Kuni kecha poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida professional boksning WBC yoʻnalishida 55.2 kg vazn toifasida MDH, Sharqiy Yevropa va Boltiqboʻyi davlatlari chempionlik kamari uchun jang boʻlib oʻtdi.

Unda Toshkentning “Befit” klubi aʼzosi Islombek Pirmanov ozarbayjonlik Rauf Agayevga qarshi mazkur kamar uchun ringga chiqdi.

10 raundga moʻljallangan jangning ilk raundlarida kuchlar teng holatda koʻrinish olgan boʻlsa, 3-4-raundlar hamyurtimizning katta ustunligi ostida oʻtdi. 5-raundning dastlabki daqiqasida hamyurtimizning kuchli zarbalari ozarbayjonlik bokschini muvozanatdan chiqardi va uchrashuvni texnik nokaut bilan yakunlanishiga olib keldi. Jang yakunida WBC yoʻnalishining MDH, Sharqiy Yevropa va Boltiqboʻyi mamlakatlari byurosi mutasaddilari Islombekka kamarni taqdim etishdi.

Professional boksdagi faoliyati mobaynida hozircha biron marta magʻlubiyatga uchramagan qoraqalpogʻistonlik Islombek Pirmanovning gʻalabasi sharafiga musobaqada Oʻzbekiston madhiyasi yangradi.

Ushbu musobaqa doirasida mamlakatimizning bir qator yosh bokschilari reyting janglarini oʻtkazishdi. Ulardan Abduhamid Hakimov, Nuriddin Egamberdiyev, Obidjon Tohirov, Xojiakbar Qodiroxunov, Eldorbek Saidov, Timur Merjanov va Behroʻz Rahmonov gʻoliblikka erishdi.

Gʻoliblarni taqdirlash marosimida Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi raisi Isroil Yunusov, boks boʻyicha Olimpiya chempioni Muhammadqodir Abdullayevlar ishtirok etdi.

Chempionlikka erishgan bokschilarga Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi sertifikatlari topshirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Mar 13:25
 
49
0
xs.uz

Ronaldu Rudigerga, Mbappe Yamalga qarshi: UEFA Millatlar Ligasi 2025-yilgi final bosqichi qayerda oʻtkaziladi?

UEFA Millatlar Ligasi 2025-yilgi final bosqichi ' 'Final toʻrtlik' Germaniyada boʻlib oʻtadi. Bu haqida Germaniya terma jamoasining chorak finaldagi gʻalabasidan soʻng maʼlum qilindi. Germaniya terma jamoasi Italiyaga qarshi oʻtkazilgan ikki uchrashuv natijasiga koʻra 5:4 hisobida ustun keldi va yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. 20-mart kuni Milanda boʻlib oʻtgan dastlabki uchrashuvda nemislar 2:1 hisobida zafar quchgan edi.23-mart kuni Dortmund shahrida boʻlib oʻtgan javob

19 Feb 00:22
 
39
0
xs.uz

Dunyodagi eng katta shaxmat klubi oʻzbekistonlik sportchi haqida bayonot berdi

Dunyodagi eng yirik va nufuzli shaxmat klublaridan biri hisoblangan 'Saint Louis Chess Club' xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonovaning AQSH federatsiyasidan chiqib, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasiga qaytishi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.Klub oʻz bayonotida ushbu qarorni qaygʻu bilan eʼlon qilishayotganini taʼkidladi. Maʼlum qilinishicha, Tohirjonova shaxsiy sabablarga koʻra oʻz federatsiyasini Oʻzbekistonga koʻchirishga qaror qilgan va bu haqda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan

26 Feb 17:06
 
44
0
xs.uz

Bahodir Jalolovning keyingi jangi qachon?

Oʻzbekistonlik taniqli bokschi Bahodir Jalolov 5-aprel kuni Qozogʻistonning Ostana shahrida boʻlib oʻtadigan yirik boks oqshomida ringga chiqishi kutilmoqda. Mazkur turnirni jahonga mashhur 'Top Rank' promouterlik kompaniyasi tashkil etmoqda. Jalolov ushbu kompaniya bilan shartnomaga ega boʻlgani uchun bu xabar haqiqatga yaqin.Qayd etish kerakki, Jalolov 7-fevral kuni Kanadada fransiyalik Devid Spilmontga qarshi jang oʻtkazishi kerak edi. Ammo tashkilotchilar bokschining yuzida paydo boʻl

19 Feb 00:22
 
43
0
xs.uz

Kibersport boʻyicha birinchi Olimpiya oʻyinlari qachon oʻtkazilishi maʼlum boʻldi

Ilk Olimpiya kibersport oʻyinlari 2027-yilda Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyodda oʻtkaziladi. Bu toʻgʻrisida Xalqaro olimpiya qoʻmitasi rasmiy saytida xabar berildi.XOQ oʻtgan yilning iyul oyida Olimpiya kibersport oʻyinlarini tashkil etish haqida qaror qilgandi. Uni tuzishda Saudiya Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitasi bilan hamkorlik qilinadi. 'Esports World Cup Foundation' ham taʼsischi hamkor sifatida ishtirok etadi.'Saudiya Arabistoni butun dunyodan mehmonlarni kutib olishni va