Dunyodagi eng katta shaxmat klubi oʻzbekistonlik sportchi haqida bayonot berdi

Klub oʻz bayonotida ushbu qarorni qaygʻu bilan eʼlon qilishayotganini taʼkidladi. Maʼlum qilinishicha, Tohirjonova shaxsiy sabablarga koʻra oʻz federatsiyasini Oʻzbekistonga koʻchirishga qaror qilgan va bu haqda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida rasman eʼlon qilingan.
'Saint Louis Chess Club' oʻz bayonotida Gulruhbegimning AQSH federatsiyasi safida oʻynagan yillaridagi xizmatlarini yuqori baholab, uning klub va 'World Chess Hall of Fame' uchun qoʻshgan ulkan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi. Klub vakillari uning fidoyiligi, tinimsiz mehnati hamda ijobiy kayfiyatini doimo qadrlashlarini va uni sogʻinishlarini taʼkidlashdi.
Gulruhbegim Tohirjonova 2019-yildan beri AQSH shaxmat federatsiyasi sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Ushbu qaror uning shaxmatdagi yangi bosqichga chiqish istagini ifodalashi mumkin. Klub unga kelgusidagi shaxmat faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolishini maʼlum qildi.
Tohirjonovaning Oʻzbekistonga qaytishi milliy shaxmat jamoasi uchun muhim yangilik boʻlib, uning xalqaro maydondagi tajribasi yosh avlod shaxmatchilari uchun katta ilhom manbai boʻlishi kutilmoqda. Shu tariqa, Oʻzbekiston shaxmat sahnasida yangi davr boshlanishi mumkin.
Nodirbek Abdusattorov yana bir yirik turnirda ishtirokini boshladi
Bugundan Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida nufuzli 'Sharjah Masters 2025' shaxmat turniri oʻz boshlandi. Turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda.Kecha Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻz yakuniga yetgan 'Superbet Chess Classic' turnirining soʻnggi turida qatnashgan grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov dam olishga ulgurmasdan, bugun yangi musobaqaning ilk turida donalar surishni boshlaydi.U turnirda birinchi raqam ostida ta
Karlo Anchelotti “Real Madrid”ni qachon tark etadi?
Madridning 'Real' klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda futbol olamidagi ishonchli manbalardan biri ' jurnalist Fabrisio Romano oʻzining X sahifasida xabar bergan.Manbaga koʻra, italiyalik mutaxassis 11-may, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan 'Barselona'ga qarshi La Liga 35-tur uchrashuvidan soʻng 'qaymoqranglilar' bilan rasman xayrlashadi. 'El-Klasiko'dan keyin Anchelottining ketishi haqida rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.Maʼlumotlarga k
«Olimpiada — 2036»: da’vogarlar ko‘p, ammo mezbonlik kimga nasib etadi?
Rasmiy manbalarning xabariga ko'ra, Hindiston Dehli hamda Agra shaharlarini asosiy nomzod sifatida ko'rsatib, ularning infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayotir. Shu bilan birga, Turkiya davlati ham Olimpiadani o'tkazish istagini bildirgan. Misr esa Qohira yaqinida maxsus Olimpiya shaharchasi qurishni rejalashtirmoqda.Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika va Vengriya ham eng yirik sport anjumani mezbonligi uchun kurashyapti. Yakuniy qarorni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi keyi
22 yoshli xalqaro grossmeyster 3 yilga xalqaro musobaqalardan chetlatildi
22 yoshli xalqaro grossmeyster Kirill Shevchenko Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan barcha rasmiy musobaqalardan uch yilga chetlatildi. Bu qaror Ispaniyada boʻlib oʻtgan Jamoaviy Shaxmat Chempionatidagi shubhali vaziyat va keyinchalik uning gʻirromlik qilganini tan olganidan soʻng qabul qilindi. Ushbu voqea shaxmat jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab boʻldi.Musobaqa vaqtida hakamlar Shevchenkoning uzoq vaqt davomida taxtadan uzoqlashganidan shubhalanishgan. Keyinchalik ter