calendar 21 Apr 03:32
eye 45
comments 0
comments Manba: qalampir

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 12 mln so'm beriladi

image
image

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 20 aprel kuni "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag'batlantirish to'g'risida"gi farmonni imzoladi. 

Farmonga muvofiq 9 may Xotira va qadrlash kuni hamda fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning 76 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlariga 12 mln so'm miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi, Respublika Maʻnaviyat va maʻrifat markazi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda karantin qoidalariga rioya qilgan holda Vatan ozodligi va shon-sharafi himoyachilariga bag'ishlangan maxsus uchrashuvlar va madaniy-maʻrifiy kechalarni o'tkazish topshirildi.

Urush qatnashchilari va nogironlariga mukofot miqdori 2016 yilda 800 ming so'm, 2017 yilda 2 mln so'm, 2018 yilda 5 mln so'm, 2019 yilda 7,5 mln so'mni, 2020 yilda 10 mln so'mni tashkil etgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
61
0
xs.uz

Prezident Andijon viloyatining hududiy sanoat yarmarkasini borib koʻrdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatining hududiy sanoat yarmarkasini borib ko'rdi.Bu yerda 110 ta korxonaning 500 ga yaqin mahsuloti namoyishga qo'yilgan. Jumladan, avtomobilsozlik, mashinasozlik, to'qimachilik, elektr texnikasi, raqamli texnologiyalar, qurilish materiallari, oziq-ovqat, gulchilik, asalarichilik, baliqchilik va boshqa tarmoqlardagi samarali loyihalar taqdim etilgan.Davlatimiz rahbari viloyatda ishlab chiqarilayotgan keng turdagi mahsulotlar va ilg'or ishlanmalar bilan t

16 Apr 15:12
 
90
0
xs.uz

Prezident masʼullarga “Doʻstlik” postidagi tirbandlikni bartaraf etish vazifasini topshirdi

Andijonda oʻtayotgan yigʻilishda investitsiya va eksport masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.Oʻtgan uch yilda viloyat hokimi oʻrinbosarlari, tuman hokimlari xorijiy investorlar bilan 600 dan ziyod kelishuvga erishgani bilan, ularning atigi uchdan biri loyihaga aylangani tanqid qilindi.Oʻtgan yili kiritilgan investitsiyalarning yarmidan koʻpi Baliqchi, Buloqboshi, Andijon tumani va shahriga toʻgʻri keladi. Paxtaobod, Izboskan va Shahrixonda bu 50 million dollarni tashkil etgan, xolos.

13 May 14:37
 
37
0
xs.uz

Prezidentning “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Joriy yilning 5-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'Iqtidorli mutaxassislarning xorijda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash, ularda kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish va ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida'gi 77-son Farmoni qabul qilindi.Farmonga koʻra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'El-yurt umidi' stipendiyasi

04 Jun 02:44
 
10
0
xs.uz

Jurnalistlar uchun radikalizmga qarshi kurash mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 'Radikallashuv omillari, axborot manipulyatsiyasi va unga qarshi kurashish' mavzusida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'Oʻzbekiston ' 2030' strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmoni ijrosi doirasida Jurnalistlar uyushmasi va 'Ziyo' media markazi hamkorligida tashkil etildi.Seminarda jurnalistlarga diniy radikalizmning xavfli jihatlari, radikal