calendar 16 Apr 09:12
eye 89
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident Andijon viloyatining hududiy sanoat yarmarkasini borib koʻrdi

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatining hududiy sanoat yarmarkasini borib ko'rdi.

Bu yerda 110 ta korxonaning 500 ga yaqin mahsuloti namoyishga qo'yilgan. Jumladan, avtomobilsozlik, mashinasozlik, to'qimachilik, elektr texnikasi, raqamli texnologiyalar, qurilish materiallari, oziq-ovqat, gulchilik, asalarichilik, baliqchilik va boshqa tarmoqlardagi samarali loyihalar taqdim etilgan.

Davlatimiz rahbari viloyatda ishlab chiqarilayotgan keng turdagi mahsulotlar va ilg'or ishlanmalar bilan tanishdi, ularning tashabbuskorlari bilan suhbatlashdi. Yaxshi tajribalarni qo'llab-quvvatlab, yurtimiz miqyosida ommalashtirish zarurligini ta'kidladi.

Shu maqsadda yarmarkaga Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkentdan mas'ullar va tadbirkorlar taklif etilgan. Ular mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqarish, kooperatsiya va savdo-sotiq masalalarida fikr almashmoqda.

Bugungi kunda Andijon viloyatida 11 mingdan ziyod sanoat korxonasi bor. Ularning 'respublika sanoatidagi ulushi 10 foizdan yuqori.

Xususan, hududda 47 ta sanoat zonasi tashkil etilgan. Ularda 2,3 trillion so'mlik 1 000 ta loyiha amalga oshirilgan bo'lib, 18 ming kishi ish bilan ta'minlangan. Mazkur zonalarda 2024-yilda 1 trillion so'mlik mahsulot ishlab chiqarilib, qariyb 31 million dollarlik eksport qilingan.

Bugungi kunda qiymati 1 milliard dollarlik 288 'ta investitsiya loyihasi amalga oshirish jarayonida.

Jumladan, bu yil 119 ta loyiha ishga tushirilib, 4 mingdan ortiq ish o'rni yaratiladi. Sanoat mahsulotlari eksporti 47 million dollarga yetkaziladi.

O'tgan yilgi tashrifdan so'ng, Oltinko'l tumanidan 16 gektar yer ajratilib, mebellarni klaster usulida ishlab chiqarish majmuasi tashkil etilgan edi. Bu yerda 100 dan ortiq'ustaxona, 236 ta shourum va savdo nuqtalari joylashgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
37
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyevning “Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniMamlakatimizda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, xalqimiz orasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga qoʻshgan katta hissasi, futbol boʻyicha Osiyoning eng kuchli jamoalari oʻrtasidagi saralash musobaqalarida chinakam jasorat va matonat fazilatlarini, yuksak professionalizm va azmu shijoat namunasini koʻrsatib, ulkan gʻalabaga erishgani ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgani,

08 Jun 02:26
 
30
0
xs.uz

“Qadrli farzandlarim!”... Shavkat Mirziyoyev futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yoʻlladi

Qadrli farzandlarim!Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash oʻyinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini koʻrsatib, tom maʼnoda ulkan gʻalabaga erishganingiz ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Hech shubhasiz, milliy sportimiz solnomasiga oltin harflar bilan bitiladigan bunday yorqin natija yurtimizdagi millionlab futbol muxlislari, butun xalqimizn

08 Jun 02:26
 
27
0
xs.uz

Senat Raisi boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyati mahallalaridagi ijtimoiy masalalarni oʻrgandi

2025-yil 4-iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy holat va aholi turmush darajasi, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.Ishchi guruh aʼzolari Konimex tumanidagi 'Navroʻz' mahallasini oʻrganish jarayonida mahallada 'mahalla yettiligi' tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, ayollar bandligini taʼminla

08 Jun 02:26
 
152
0
xs.uz

“Qadrli farzandlarim!”... Shavkat Mirziyoyev futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yoʻlladi

Qadrli farzandlarim!Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash oʻyinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini koʻrsatib, tom maʼnoda ulkan gʻalabaga erishganingiz ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Hech shubhasiz, milliy sportimiz solnomasiga oltin harflar bilan bitiladigan bunday yorqin natija yurtimizdagi millionlab futbol muxlislari, butun xalqimizn