calendar 02 Apr 05:20
eye 26
comments 0
comments Manba: xs

“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Uning ahamiyati nimada?

image

Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasida mahalliy hokimlik va kengashlar bundan 27 yil avval, yaʼni hokimlik instituti joriy etilgan dastlabki paytda qabul qilingan Qonun asosida ishlayotganini, shuningdek, bu hujjat bugungi islohotlarimiz talablariga mutlaqo javob bermasligini hisobga olib, uni tubdan yangilash zarurligini alohida qayd etgan edi.

Shu bilan birga, Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida mahalliy ijro va vakillik organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish belgilangandi.

Shunga muvofiq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tashabbusi bilan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzildi. Qisqa muddat ichida qonun loyihasi va unga tegishli hujjatlar tayyorlanib, mahalliy Kengashlar deputatlari, davlat organlari va jamoat tashkilotlari vakillari, ekspert hamda mutaxassislar ishtirokida bir necha bor muhokama qilindi.

2021-yil 1-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan — “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasining yakuniy muhokamasi boʻyicha ishchi guruh yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Ishchi guruh yigʻilishida Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov rahbarligida qonun loyihasi batafsil muhokama qilindi.

Unda belgilangan muddat qisqa boʻlishiga qaramasdan, uning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli bajarish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilgani alohida qayd etildi. Xususan, ishchi guruh tomonidan mahalliy ijro va vakillik organlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan qonunchilik toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazilib, 260 dan ortiq qonun hamda 400 ga yaqin qonunosti hujjatlari oʻrganildi. Qonun loyihasining matni, uning konsepsiyasi va taqqoslash jadvali ishlab chiqildi, 20 dan ortiq xorijiy davlatlarining qonunchiligi oʻrganildi va tahlil qilindi.

Tadbirda ishchi guruh tomonidan tayyorlangan qonun loyihasi 7 bob va 66 ta moddadan iborat ekanligi hamda 40 dan ortiq yangi modda va normalarni oʻzida aks ettirgani bilan, amaldagi 6 ta bob, 27 ta moddadan iborat Qonundan farq qilishi taʼkidlab oʻtildi.

Amaldagi Qonunda mahalliy vakillik hamda ijroiya hokimiyati bilan bogʻliq normalar umumlashgan holda bayon etilgan. Yangi loyihada esa, hokimiyatlar boʻlinishi prinsiplari asosida xalq deputatlari kengashlari hamda hokimlar bilan bogʻliq moddalar alohida mustaqil boblarda tizimlashtirilgan. Xalq deputatlari Kengashi nazorati faoliyati va shakllarining huquqiy asoslari kuchaytirilib, u bilan bogʻliq normalar alohida bob bilan belgilanmoqda. Shuningdek, ushbu bobda “xalq deputatlari Kengashi soʻrovi” instituti alohida modda asosida kiritilgan. Qolaversa, hokim oʻrinbosarlari va mahalliy ijro organlari rahbarlarining oʻz faoliyati yuzasidan hisobot berishlari yangi nazorat shakli sifatida alohida modda bilan kiritilmoqda.

Yigʻilishda taʼkidlanishicha, loyihada qonun ijodkorligi faoliyati va qonunlar ijrosini taʼminlash sohasida Oliy Majlis bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik mexanizmlari takomillashtirilgan. Eʼtiborlisi, xalq deputatlari Kengashi rahbarining oʻrinbosari, hokim oʻrinbosarlari va maslahatchilarining vazifa hamda vakolatlari alohida moddalar bilan ilk marotaba belgilanmoqda.

Qonun loyihasiga, shuningdek, xalq deputatlari Kengashining davlat boshqaruv organlari hududiy boʻlinmalari rahbarlarining oʻz lavozimiga loyiqligi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga taklif kiritish, hududiy dasturlar hamda xalq deputatlari Kengashining qarorlari bajarilishini nazorat qilish va ularni bajarmaganligi uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish kabi yangi vakolatlari kiritilgan.

Deputatlarning qayd etishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi xalq deputatlari kengashlarining mahalliy ijro etuvchi organlar ustidan nazorati kuchaytiriladi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini samarali olib borishning huquqiy asoslari mustahkamlanadi. Shu bilan birga, mahalliy davlat hokimiyatining vakillik va ijroiya organlarining tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro munosabatlari takomillashadi. Qonun loyihasining qabul qilinishi mahalliy davlat hokimiyatining masʼuliyati va javobgarligini kuchaytiradi.

Ishchi guruh yigʻilishida qonun loyihasi yuzasidan Oliy Majlis Senatining, Vazirlar Mahkamasi apparatining, Adliya, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirliklarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashining, xalq deputatlari kengashlari va hokimlarning qonun loyihasi yuzasidan takliflari koʻrib chiqildi.

Shuningdek, yigʻilishda ishchi guruhga ekspert va olimlarning fikrini olib, qonun loyihasini yana-da maromiga yetkazish topshirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
52
0
xs.uz

Shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda

Joriy yil 23-iyul kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Senat aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilishi rejalashtiri

19 Aug 07:03
 
17
0
xs.uz

O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda

Ish haqi dastlabki 3 oyda 1000 yevrodan bo'ladi. Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:Ish beruvchi tomonidan sug'urta amalga oshirilib, hujjatlar va ish ruxsatnomalari ro'yxatdan o'tkaziladi.'Fuqaro hisobidan esa quyidagilar talab etiladi:Quyidagi'havola'orqali ish o'rni bo'yicha to'liq ma'lumot olish va ro'yxatdan o'tish mumkin. Ro'yxatdan o'tish 16-avgust soat 18:10 dan 20-avgust soat 18:00 gacha davom etadi.

08 Sep 16:44
 
7
0
xs.uz

Toshkentda “psixotrop” sotayotgan shaxs ushlandi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.A. 56 dona 'Regapen' nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro A.A.ga 5,2 m

29 Jul 13:28
 
48
0
xs.uz

Toshkentda odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha milliy va xalqaro tajriba muhokama qilindi

Toshkentda 'Odam savdosiga qarshi kurashda oʻttiz kunlik hamkorlik' oyligi yakuniga bagʻishlangan 'Odam savdosiga qarshi kurash: milliy yondashuvlar va xalqaro standartlar' mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi.Ushbu tadbir Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha Milliy komissiya, Ichki ishlar vazirligi, Xalqaro migratsiya tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda 30-iyul ' Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tas