calendar 29 Jul 13:28
eye 48
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentda odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha milliy va xalqaro tajriba muhokama qilindi

image
Toshkentda 'Odam savdosiga qarshi kurashda oʻttiz kunlik hamkorlik' oyligi yakuniga bagʻishlangan 'Odam savdosiga qarshi kurash: milliy yondashuvlar va xalqaro standartlar' mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbir Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha Milliy komissiya, Ichki ishlar vazirligi, Xalqaro migratsiya tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda 30-iyul ' Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tashkil etildi. Unda Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha Milliy komissiya raisi T. Narbayeva soʻzga chiqib, oxirgi yillarda mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida barcha sohalarda, eng avvalo inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash yoʻnalishida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilgani, bu yoʻnalishda parlament, hukumat va fuqarolik jamiyati institutlarining amaliy hamkorligi mutlaqo yangi bosqichga koʻtarilganini taʼkidladi.



Buning natijasida turli xavf-xatarlarga, shu jumladan odam savdosiga qarshi kurashish yoʻnalishida sezilarli yutuqlarga erishildi. Jumladan, odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha milliy qonunchilik takomillashtirildi, oxirgi 5-yilda ushbu yoʻnalishda 40 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Konferensiya davomida odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirish, huquqni muhofaza qilish organlarining rolini kuchaytirish va jamoatchilikni xabardor qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar ishtirokchilar tomonidan alohida eʼtirof etildi.



Tadbirda ishtirok etgan davlat organlari vakillari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, ekspertlar, shuningdek, xorijiy diplomatik korpus vakillari tomonidan odam savdosiga qarshi kurashish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, xalqaro tajribani milliy amaliyotga qoʻllash, odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha innovatsion yondashuvlar, axborot texnologiyalaridan foydalanish, qurbonlarni aniqlash va ularga yordam berish mexanizmlari muhokama qilindi.

Konferensiya yakunida ishtirokchilar tomonidan yakuniy hujjat ' Kommyunike qabul qilindi. Ushbu hujjatda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, sohada kelgusidagi ustuvor vazifalar boʻyicha bir qator tavsiyalar oʻz ifodasini topdi.

























Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 13:30
 
62
0
qalampir.uz

Haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida mashina ag‘anadi. Qurbon bor

Samarqand viloyatida Nexia-3 haydovchisi rulda uxlab qolishi sababli mashina yo‘l chetiga chiqib, bir necha marta ag‘darilib tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 20 iyul kuni soat 06:00 atrofida Nurobod tumanining Jarquduq mahallasi hududidan o‘tgan 4R-54 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Ingichka-Kattaqo‘rg‘on yo‘nalishida ketayotgan Nexia-3 haydovchisi uxl

26 Jul 10:20
 
49
0
qalampir.uz

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi

Inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganligini inobatga olib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, iyun oyida umumiy inflyatsiya yillik 10,6 foiz darajasida shakllanib, inflyatsiyaning barqaror komponentlari va meva-sabzavotlar narxlarida sezilarli pasayish kuzatilgan. Tash

26 Jul 13:01
 
61
0
xs.uz

Fargʻonada 15 sutka “oʻtirib chiqqan” fuqaro 10,5 ming dollar aliment toʻladi

Bildirilishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Margʻilon tumanlararo sudining 2015-yil 5-fevraldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor M.N.dan undiruvchi N.M. foydasiga 1 nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.Biroq ota oʻz farzandining moddiy taʼminotidan uzoq vaqt boʻyin tovlab kelgan. Shu bois, qarzdor fuqaroga nisbatan toʻplangan hujjatlar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 474'-moddasiga asosan Jinoyat ishlari boʻyicha Toshloq tumani sudiga yub

26 Jul 10:20
 
46
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda pensiyalar ijtimoiy karta orqali beriladi

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab pensiya oluvchilarga o‘z xohishiga ko‘ra, yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganligi bo‘yicha pensiyalarni ijtimoiy karta orqali olish huquqi beriladi. Bu haqda 2024 yil 18 iyuldagi “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarorida keltirilgan. Qarorga ko‘ra, quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari “Ijtimoiy karta” ATdan taqdim etiladi: