calendar 27 Mar 17:10
eye 36
comments 0
comments Manba: daryo

Darhol voz kechish lozim: Anchadan beri urfdan qolgan 8 kiyim

image

Moda qaytadi, degan gapni hamma eshitgan bo‘lsa kerak. Ammo shunday narsalar borki, ular moda olami uchun allaqachon eskirgan bo‘lib, bunday kiyimlarni qayta kiymagan ma’qul.

Toshlar bilan bezatilgan uggi

Foto: Cosmopolitan

Klassik uslubdagi uggilar nihoyat yana urfga kirdi. Ularni qahraton sovuqda xavfsiz holda kiyishingiz mumkin. Ammo bundan avvalgi vaqtlarda ishlab chiqarilgan bachkana modellar, tosh va munchoqlar bilan bezatilgan uggilarni allaqachon tashlab yuborish vaqti kelgan.

Burmali uzun yubka

Foto: Cosmopolitan

Ushbu mavsumda midi yubkalar eng dolzarb hisoblanadi. Shu sababli polgacha tushib turuvchi yubkalarni kiymagan ma’qul.

Platforma + poshnali tufli

Foto: Cosmopolitan

Moda mutaxassislari anchadan beri platforma va baland poshna birlashtirilgan tufli oyoqni “tuyoq”qa o‘xshatib qo‘yishi haqida aytib kelishsa-da, ammo ba’zilar o‘jarlik bilan bunday poyabzallarni sotib olishda davom etmoqda.

Katta sumka

Foto: Cosmopolitan

Albatta, bunday sumkaga hamma narsani, hatto sevimli mushugingizni ham sig‘dira olasiz, lekin aslida sumkani keraksiz narsalar bilan to‘ldirgan bo‘lasiz. Kichkina sumka esa qulayligi bilan birga, sizni keraksiz narsalarni ko‘tarib yurishdan xalos etadi.

Gulli ro‘mollar

Foto: Cosmopolitan

Har yili stilistlar qizlarga “buvisining ro‘moli”ni kiymasliklarini maslahat beradi. Zamonaviy va katta sharflar chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lib, bunday ro‘mollarga qaraganda yaxshi isitadi.

Mo‘ynali kurtkalar

Foto: Cosmopolitan

Bunday kurtka nimaga kerak: kuzda issiq, qishda esa qo‘llar ochiq qoladi. Undan ko‘ra chiroyli, zamonaviy va eng muhimi, chindan ham issiq tutuvchi kurtka olgan ma’qul.

Rasmli kolgotkalar

Foto: Cosmopolitan

Bunday kolgotkalar ehtimol 10 yoshli o‘quvchi qizlarga yarashishi mumkindir, ammo 30 yoshli qiz kiyib olgan mushuk va boshqa rasmli kolgotka nafaqat g‘alati, balki ochiqchasiga bachkana ko‘rinadi.

Osilgan panjali shapkalar

Foto: Cosmopolitan

Bunday shapkalar sun’iy mo‘ynadan tayyorlangan bo‘lsa ham, zamonaviy qiz obrazini emas, balki yoqimsiz g‘or odami ko‘rinishini yaratadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:54
 
59
0
xs.uz

“Shimoliy Gʻazo uchun tong otishi qiyin boʻldi, bemorlar kasalxonaga sigʻmayapti”: Gʻazodagi shifoxona rahbari murojaat bilan chiqdi

Bugun, 20-mart kuni Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar berishi oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻlgan edi.Gʻazo shimolida joylashgan Indoneziya kasalxonasi direktori Marvan al-Sultonning taʼkidlashicha, shifoxona Isroilning ketma-ket hujumlari oqibatida jarohatlangan bemorlar bilan toʻlib-toshgan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Isroilning 17-20-mart kunlari oraligʻida Gʻazoga qilgan qu

20 Mar 12:55
 
88
0
xs.uz

Isroilning Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida yana 71 nafar ayollar va bolalar halok boʻldi

Bugun, 20-mart kuni tongda Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar bergan. Mazkur hujum oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻldi, deb xabar qilmoqda 'Al Jazeera' nashri.Maʼlumotlarga koʻra, Isroil hukumati tomonidan berilgan soʻnggi zarbalar oqibatida vafot etgan falastinliklar soni 436 nafarga yetgan. Shulardan 183 nafari yosh bolalar ekanligi taʼkidlanmoqda.18-mart, seshanba oqshomida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gʻazo sekto

04 Apr 16:20
 
45
0
xs.uz

Ilon Mask AQSH hukumatini tark etishi maʼlum qilindi

Amerikalik milliarder Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik vakolat muddati tugagach, AQSH hukumatidagi lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda 'Bloomberg' agentligi oʻz manbalarga tayanib yozmoqda.'Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik muddati tugaganidan soʻng Hukumat samaradorligi boshqarmasi rahbari lavozimini tark etishi kutilmoqda... Agar bu kunlar Tramp inauguratsiyasidan boshlab ketma-ket hisoblansa

20 Mar 12:55
 
62
0
xs.uz

Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi

Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres