calendar 20 Mar 12:55
eye 64
comments 0
comments Manba: xs.uz

Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi

image
Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.

Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repressiyalar toʻlqinining bir qismi boʻlib, soʻnggi haftalarda oʻnlab muxolifatchilar, jurnalistlar, sanʼat arboblari hibsga olingan. Ularga shubhali ayblovlar qoʻyilgan.

Kelayotgan yakshanba kuni partiya Imomoʻgʻlini Erdogʻanga qarshi prezidentlikka nomzod sifatida rasman koʻrsatishni rejalashtirgan edi. Bu 2003-yildan bosh vazir 2014-yildan buyon prezidentlik kursisida oʻtirgan amaldagi Turkiya rahbarini hokimiyatdan chetlatishning dastlabki qadami sifatida qaralayotgandi.

Imomoʻgʻli tarafdorlarini qarshilik koʻrsatishga chaqirdi. 'Odamlarning irodasini qoʻrqitish va noqonuniy xatti-harakatlar bilan bostirish mumkin emas', ' degan siyosatchi.

Respublika xalq partiyasi rahbari Oʻzgʻur Oʻzel Imomoʻgʻli hibsga olinganiga qaramay prezidentlikka nomzod boʻlishini eʼlon qildi. Siyosatchining oʻzi huquq va erkinlik uchun kurashni davom ettirishga vaʼda bergan. Bir necha kun oldin Istanbul universiteti siyosatchining diplomini bekor qilgan edi. Bu uning saylovlarda ishtirok etishini cheklaydi.

Shahar hokimligi tashqarisida yuzlab odamlar toʻplanishib, merning ozod boʻlishini talab qilmoqdalar. Erdogʻan hukumati vaziyatni yumshatish uchun namoyishlar oʻtkazishni taqiqlab qoʻydi. Ijtimoiy tarmoqlarga cheklovlar kiritdi. Istanbulda ikkita metro liniyasi yopildi, blokpostlar oʻrnatildi. Jurnalist Eren Guverchin 'Bild' nashriga Erdogʻan muxolifat bilan har qachongidan ham qattiqroq kurashayotganini aytdi.

2019-yilda u Istanbul meri sifatida saylovda gʻalaba qozonganida ham Erdogʻan partiyasi uni saylovlarni soxtalashtirishda aybladi. Takroriy ovoz berishda Imomoʻgʻli 800 mingdan koʻproq ovoz olgan.

Shuningdek, mer hibsga olingandan soʻng, Istanbul birjasidagi savdo vaqtincha toʻxtatildi. Birjaning asosiy indeksi deyarli 7 foizga tushib ketdi. Lira rekord darajada pastlagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
57
0
xs.uz

“Mojaro aniq” — AQSH sentyabrgacha Eronni yoʻq qilish bilan tahdid qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron va Vashington yadroviy qurol masalasida murosaga kela olmasa, Eronni keng koʻlamli bombardimon qilish bilan tahdid qildi.Oq uy rahbarining keskin bayonotlari Eron Islom Respublikasi maʼmuriyatining AQSH soʻroviga javobi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Unda Islom Respublikasi rasmiylari yadroviy qurol boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga rozi boʻlgan, biroq raketa dasturini muhokama qilishni istisno qilgan.Mutaxassislarning fikricha, Eron bilan harbiy toʻq

23 Mar 16:44
 
78
0
xs.uz

UFC jangchisi Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga nomzodini qoʻymoqchi

Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi Konor Makgregor 2025-yil noyabr oyidagi Irlandiya prezidentlik saylovlarida prezidentlik uchun oʻz nomzodini ilgari surmoqchi. Bu haqida 'Newsweek' nashri xabar berdi.Unda aytilishicha, UFC jangchisi Irlandiya prezidentligiga saylansa oʻz mamlakatining Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻrtasida boshpana izlovchilarni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimda ishtirok etishiga qarshilik koʻrsatishga vaʼda bergan.'Irlandiya 2026-yil 12-iyungacha Yevropa Itti

13 May 14:38
 
55
0
xs.uz

Xitoy navbatdagi sunʼiy yoʻldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi

Xitoy yangi 'Shiyan-19' tajriba sunʼiy yoʻldoshini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Xitoy Aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi xabariga koʻra, undan sunʼiy yoʻldosh aloqasi texnologiyasi boʻyicha tajribalar oʻtkazishda foydalaniladi.Uchirish seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:09 da mamlakat janubi-gʻarbidagi Sichuan provinsiyasida joylashgan Sichan kosmodromidan 'Chanchjen-3S' raketasi yordamida amalga oshirildi.Korporatsiyaning taʼkidlashicha, sunʼiy yoʻldosh birinc

18 Apr 11:08
 
33
0
xs.uz

Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni sinovdan oʻtkazdi

Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni muvaffaqiyat sinovdan oʻtkazdi. Mamlakat Mudofaa vazirligi tomonidan maʼlum qilinishicha, ushbu qurol dronlar toʻdasini bir zumda zararsizlantirishi mumkin.'Urush tabiati oʻzgarganda, bu qurollar dron tahdidlaridan himoyalanish imkoniyatiga ega', ' deyiladi vazirlik bayonotida. Qayd etilishicha, bu qurol yoʻnaltirilgan radiochastota energiya qurolining bir turi hisoblanadi.Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, radiotoʻlqinli qurollar sohasida tadqiq