Yaponiyada yarim asrdagi eng dahshatli oʻrmon yongʻinlari kuzatilmoqda

Yongʻin Ivate prefekturasining Ofunato hududida 2600 gektarga yaqin maydonni qamrab olgan. Buning oqibatida hukumat 4000 ga yaqin odamni evakuatsiya qilishga majbur boʻldi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bir kishi hayotdan koʻz yumgan, oʻnlab binolar vayron boʻlgan.
Yongʻin fevral oyidan soʻngi kunlari boshlangan. Bunga oʻsha paytda Ofunato atigi 2,5 mm yogʻingarchilik kuzatilgani sabab boʻlgan. Bu oʻrtacha oylik meʼyor ' 41 mm.dan ancha past. Ayni paytda 2000 ga yaqin oʻt oʻchiruvchi va harbiy xizmatchilar, jumladan Tokiodan qoʻshimcha kuchlar ham yongʻin bilan kurashmoqda. Osmonda vertolyotlar ishlamoqda. Biroq ob-havo sharoiti yongʻinni oʻchirishga toʻsqinlik qilmoqda. Ayni kunlarda hududda qor yogʻishi kutilmoqda, u yomgʻirga aylanishi ham mumkin.
Yongʻin nafaqat aholi turar joylari, balki korxonalarga ham taʼsir koʻrsatdi. Xususan 'Tayxeyyo sement' zavodi oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatdi, mahalliy 'Saitoseika' qandolat fabrikasi esa tahdid kuchaysa, yopilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
AQSH Kongressida Trampga iqtisodiyotni oʻrganishi maslahat berildi
AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati XXI asr iqtisodiyoti haqida tushunchaga ega emas. Bu haqda kaliforniyalik demokrat kongressmen Ro Xanna aytib oʻtdi.'Men ularda XIX asrning MakKinli (Uilyam MakKinli AQSHning 25-prezidenti ' tahr.) siyosati borligini tushunaman, lekin ular XXI asr iqtisodiyotini tushunish kerak', ' deydi siyosatchi.Shuningdek, u Oq uyning mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusi allaqachon barbod boʻlayotganini taʼkidladi. Bunga misol sifatida Xanna Tramp
YI Rossiya bilan gaz yetkazib berish boʻyicha tuzilgan barcha shartnomalarni bekor qilmoqchi
Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiya bilan gaz shartnomalarini jarima toʻlamasdan bekor qilish yoʻllarini qidirmoqda, deb yozdi 'Financial Times' gazetasi oʻz manbalarga tayanib.'Bryussel Yevropa kompaniyalariga Moskvaga katta jarimalar toʻlamasdan, Rossiya gazini yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli shartnomalarni buzishga imkon beradigan qonuniy variantlarni oʻrganmoqda', ' deyiladi nashrda.Gazetaning qayd etishicha, bu masala Rossiya energetika resurslaridan voz kechish boʻyicha yoʻl xarit
Germaniyada rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish talab qilindi
Xristian-demokratik ittifoqdan Bundestag deputati Roderix Kizevetter hukumatdan qolgan rossiyalik diplomatlarni Germaniyadan chiqarib yuborishni va Berlindagi Ruslar uyini yopishni talab qildi. Bu haqda 'Handelsblatt' gazetasi deputatning soʻzlariga asoslanib xabar tarqatdi.'Qolgan agent va diplomatlarni chiqarib yuborishimiz kerak. Past darajadagi agentlar deb atalmish shaxslarni yollashga qarshi choralar koʻrish kerak. Bundan tashqari, Berlindagi Ruslar uyi va boshqa muassasalar yopilishi ke
AQSH sudi Tramp qoʻygan bojlarni toʻxtatish haqida qaror chiqardi
Sud qaroriga koʻra, Tramp bu tariflarni joriy etar ekan oʻz vakolatlaridan foydalanishda chegaradan oshib ketgan. Maʼmuriyat 10 kun ichida tariflarni bekor qilish jarayonini yakunlashi kerak.Uch nafar sudyadan iborat hayʼat qarorida aytilishicha, u 1977-yildagi Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar toʻgʻrisidagi qonunga asoslanib, AQSHda favqulodda holat eʼlon qilib, katta tariflar joriy qilgan vaqtida oʻz vakolatlaridan chetga chiqqan.Shuningdek, AQSH Konstitutsiyasiga koʻra, Kongres