calendar 22 Mar 08:54
eye 63
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Shimoliy Gʻazo uchun tong otishi qiyin boʻldi, bemorlar kasalxonaga sigʻmayapti”: Gʻazodagi shifoxona rahbari murojaat bilan chiqdi

image
Bugun, 20-mart kuni Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar berishi oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻlgan edi.

Gʻazo shimolida joylashgan Indoneziya kasalxonasi direktori Marvan al-Sultonning taʼkidlashicha, shifoxona Isroilning ketma-ket hujumlari oqibatida jarohatlangan bemorlar bilan toʻlib-toshgan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Isroilning 17-20-mart kunlari oraligʻida Gʻazoga qilgan qurolli bosqini oqibatida vafot etganlar soni qariyb 500 nafarga yetgan. Yana yuzlab falastinliklar turli darajadagi tan jarohatlari olgan hamda hududdagi shifoxonalarga joylashtirilgan.

Xabar qilinishicha, bemorlarning koʻpayib ketishi natijasida Gʻazo shahridagi Indoneziya shifoxonasida joylar qolmagan. Natijada bemorlarning qabul qilinishi ortga surilmoqda yoki boshqa tibbiy muassasa qidirishga toʻgʻri kelmoqda.

Indoneziya kasalxonasi direktorining taʼkidlashicha, ayni paytda tibbiyot muassasasida yoqilgʻi, dori-darmon vositalari hamda tibbiy buyumlar, jumladan, sunʼiy kislorod apparatlari qolmagan. Zaxiralar keskin kamayib, shifoxona iqtisodiy halokatga yuz tutgan.

'Shimoliy Gʻazo uchun tong otishi qiyin boʻldi. Biz koʻp sonli yaradorlarning ehtiyojlariga javob berishda qiyinchilikka duch kelyapmiz. Bir kechada 82 yarador va 43 ta jasad olib kelindi. Bemorlar koʻp, biroq joylar cheklangan. Zaruriy vositalar yetarli emas', ' deydi Marvan al-Sulton.

Maʼlumot uchun, avvalroq, Gʻazo shifoxonasida koʻngilli boʻlib ishlayotgan avstraliyalik shifokor Muhammad Mustafo Isroilning mazkur bosqinlari oqibatida jabrlanganlarning holati haqida achinarli bayonot bilan chiqqan edi.

'Bizdagi mavjud barcha ogʻriq qoldiruvchi dori vositalari tugadi. Ayni vaqtda bemorlar qiynalishmoqda. Ularga berish uchun ogʻriqsizlantiruvchi dorilar yoʻq, zaxiradagilar ham tugagan. Koʻngilli shifokorlar guruhi tuni bilan uxlamasdan ishlayapti. Shifoxonadagi manzara dahshatning oʻzginasi. Jarohat sabab oyogʻi kesib tashlagan yetti nafar qiz bor va ularning hushi joyida. Aslida bunday bemorlar tibbiy nuqtai nazardan olib qaraganda hushsiz boʻlishlari kerak. Bizda bunday sharoit va imkoniyat mavjud emas', ' degan shifokor oʻz murojaatida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
468
0
xs.uz

“Google” reklama sohasida monopol tashkilot deb topildi

Qoʻshma Shtatlar sudi 'Google' kompaniyasining reklama tarqatishdagi yondashuvlari monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligini aniqlagan. U oʻn yildan ortiq vaqt davomida reklama sohasida oʻzining monopoliyasini oʻrnatgan va raqobatchilarni cheklab kelgan.Sud tomonlarga internet giganti monopolist sifatida tan olinganidan keyingi harakatlar boʻyicha pozitsiyalarini shakllantirish uchun vaqt bergan.Taʼkidlash joiz, hamkorlarga oldindan oʻrnatish uchun koʻplab milliard dollarlik toʻlovlar

12 Apr 21:15
 
60
0
xs.uz

Tramp Ukrainadan AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda

Amerika yetakchisi Donald Tramp Ukrainadan Rossiya bosqini boshlanganidan keyin AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda. Bu haqida 'Pravda' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Qoʻshma shtatlar Ukraina bilan tuzilishi kutilayotgan foydali qazilmalar boʻyicha shartnomaga yangi kelishuv shartlarini qoʻshgan.Yangilangan shartlarga koʻra, shartnoma imzolanishi uchun Ukraina Rossiyaning keng koʻlamli bosqini boshlanganidan keyin Qoʻshma Shtatlardan harb

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

YI Rossiya bilan gaz yetkazib berish boʻyicha tuzilgan barcha shartnomalarni bekor qilmoqchi

Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiya bilan gaz shartnomalarini jarima toʻlamasdan bekor qilish yoʻllarini qidirmoqda, deb yozdi 'Financial Times' gazetasi oʻz manbalarga tayanib.'Bryussel Yevropa kompaniyalariga Moskvaga katta jarimalar toʻlamasdan, Rossiya gazini yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli shartnomalarni buzishga imkon beradigan qonuniy variantlarni oʻrganmoqda', ' deyiladi nashrda.Gazetaning qayd etishicha, bu masala Rossiya energetika resurslaridan voz kechish boʻyicha yoʻl xarit

18 Apr 11:08
 
35
0
xs.uz

Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada